loyihalar tuzish va h.k.) foydalanib baholashni tashkil etish kabi faoliyatlarni
maqsadning qo‘yilishida innovatsiyalar mavjud va unga muvaffaqiyatli
erishish o‘qituvchi uchun qanday ochiq, tushunarli bo‘lsa, o‘quvchi va ota-onalar
uchun ham shunday bo‘lishi (aniq va tushunarli bayon) ta’minlansa;
maqsadni qo‘yish va loyihalashtirishda yetarlicha yordamchi so‘zlardan
o‘rinli foydalanish. Masalan, “... bajara olish”, “... bilib olish”, “...qo‘llash”,
“..innovatsion bilimga ega bo‘lish”, “... innovatsion xususiyatlarni ifodalay olish”
kabi so‘z tuzilishlaridan foydalanish, maqsadni asosi sifatida o‘zlashtiriladigan
tushunchalar, bajariladigan harakatlar va ular orasidagi aloqa va tasdiqlardan
foydalanilsa;
maqsadning qo‘yilishi davlat ta’lim standartlari talabini ifoda etsa. YA’ni
o‘qituvchining metodik mahorati davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib
maqsad aniq, puxta, pishiq ifodalangan, qo‘yilgan maqsadga erishish jarayonida
o‘quvchining yangi qirralarini namoyon etib, innovatsiya darajasiga ko‘tarilishiga
erishilsa. An’anaviy metodikada ko‘p hollarda metodistlar ham, o‘qituvchilar ham
maqsadning aniq qo‘yilishi va unga erishishga emas, balki materiallarning hajmiga
e’tibor qaratadilar, zamonaviy ta’limda asosiy e’tibor maqsadni qo‘yish va unga
erishishda innovatsiyalardan foydalanishni lozimligini ko‘rsatmoqda;
maqsadni qo‘yishda uni tashxislashning ta’minlanganligiga e’tibor
qaratilgan bo‘lsa. Tashxislash (baholash) ta’lim maqsadiga muvaffaqiyatli erishish
mexanizmini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad ham, kutiladigan
natija ham ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga
ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida
qaraladi.
maqsadni qo‘yishda qat’iy ketma-ketlikka amal qilingan bo‘lsa.
Informatika ta’limining mazmuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan fanning Davlat ta’lim standarti (DTS)da
mavzular shaklida ko‘rsatiladi [39].
Ta’limning
mazmuni
DTS
O‘quv reja,
o‘quv dasturi
Darslik, o‘quv qo‘llanma,
uslubiy qo‘llanma va boshqa
elektron adabiyotlar
5.2-rasm. Informatika ta’limining mazuni
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning bilim saviyasi,
o‘zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab innovatsion
ta’lim metodlari qo‘llaniladi.
Keyingi vaqtlarda ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi, bunga sabab axborot
texnologiyalari sohasida ikkita yo‘nalishda o‘zgarishlar bo‘ldi. Birinchisi-bu
Internet va telekommunikatsiyaning tez rivojlanishi, dunyoning ixtiyoriy
joyidagi fan o‘zgarishlarini, yangiliklarini tezda bilib olish, bilimlarni
ko‘paytirish imkoniyati va ayni vaqtda dasturiy ta’minotlar, PDV, axborot
resurslarning internetdan olish, web texnologiya, mobil texnologiya, bulutli
texnologiyalar va internet interfeysining o‘zlashtirilishining osonlashganligi
bo‘lsa, ikkinchidan-katta hamdagi (yuzlab gigabaytlarda) axborot tashuvchi
qurilmalarning CD-ROM (Compact Disk Read Only Memory) kompakt
disklari va tashqi xotira qurilmasi (fleshka) ishlab chiqilib amaliyotda
foydalanilayotganligi. Ular yordamida ixtiyoriy gipermatnli, multimediali
PDVni olib yurish, elektron ta’lim resurslaridan foydalanish mumkinligi,
hamda AKT doimiy ravishda rivojlanib, ta’lim tizimida har bir ish joyi
avtomatlashtirilib,
axborot
kommunikatsiya
vositalaridan
foydalanilayotganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: