Klassifikatsiyasi. Kamtuklilar sinfi ikkita turkumga bo`linadi.
1.Naydomorflar (Naidomorpha) turkumi turlari asosar» chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Qizil chuvalchang -Tubifex organik qoldiqlar bilan ifloslangan ko`lmak va sekin oqadigan suv havzal arida ko`p uchraydi. Stylaria (90-rasm) va Aeolosoma planktonda, enxitreidlar (Enchytraeus) tuproqda hayot kechiradi.
2.Yomg`ir chuvalchanglari (Lumbricomorpha) turkumi chuchuk suv havzalari va ayniqsa, tuproqda keng tarqalgan. Tanasi uzunligi bir necha sm dan (Eisena) ayrim tropik turlari (Megascolicidaye)da 2,5 m ga yetadi. O`rta Osiyoda yomg`iri chuvaichanglarining 20 dan ortiq turlari uchraydi. Sug`oriladigan ycrlarda Nicodrilus caliginosus keng tarqalgan. Chuchuk suv qisqichbaqalarida "qisqichbaqa zulugi" -Branchiobdella chuvalchangi parazitlik qiladi.
Yomg`ir chuvalchangi Halqalilarning ko`ndalang kesimi