5-mavzu. Global tarmoq. Internetdagi xizmatlar. Reja



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana21.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#689284
1   2   3   4   5
Bog'liq
5-ma'ruza (1)

Internet
Abonent tizimlarining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlari (KT) ni 3 
turkumga ajratish mumkin: 
Lokal tarmoqlar (LAN - Local Area Network) - bir xonadagi, binodagi, uncha 
katta bo'lmagan hududdagi kompyuter tarmoqlari (2,5 km gacha bo'lgan masofada 
birlashtirilgan kompyuterlar); 
mintaqaviy kompyuter tarmog'i - bir-biridan ancha uzoqda joy­ lashgan 
kompyuterlar va lokal tarmoqlami o'zaro bog’laydi. U katta shahar, iqtisodiy 
mintaqa va alohida mamlakat doirasidagi abonent-lami o'z ichiga olishi mumkin; 
global tarmoqlar turli mamlakatlar yoki qit'alarda joylashgan abonentlarni 
birlashtiradi. 
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli 
iyerarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan 
kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi. Hozirgi kunda dunyoda 
ko'plab kompyuter tarmoqlari ishlab turibdi. Dastlabki kompyuter tarmog'i -
ARPANET (Advenced Researsh Projects Agency Network) - AQSHning mudofaa 
vazirligi tomoni­ dan 1969-yili ishlab chiqilgan. U keyinchalik boshqa KTlar bilan 
birlashtirilib, INTERNETning bir qismi sifatida ishlatila boshlandi. INTERNET - 
international network - yagona standart asosida faoliyat ko'rsatuvchi jahon global 
kompyuter tarmog'i. Internet xiz-mati «internet provayderlari» yordamida aloqa 
kanallari - telefon tarmog'i, kabelli kanallar, radio va kosmos aloqa tizimlaridan 
foydalanish orqali amalga oshiriladi. Hozir Intemetga dunyoning 150 dan ortiq 
mamlakatlaridagi milhonlab kompyuterlar ulangan. Har oyda tarmoq miqdori 7-
10% ga ortib bormoqda. Intemetdan foydalanuvchilaming soni 2002-yil sentabriga 
kelib 605,6 mln.ga yetdi. Eng ko'p foydalanuvchilar Yevropada - 190,91 mln.kishi. 
Lekin so‘nggi paytda Osiyo - Tinch okean regioni mamlakatlarida 
foydalanuvchilar soni tez o‘sib bormoqda. Hozir ular 187,24 mln. kishini tashkil 
qiladi. Bugungi kunda Internet 50000 dan ortiq alohida tarmoqlami bog'laydi.
Intranet - internet texnologiyasi, dasturiy ta’minoti va protokol-lari asosida tashkil 
etilgan hamda ma’lumotlar bazasi va elektron hujjatlar bilan kollektiv ravishda 
ishlash imkonini beruvchi, korxona yoki konsem miqyosidagi yagona informatsion 
muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog'i. Internet xizmatlari deganda 
tarmoqdagi xizmatlar tushuniladi. Ular quyidagilardan iborat: 
WWW - grafik, audio va video materiallarni o'z ichiga olgan gipermatnli 
hujjatlarni ko'rish va topish; 
telnet - kompyuterga uzoqdan bog'lanish; ftp - fayllarni uzatish; 
e-mail - xabarlami uzatish; 
usenet - elektron e’lonlar taxtasi, telekonferensiyalar; gopher - matnli hujjatlarni 
ko'rish va topish. 
WWW - Intemetning eng ommabop xizmat turi. Unga ulamsh uchun kompyuter 
bilan modem yetarlidir. Shu tufayli Butun dunyo tarmog'i butun olam axborotlar 


ombori - kutubxonaga aylanib qoldi va u dunyoga yoyildi. WWW da ma’lumotlar 
sahifalarda joylanadi. WWW sahifalari soni so'nggi 3 yilda yuz milliondan oshib 
ketdi. Bu sahifalar egasi kim? Ular yirik korporatsiyalar yoki kichik korxonalar, 
universitet va maktablar, tashkilotlar, jumal va ro‘znomalar yoki oddiy shaxslardir. 
Bu sahifalarda turli-tuman ma’lumotlar joylanadi. Hozirgi kunda WWW axborot 
olishning va tarqatishning eng qulay usulidir. 
World Wide Web xizmati (WWW). Bu xizmatni, odatda, Internet bilan 
tenglashtiradilar. Aslida WWW xizmati - bu Intemetning ko‘p tarmoqli 
xizmatlaridan biridir. 
World Wide Web - Web-serverlarda saqlanayotgan va o‘zaro bog‘langan 
millionlab elektron hujjatlaming yagona ma’lumotlar fazosi. Web-fazolar 
(пространство Web) ning alohida olingan hujjatlari Web-sahifalar (Web-
страницы) 
deb 
yuritiladi. 
Web-sahifalaming 
ma’lum 
mavzuga 
birlashtirilgan'guruhlarini Web-tugunlar (Web-узел) yoki Web-sayt yoxud oddiy 
sayt deb yuritiladi. Bitta Web-server yetarli darajada ko'p saytlami o‘zida 
mujassamlashtirishi mumkin. Ulaming har biriga, odatda, serveming qattiq diskida 
alohida katalog ajratiladi. Terminalli rejim. Tarixan kompyutemi masofadan turib 
boshqa­ rish xizmati Telnet bilan bog'liq. Masofadagi kompyuter ishini kerakli 
protokol xizmati orqali boshqarish «konsolli» yoki «terminalli» boshqarish deb 
yuritiladi. Intemetda Telnet dan texnik obyektlami, masalan, «teleskop», 
«videokamera», sanoatdagi robotlami masofadan turib boshqarishda foydalaniladi. 
Elektron pochta (E-mail). Bu xizmat turi ham dastlabki elektron xizmatlardan 
hisoblanadi. Internetda uni ta’minlash uchun maxsus pochtali serverlar ishlatiladi. 
Shu narsaga e’tibomi qaratmoq kerakki, «server» deganda maxsus ajratilgan 
kompyuter tushunilmaydi. Bu yerda va bundan keyin «server» sifatida dasturiy 
ta’minot ham tushunilishi mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, 
Internetda bitta kompyuter bir nechta server va har xil xizmatlar vazifasini 
bajarishi mumkin. Telekonferensiya xizmati elektron pochta xizmatining har 
tomonga tarqatish xizmatiga o'xshab ketadi. Telekonferensiya xizmatida xabar 
bitta muxbirga yuborilmay, balki bir guruh muxbirlarga uzatiladi (bunday guruhlar 
telekonferensiyalar yoki yangiliklar guruhi deb ataladi). Yangiliklar guruhi 
uzatilayotgan serverdan boshqa hamma serverlarga jo'natiladi. Bu jarayon vaqti-
vaqti bilan takrorlanib turadi. Har bir serverga tushgan xabar chegaralangan vaqt 
mobaynida (odatda, bir hafta) saqlanadi. Ushbu davr mobaynida xohlovchilar 
xabarlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bir sutka ichida hamma 
tomonga tarqatilgan xabarlar butun yer shariga tarqaladi. Keyinchalik bu xabarlar 
asta-sekin o'chiriladi, chunki serverga ushbu xabarlar qaytajo'natilmaydi. Har kuni 
dunyo miqyosida millionga yaqin xabarlar tarqatiladi. Ularning orasidan kerakli 
xabarlarni topib olish amaliy jihatdan mumkin emas. Shuning uchun, 
telekonferensiya tizimi mavzular guruhiga bo'lingan.


Fayllarni uzatish xizmati (FTP). Internet xizmatlari orasida fayllami qabul qilish va 
uzatish ancha katta foizni tashkil etadi. Dastur fayllarini, katta hajmdagi hujjatlarni 
(masalan, kitoblami) hamda arxiv ma’lu-motlarini fayllar ko'rinishida uzatishga 
zaruriyat tug'iladi. FTP xizmati dunyo tarmog'ida o'z serverlariga ega bo'lib, unda 
arxiv ko'rinishidagi ma’lumotlar saqlanadi. FTP protokoli server va mijozlar 
o'rtasidagi ikkita TCP qo'shilmalar (соединения) bilan bir vaqtda ishlaydi. 
Birinchi qo'shilma bilan ma’lumotlar uzatiladi. Ikkinchi qo'shilmadan 
ma’lumotlami boshqarishda foydalaniladi. FTP protokol serverga murojaat qilgan 
mijozning qayd etish vositasini ham taklif qiladi. Bu usul bilan, odatda, 
kommersiyali 
serverlar 
va 
chegaralangan 
serverlar 
o'zlarida 
qayd 
etilgan 
kliyentlarga foydalanuvchining 
ismini va u bilan bogiiq parolni 
kiritishni talab qiladi. Ammo 
o'n minglab FTP serverlar 
mavjudki, 
ular 
anonim 
ko'rinishda o'zlarining xizmatini 
taklif 
etadi. 
Bu 
holda 
foydalanuvchilar ism sifatida 
anonymous so'zini va parol 
sifatida elektron aloqa xizmatini 
kiritishlari kifoya. Ko'p holatlarda FTP xizmati buni avtomatik ravishda bajaradi. 
IRC xizmati (Internet Relay Chat). Bu xizmat real vaqt mobay­ nida bir nechta 
kishilami o'zaro to'g'ridan to'g'ri muloqot qilish imkoniyati bilan ta’minlaydi. 
Ayrim hollarda IRC xizmatini chat-konferensiya yoki oddiy chat deb ham 
aytadilar. Telekoferensiyalardan farqli o'laroq, chat-konferensiyalarda muloqot 
bitta aloqa kanali doirasida amalga oshirilib, unda bir nechta odam ishtirok etishi 
mumkin. IRC xizmatini qoilab-quwatlaydigan serverlar va tarmoqlar bilan ishlay­ 
digan bir qancha imtiyozli mijozli dasturlar mavjud. Ulardan eng imtiyozlilaridan 
biri - mIRC.exe dasturidir. ICQ xizmati. Bu xizmat intemetga (ayni vaqtda) 
ulangan kishi­ ning IP-tarmoqdagi adresini izlab topishga mo'ljallangan. Ko'pgina 
foydalanuvchilar doimiy IP-adresga ega emaslar. Shuning uchun ushbu xizmatga 
zaruriyat tug'ilgan. Bu xizmatdan foydalanish uchun uning markaziy serverida 
qayd qilinish (http://www.icq.com) va shaxsiy nomer UIN (Universal Internet 
Number) olish kerak. Bu nomemi hamkorga uzatish mumkin. Bu holda ICQ 
xizmat Intemet-peyjer ko'rinishidagi xizmat turini bajaradi. UIN nomemi bilgan 
holda uning IP-adresini bilmasangiz ham, uning markaziy server xizmati orqali 
hamkor bilan ulanish uchun xohish borligi haqidagi xabami jo'na-tish mumkin. 
Internet - butun jahon o'rgimchak to'ri deb nomlanishiga sabab, uni tuzilish 
strukturasi o'rgimchak to'rinikiga o'xshab ketadi. Undan tashqari uni kosmosdagi 
yulduzlar va gallaktikalar joylashuviga ham o'xshatish mumkin. Internerga birinchi 
martta AQSh da DARPA tashkiloti tomonidan asos solingan. Umuman olganda 
internet oddiy bir kompyuterlarni bir-biriga ulagan tarmoqga o'xshaydi. Faqatgina 
uning miqyosi butun dunyo bo'yicha tarqalgan. Demak, tarmoq hosil qilingandan 


so'ng undagi kompyuterlar bir-biri bilan bog'lanishi uchun ularga nom berib 
chiqish kerak. Buni bizga IP lar amalga oshirib beradi. IP bo'yicha biror 
kompyuterga ma`lumot uzatishda maxsus qoida bo'lishi kerak, axir butun jahon 
kompyuter tarmog'i bo'lganidan keyin unda har xil operatsion tizimli, turli xil 
kompyuterlar joylashadida. Ular bir birlari bilan maxsus belgilangan qoida asosida 
bog'lanadilar.
Bu qoidani TCP/IP protokoli (yani qoidalar majmuasi) amalga oshirib beradi. 
Endi, kompyuterlar bir-biri bilan nima uchun bog'lanadilar? - albatta biror 
ma`lumot olish uchun, axir DARPA tashkil qilgan ARPANET ni ham maqsadi shu 
ediku. Ma`lumotni foydalanuvchiga berish 
uchun, internetda mahsus Serverlar tashkil 
qilinadi. Ma`lumot turi esa biror ko'rinishdagi 
fayl bo'lishi mumkin, yoki pochta xabari, yoki 
web sayt va hokazo...shularga mos tarzda fayl 
serverlari, pochta serverlari, web serverlar va 
boshqalar tuziladi. fayl serveriga murojaat 
FTP protokoli orqali, pochta serveriga 
murojaat SMTP va boshqa pochta protokollari 
orqali, Web serveriga murojaat esa HTTP 
protokoli 
orqali 
amalga 
oshirilishi 
mumkin.Bilamizki, fayl serverida har xil 
fayllar (masalan rasm, musiqa, kino va 
hokazo...) turadi, pochta serverida kelgan, 
jo'natilgan va boshqa pochta xatlari turadi. WEb serverdachi? - web serverda turli 
xil web saytlar turadi. Xo'sh, agar internetda barcha kompyuterlar, serverlar bir 
birini IP adres orqali tanisa, qanday qilib bizni brauzer adres qatorida yozgan oddiy 
harflardan iborat so'zimiz bizni kompyuterimizni qaysidir joyda turgan web server 
bilan bog'ladi? - buning uchun mahsus DNS serverlar yordamga keladi. u yerda 
saytlarni adreslari va ular uchun mahsus berilgan IP adreslar turadi, xuddi 
quyidagicha:
www.mail.ru 217.69.141.22, www.google.ru 173.194.35.151 va hokazo... Siz 
qachonki brauzer adres qatoriga mail.ru yozganizda bu so'rov DNS serveriga borib, 
u yerdan mail.ru ga mos turgan ip adresli serverga yo'naladi. Hohlasangiz mail.ru 
yozmasdan yuqorida keltirilgan joydagi mail.ru ni to'g'risidagi ip adresni brauzer 
adres qatoriga yozing, sizga mail.ru saytini ochib beradi. Ma`lumki brauzer HTTP 
so'rovini yuboradi, shu sabab bu so'rovni web server o'ziga qabul qiladi. bu huddi 
ko'p eshikli binoni biror eshigi bo'yicha kirishga o'xshaydi. Masalan, siz HTTP 
yo'lagi bo'yicha borsangiz sizni web server kutib oladi. Buni ilmiy tilda "web 
server 8080- portni(eshikni) tinglab turadi" deyiladi, bu eshikga esa HTTP yo'lagi 
bo'yicha boriladi deb tushunish ham mumkin :) . Demak web server sizni 
so'rovingizni qabul qiladi va sizga javob beradi. Web serverda nimalar turadi, u 
sizga qanday qilib javob beradi va shunga o'xshash boshqa narsalarni keyingi 
maqolalarimda yozib borishlikga harakat qilaman, bu maqolamni esa mandan web 
sayt yasash uchun nimalar qilish kerak? - deb so'raganliklari uchun yozishni 
boshlagandim...Endi internetdagi kompyuterlarni fizik bog'lanishiga keladigan 


bo'lsak, siz uyingizdagi kompyuterga internet ulash uchun avval modem o'rnatasiz, 
so'ng biror provayderni kartochkasini registratsiya qilib, so'ng ulanasiz. Demak, 
sizga internetni provayder ta`minlab berdi. Provayderga ulanish yo'llari har xil 
bo'lishi mumkin, masalan telefon liniasi orqali, usb modem orqali, yoki EVO, 
SOHO kabilarga besprovodnoy set - radiosignal orqali ulanish mumkin. provayder 
ham o'z navbatida internetni o'zidan katta biror provayderdan oladi, u katta 
provayder ham, o'zidan katta boshqa provayderdan oladi, eng yirik provayderlarni 
esa yirik magistral kanali bog'lab turadi. har bir provayder ma`lum darajada 
chegaralangan IP adreslar to'plamiga ega bo'ladi va o'ziga ulangan mijozlarga shu 
IP adreslarni taqsimlab beraveradi. 

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish