Farg’ona vodiysi tarixiga ilmiy nuqtai nazar.
XXI asrga rivojlanishning zamonaviy tarakkiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy madaniyati va bebaxo ma’naviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalki o‘zining ming yilliklar ka’riga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan jahon sivilizatsiyalar tarmog‘ida alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi O‘zbekiston xududida bo‘lib o‘tgan tarixiy- madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar turli davrlarda mamlakat kelajak tarakkiyoti nuqtai-nazaridan amalga oshirilgan islohotlar shuningdek, kjsalish va inqiroz holatlari, chet el boskinlariga karshi ozodlik kurashlari yurtimizning o‘ziga xos serqirra va rang-barang o‘tmishidan dalolat beradi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini ko‘lga kiritgach, Vatan tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi. O‘zbekiston Reslublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimovning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy hayotida tarixning ulkan ahamiyati haqidagi tarixchi olimlarni asl manbalar va dalillarga asoslangan haqqoniy tariximizni yaratish borasida ilgari surgan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘k”, “Tarix - millat ko‘zgusi”, “Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson”, “Xalqimizni tarix bilan kurollantirish zarur”, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi”, “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” kabi ko‘llab asosli va katta ahamiyatga molik g‘oyalari reslublika tarixchi olimlarini yangidan-yangi da’vatlarini alohida ta’kidlash maksadga muvofiqdir1.
Tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalkdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, voqelik va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur etish aslo mumkin emas. Tarix - xalqning fikr hamda tafakkurining hosilasidir. Aynan shuning uchun ham tarix - ibrat maktabi bo’lib, o‘tmishda yo‘l ko‘yilgan nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, buzgunchi goyalarga karshi turishga undovchi, mnlliy birlik, hamkorlik va bagrikenglikka chakiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir. Shundan kelib chikib ta’kidlash lozimki, kadim o‘tmish bilan bugungi kunning, o‘tmish ajdodlarimiz bilan bugungi avlodlarimiz o‘rtasidagi bog‘liklikni unutmasdan yanada mustahkamlash milliy tarakkiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Bunday bog‘lanishda esa tarix asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi2.
O‘zbekiston tarixi, umuman, tarixning bugungi kundagi beqiyos ahamiyati va bu yo‘nalishda olib borilgan hamda davom etayotgan ilmiy kashfiyotlarni tabiiyki, ushbu kitobning kirish qismida yoritib berishning imkoni yo‘k. Zero, qilingan ishlar haqida ko‘plab kitoblar yozish mumkin. Ammo, tarixiy tadqikotlar, tarixning tarkibiy kismi bo‘lmish - arxeologiya, numizmatika, san’atshunoslik, tarixshunoslik, manbashunoslik, muzeyshunoslik, tarixiy demografiya, fan tarixi kabi soxalarda tadqiqotlarga muxtoj bo‘lgan mavzular, qiyosiy-solishtirma ishlanmalar, baxs-munozaralarga sabab bo‘layotgan, yechimini kutayotgan muammolar ham borligini ta’kidlash lozim.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini hayotga tadbik etishda tarixchi olimlarning ham munosib hissasi bor. Zero, XXI asr barkamol avlodiga ta’lim-tarbiya berish borasida tarixchi olimlar tomonidan milliy istiqlol ruhida yozilgan, e’tiborga molik ko‘plab yangi avlod adabiyotlari yaratildi.
Respublikadagi ilmiy-tadqiqot muassasalari xamda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘rtasidagi ilmiy almashinuv, integratsiya va xamkorlikni yanada kengroq yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasidagi ustoz-shogird an’analarini yanada ko‘proq va sermahsul darajada rivojlantirish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu o’rinda O’rta Osiyo gavhari hisoblanmish Farg’ona vodiysidan yetishib chiqqan ilm-fan, hususan tarix ilmi namoyondalarining ham vatanimiz ilm-fan taraqqiyoti yo’lida olib borayotgan mehnatlari benihoya kattadir. Bu o’lka vatanimiz tarixida muqim o’ringa ega ekanligi hech kimga sir emas. Zero qanchadan qancha tarixiy shaxslar, ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan.
Shu sababdan ham biz bu o’rinda Farg’ona vodiysidan yetishib chiqqan tarixchi olimlar hususida fikr yuritishga qaror qildik.
Do'stlaringiz bilan baham: |