Loflar
Qor
Birinchi lofchi dedi:
Bizning qishloqda qor chunonam yog‘diki, osmonga tegay-tegay dedi.
Ikkinchi lofchi javob berdi:
E, sizlarda qor endi shuncha bo‘ldimi? Bizning qishloqda qor allaqachon osmonga yetib, tovuqlar yulduzlarni cho‘qib yeb yurishibdi.
8-Mavzu: DOSTONLAR VA ULARNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:
Xalq dostonlarining mavzu doirasi.
Dostonlarining turlari.
Dostonchilik maktablari haqida ma’lumot.
Tayanch tushunchalar: Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, qahramonlik, jangnoma, tarixiy, romanik, kitobiy dostonlar, baxshichilik.
Darsning maqsadi. Xalq dostonlari, dostonchilik maktablari, dostonlarning turlari, mavzu doirasi, ularning tili va badiiy xususiyatlari to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.
Darsning metodik ta’minoti. Ko‘rgazmali o‘quv qurollari, dostonlardan namunalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |