5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet28/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Loflar. Badiiy adabiyotda qo‘llanadigan san’atlardan biri “mubolag‘a” deyiladi. Arab tilidan olingan bu so‘z kuchaytirish, bo‘rttirish, giperbola ma’nolarini anglatadi. Adabiyotshunoslikda mubolag‘aning uch turi belgilangan:

1.Tablig‘ – biror og‘ir ishni bajarish qayd etiladi, ammo shaxsning irodasi, xohishi va matonati bilan amalga oshirilsa, tablig‘ san’ati qo‘llangan bo‘ladi.

2. Ig‘roq – bajarilgan qiyin ishni tasavvur qilishimiz mumkin, ammo haqiqatda esa uni amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi.

3.G‘uluvv – mubolag‘aning bu turida tasvirdagi bo‘rttirish holatini ko‘z oldimizga keltirish ham, uning hayotda ro‘y berishi ham mumkin emas.

Xalq og‘zaki ijodidagi loflar mubolag‘a san’atiga asoslanadi. Lug‘atda “lof” - fors tilidan olingan so‘z bo‘lib, quruq (puch) gap, safsata, maqtanchoqlik.

1.Folklordagi hajviy-yumoristik janrlardan biri: haddan tashqari bo‘rttirilgan, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on gap»  deb izohlangan. Loflar xalq og‘zaki ijodining latifalar va askiya kabi kulgi uyg‘otuvchi ommaviy janri hisoblanadi. Asosan, janrda qo‘llanadigan san’at mubolag‘aning ig‘roq va g‘uluvv turi hisoblanadi. Bu janr mohiyatida mubolag‘a yetakchi o‘rinni egallasa ham, badiiy adabiyotdagi mazkur san’atni qo‘llash maqsadi bilan farqlanadi. Chunki xalq ijodidagi dostonlar, ertaklar, yozma adabiyotdagi she’rlar, dostonlarda mubolag‘a qahramonning zimmasidagi og‘ir vaziyat, u bajargan vazifa oddiy emasligini ta’kidlash maqsadini ko‘zlaydi. Xususan, “90 molning terisidan po‘stini, 15 molning terisidan kovushi”, “14 botmon yoyni qo‘liga ushlab, yetti yashar bola ko‘tarib tortdi, tortib qo‘yib yubordi... Asqar tog‘ining katta cho‘qqilarini yulib o‘tdi, ovozasi olamga ketdi” (“Alpomish”). Yoki:



Mehr emas, ohim o‘tidin ko‘kka yetmish bir sharar,

Ayb emasdur gar desam: “Dam ursam aflok o‘rtanur” baytida Alisher Navoiy osmondagi quyosh aslida men – oshiq ohining bir uchqunidir. Agar rostmana dam ursam, oh cheksam, falak kuyib ketadi, demoqchi. Yuqoridagi misollarda xalq ijodkori, yozma adabiyot vakili tomonidan tasvirlanayotgan voqea ta’sirida tinglovchi, o‘quvchida hayrat uyg‘onishi uchun mubolag‘a san’atidan foydalanilgan. Loflardagi qo‘llangan mubolag‘ada esa ikki maqsad nazarda tutiladi: birinchidan, lofdagi bo‘rttirishning o‘ylab topilganidan qoyil qolishimiz, hayratga tushishimiz kerak, ikkinchidan, bizda kulgi uyg‘otishi ham zarur. Demak, loflardagi mubolag‘aning bajaradigan vazifasi oddiy badiiy san’atnikidan murakkab ekan. Hayot tajribasidan ma’lumki, inson odatda bajargan ishini, ko‘pincha, bo‘rttirib ko‘rsatishga moyil bo‘ladi. Kimdir shaxmat o‘ynab, umrida yutqizmagani bilan, kimdir bir quloch baliq tutgani bilan, kimdir yigirma kosa norin yegani bilan maqtanadi. Ammo bu gaplarni eshitgan ikkinchi kimsa, albatta: “Siz men bilan shaxmat o‘ynamagan ko’rinasiz“ yoki “Siz tutgan baliqlar bizning daryodagi baliqlarning yangi urug‘dan chiqqaniga o‘xshar ekan“, yo “Norin yegan kosalaringizni angishvonaning ichiga joylab berishgandir“ deb javob qaytargisi keladi. Natijada, xalq og‘zaki ijodidagi loflar janriga asos hosil bo‘ladi. Loflar badiiy adabiyotning epik turi (jinsi)ga mansub janr. Uning hajmi cheklangan: ikki-uch, uch-to‘rt jumladan iborat. Asosan, dialogda qatnashgan ikki lofchi suhbatidan bir lavha tarzida bo‘ladi. Ularda bo‘rttirilgan yolg‘on voqea to‘qishda mohir, tajriba to‘plagan lofchi deb hisoblangan shaxslar musobaqalashadi. Har ikki taraf aytayotgan voqeasining yolg‘on va to‘qima ekanini juda yaxshi biladi, lekin mutlaqo bu fikrini ochiq aytmaydi. Bu shart buzilsa, lof butun mohiyatini, jozibasini yo‘qotadi. Aksincha, bir lofchi suhbatdoshining bo‘rttirilgan yolg‘on gapini aksariyat hollarda tasdiqlaydi, e’tiroz bildirmaydi. Faqat lofning mazmunidan xabar topganidan so‘ng unikidan o‘tkirroq, yana ham mubolag‘ali, yolg‘onroq javob topishi lozim. Muhimi, ikkinchi lofchi keyin javob bergani uchun lof shu o‘rinda tugaydi. Ba’zan dialoglar bir oz davom etishi mumkin, lekin bari bir so‘nggi fikr bildirgan lofchi g‘olib chiqaveradi. Latifalarda, lofda, askiyada kulgiga sabab bo‘lgan jumlani kashfiyot darajasida baholash mumkin. Ularni o‘ylab topgan shaxs katta hayot tajribasiga ega bo‘ladi, ayniqsa, vaziyatni to‘g‘ri baholab kulgi hosil qilish mahoratini namoyish etadi. Buning uchun u til boyligidan ham yaxshi foydalana olish fazilatiga ega bo‘lishi zarur. Lof to‘qilganidan so‘ng vaqt o‘tishi, birinchi ijodkor nomining ma’lum emasligi oqibatida mazkur asarga jamoa, ya’ni xalq muallif bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham millat vakili o‘ylab topgan asar o‘zbek xalqining zukkoligi, hozirjavobligi, topqirligi, mohir ijodkor ekanligini dalillaydi.Loflarni, ko‘pincha, latifago‘ylar, askiyachilar, qiziqchilar ijro etishgan. Turli sayillarda, yig‘inlarda, gap-gashtaklarda kimdir lof aytishni boshlagani zahoti vaziyat o‘zgargan, fikriy musobaqa boshlangan. Masalan, qiziqchilik va askiyadan ustoz san’atkor hisoblangan marg‘ilonlik Yusufjon qiziq mohir askiyaboz Mamajon maxsum bilan lof aytishib qolibdi:


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish