Sanamalar aytilganda so‘z yoki bug‘in - sanoqlar yordamida o‘yin shartini bajaruvchi bola aniqlanadi. Jumladan, «yashinmachoq» o‘yinida sanama oxirida qolgan bola ko‘zini yumib belgilangan sonni sanaguncha yashiringan bolalarni topish shartini bajarishi kerak, «quvlashmachoq» o‘yinida esa qochgan bolalarni quvib ushlashi lozim. Sanamalar mavzu va hajm nuqtai nazaridan rang-barang bo‘ladi:
Laylak keldi,
Tuxum quydi.
Nechta?
Beshta.
Bir, ikki, uch, to‘rt, bssh.
Yoki
Omonmisiz - esonmisiz?
Tog‘dan kelgan mehmonmisiz?
Uyga kirnng, choy iching,
Choy ichmasangiz safdan chiqing.
Sanamalarda odatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanoq sonlarining tartibi keltirilmaydi, balki qofiyali so‘zlar yoki bo‘g‘inlar sanoq vazifasini bajaradi. Raqamlarning o‘rnini so‘zlar egallashi o‘zoq o‘tmish tushunchalari bilan bog‘liq. Qadimgi ajdodlarimiz tasavvurida inson o‘z istaklarini har-xil salbiy kuchlardan, hayvon va qushlardan sir tutishi, narsalarni o‘z nomi bilan emas, balki o‘zgacha nomda aytishni ma’qul ko‘rishgan, shu sabab raqamli tartibli sanoqdan ham ehtiyotkorlik bilan foydalanishgan. Barakasini qochirmaslik uchun chorvadorlar mol va qo‘ylarini, ovchilar o‘ljalarini, bekalar tovuq tuxumlarini sanashni hosiyatsiz, deb bilganlar (bu irim hozirda ham saqlanib kelinmoqda). Biroq sano
qsiz ham qiyin bo‘lganligi uchun odamlar sanashning boshqa turlarini tuqishgan. Davr o‘tgani sayin bunday irimlar kuchsizlanib, sanamalar bo‘lib o‘yinlarga o‘zlashdi.
Ba’zi o‘yinlarda to‘plangan bolalarni ikki gruppaga ajratib olish kerak bo‘ladi. Bunda sanamalardan emas, matashmachoqlar qo‘llaniladi. Bolalar matashib (juftlashib) uzoqrokka borishadida, o‘zlariga nom quyib, yoki qo‘llariga nimanidir yashirib ikki o‘yinboshi oldiga kelishadi. Ba’zan bolalar faqatgina matashib, narsani bekitmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yinboshilarning savollariga javob berishadi. O‘yinboshilar savol-javob bilan bolalarni tanlab olishgach, o‘yin boshlanadi.
Matashmachoqlar sanamalar kabi she’r ko‘rinishida bo‘lib, ular o‘yin qatnashuvchilarini guruhlarga ajratuvchi yoki navbatini belgilovchi vazifani o‘taydi. Sanamalar bir necha misradan tarkib topgan sanoq ritmidagi she’r bo‘lsa, matashmachoqlar so‘rok - javobga asoslangan qofiyali nazmdir:
-Bolqon. bolqon,
Qo‘ying, kayda?
-Anov tog‘da,
-Nima eydi?
-Ut eydi.
-Nima berar?
-Sut berar.
-Yog‘imi - yo, so‘zmasi?
«Yog‘i» degan bolalar bir tomonga, «so‘zmasi» degan bolalar ikkinchi tarafga bo‘linishib ikki gruppani tashkil qilishadi va o‘yin boshlanadi. Bunday o‘yinlardan «Oq terakmi, ko‘k terak» o‘yini keng tarqalgan. O‘yin shartiga ko‘ra bo‘lingan ikki guruh bola 20 - 30 qadam uzoqlikda bir-biriga qarab tizilishadi. Har guruh bolalari bir-birlarining qo‘llarini zanjir qilib ushlashadi. Birinchi gruppadagi bolalar raqib guruh bolalariga qarata shunday deydi:
Oq terakmi, ko‘k terak,
Bizdan sizga kim kerak?
Ikkinchi guruh bolalari javob beradi:
Oq terak, ko‘k terak,
A’lochi Xondamir kerak.
Nomi aytilgan bola yugurib qo‘l ushlashib to‘rgan ikkinchi guruh bolalari orasidan yorib o‘tishi va qo‘li ochilib ketgan bolalardan birini o‘zi bilan olib ketib, guruhiga qo‘shishi kerak. Mabodo zanjirni uzolmasa bolaning o‘zi shu gruppada qolib ketadi. O‘yin shu tariqa davom etadi. Qaysi guruhda to‘rttadan kam bola qolsa, o‘sha guruh yutqizgan hisoblanadi. Shuningdek, bolalar orasida «Chori chambar», «Qotib qolish», «Bozlar», «Juba - juba», «Yotma qoch», «Jambul» kabi o‘yinlar ham mavjud bo‘lib, ularda aytiladigan she’rlar bolalar tomonidan yaratilgan.
Bolalarning harakatli o‘yinlardan tashqari aytiladigan ijod namunalari ham turli yurak kechinmalarini, istak va quvonchlarini aks ettiradi. Bolalar o‘zlarini urab to‘rgan ochunni, tabiatni, texnika yangiligini, har bir narsa – hodisani ko‘zatadilar. O‘rtog‘ining yaxshi xulqi yoki «ikki» olishi, biron bir masalada do‘sti bilan bahslashishi, akasining uylanmaganligi, yangasining xom non yopishi, ko‘kda samolyot uchishi, zovurda qurbaqaning vaqillashi bolalarning diqqatini tortgan. Shu sababli turli mazmundagi aytishuvlar, chandishlar, tegishmachoqlar va to‘rtlik she’rlar paydo bo‘lgan. Bolalarning nutqini rivojlantirish va eslash qobiliyatini oshirish maqsadida tez aytishlar va sirli til (tarabar tili) ijod qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |