Foydalanish uchun adabiyotlar:
Karimov I. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – Т.: “Ma’naviyat”, 2008. - b.33.
Alpomish. O‘zbek xalq qahramonlik dostoni. – T.: “Sharq”, 1998.
Alpomish. O‘zbek xalq qahramonlik eposi. –T.: “Fan”, 1999.
Alpomish. – T.: “Fan”, 1999.
Yo‘ldoshev Q. va boshqalar. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik. – T.: “Yangiyo‘l poligraph service”, 2010.
Mirzayev T. va boshqalar. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xrestomatiyasi. –T.: “Aloqachi”, 2008.
Darsning mazmuni
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi qadimiyligi va o‘ziga xosligi bilan alohida qimmat kasb etadi. Falsafiy va badiiy tafakkur rivoji o‘laroq yuzaga kelgan qahramonlik eposlari xalqning asriy ideallari va intilishlarini o‘zida mujassam etgan. Ezgulik uchun kurash, haqiqat va adolat g‘alabasiga intilish, inson huquq va uning manfaatlari ustun qo‘yilgan xalq qahramonlik dostonlaridan biri “Alpomish” dostonidir. Bu doston barcha turkiy xalqlar og‘zaki ijodida uchraydi. Har birining syujet tuzilishi o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlarga ega.
“Alpomish” dostoni o‘zbek xalqi ijodiy dahosining bebaho badiiy yodgorligi bo‘lib, unda qahramonlik, mardlik, ona Vatanga muhabbat, el-yurt farovonligi g‘oyalari tarannum etilgan. Dostonning o‘zbek baxshilari epik repertuaridagi barcha variantlarida vatanparvarlik, jasorat, yurtsevarlik, birdamlik va bunyodkorlik ulug‘langan. Xalqning milliy iftixoriga aylangan bu muhtasham epos asrlar davomida har bir kishiga juda katta ruhiy-ma’naviy quwat baxsh etib kelmoqda. Shuning uchun ham o‘zbek xalqining milliy o‘zligi va sharafli tarixiy taraqqiyotini o‘zida badiiy aks ettirgan bebaho qahramonlik dostoni sifatida e’zozlanadi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi birinchi: Prezidenti I.Karimov: “Xalqimiz azaldan o‘z vujudi, o‘z tomirida mavjud ilohiy qudratga munosib bo‘lmoqqa intilib, o‘z o‘g‘lonlarini mardlik va halollik, jasurlik ruhida, el-yurt uchun jonini ham ayamaydigan asl pahlavonlar etib tarbiyalab kelgan. Shu ma’noda xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan-avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agar xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi”, - deb yozgan edi.
El-yurt osoyishtaligi va oila qo‘rg‘onining muqaddasligi ulug‘langan “Alpomish” dostoni Markaziy Osiyo xalqlari badiiy tafakkuri taraqqiyotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatdi. Shu bois dostonning yuzaga kelishiga asos bo‘lgan arxaik sujetni aniqlash, uning xalq baxshilari repertuaridagi badiiy evolyutsiyasi bosqichlarini yoritish va boshqa xalqlar epik ijodiyotiga ta’sirini tadqiq etish folklorshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir.
Doston qo‘ng‘irot urug‘i boshliqlari – aka-uka Boybo‘ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda bo‘lajak qahramonlar – Alpomish va Barchinlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda tug‘ilishi, Alpomishning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, Boysarining Boybo‘ridan arazlab qalmoq eliga ko‘chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o‘zga mamlakatga safari va Qorajon bilan do‘st tutinishi, raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va yorini olib o‘z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etgi yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, o‘z eliga xotini Barchinning zo‘ravon Ultontoz bilan bo‘layotgan to‘yi ustiga kelishi hamda raqibini engib, o‘z hokimiyatini o‘rnatishi voqealari tasvirlanadi.
Alpomishning asl ismi Hakimbekdir. U Qo‘ng‘rot elida shoh bo‘lmish Boybo‘rining farzandi edi. Boybori Hakimbekni Shohimardon pirdan tilab olgan. Hakimbek yetti yoshga to‘lganda Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmonli yoyni ko‘taradi va undan o‘q uzadi. Shundan so‘ng hamma unga qoyil qolishadi va uni Alpomish deya boshlashadi. U yoshligidan zukko va aqlli bola bo‘lib ulg‘ayadi. Zakot muommosi tufayli aka-uka tortishib qolishadi va Boysari Qalmoq yurtiga ketadi. Barchin 4 ta shart qo‘yadi. Alpomish Qalmoqning 90 alpini yengadi va Barchinni shartlari bajaradi. U bu ishlami amalga oshirganda bor yo‘g‘i 14yoshda edi. Alpomish Barchinni olib o‘z uyiga qaytadi, lekin Boysari tufayli Qalmuqqa qaytishiga to‘g‘ri keladi. Uni makkorlik bilan zindonga tushurishadi. Alpomish Kayqubod tufayli omon qoladi. Zindondan chiqqach Toychixonni butun lashkarlari bilan tor-mor keltiradi. Alpomish bunday g‘ayrinsoniy ishlami amalga oshirganda 21 yoshda edi. U o‘z yurtiga qaytganda, o‘gay ukasi Ultontoz uning o‘rnini egallab olgan boiadi. Alpomish do‘st-dushmanni ajratish uchun avvaliga Qultoy qiyofasida yuradi. U Ultontozga qulluq qilganlami tazirini beradi va birodarlaming hurmatini o‘z joyiga qo‘yadi. Shu tariqa u o‘zining kuch qudratini, adolatparvarligini va o‘z oilasiga, xalqiga sodiqligini ko‘rsatadi.
Eposda Alpomishga Shohimardon pir tomonidan ism qo‘yilishi uning jamiyatga kirishi bilanoq ilohiylik kasb etganligini tahminlaydi. Shu tariqa u faqat jamoaning oddiy a’zolaridan biri emas, balki jamiyatning boshqaruvchisi bo‘ladigan shaxs sifatida jamiyatga kiradi.
Psixoanaliz nazariyasi talqinicha, yigitlik davri bolalik davrida bostirilgan ong osti kechinmalari qayta qo‘zg‘aladigan pallasidir. Alpomish shu davrda oldin hal etilgan “edip kompleksi”ni takrorlashi kerak bo‘ladi.
“Alpomish” dostonida qahramonning tug‘ilishini bashorat qilgan Shohimardon pir o‘zbek mifologiyasidagi ajdodlar kultini o‘zida mujassamlashtirgan homiy personajdir.
“Alpomish” dostonini e’tibor bilan o‘qir ekanmiz, shoir tomonidan aytilgan har bir ma’lumot tinglovchiga, bugungi vaziyatda o‘quvchiga jamiyat haqida muayyan xabar berayotgandek boiadi. Bir-ikki misolga murojaat qilaylik. Hakimbek yetti yoshga yetganida Alpinbiy bobosidan qolgan o‘n to‘rt botmon birichdan bo‘lgan parli yoyidan o‘q uzib Asqar tog‘ining cho‘qqilarini uchirib yuboradi. O‘zbek tili izohli lug‘atida bir botmon yurtimizda har xil o‘lchovga ega ekani va ikki puddan o‘n bir pudgacha og‘irligi ko‘rsatilgan. Bu hisobdan kelib chiqsak, Hakimbek ko‘targan yoy eng kam hisob bilan 224 kilogrammni tashkil etadi. Tabiiyki, bunday og‘ir yoyni otish darajasida inson bandasi ko‘tara olmaydi. Lekin gap yoyni jismoniy kuch bilan ko‘tarish haqida borayotgani yo‘q. Shoir Hakimbekning yoyni ko‘tarishda ma’naviy huquqqa ega ekanini ta’kidlamoqchi. Alpinbiy Qo‘ng‘irot elida yirik bir davlatni vujudga keltirish rejasi bilan yashagan.Yoy turkiy xalqlarda hokimlik nishonasi hisoblanadi. O‘q esa tobe’lik belgisidir. Hakimbek uzoq kutib, tilab olingan farzand sifatida ota-bobolari yashayotgan jamiyatda yangi tuzum – davlat boshqarishini amalga oshirish imkoniga ega.
“Alpomish” dostonida epik qahramonning zindonga tushish motivi o‘zbeklarda ham “o‘zga olam”ni yer ostida deb tasavvur qilishga asoslangan mifologik qarashlar mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Alpomishning yetti yil zindonda yotishi, uning oldiga Tovka oyimning lahm qazib kelishi, xabarchi g‘ozning Alpomish huzurida bo‘lishi bilan bog‘liq epik motivlar mifologik personajning “o‘zga olam”ga safari to‘g‘risidagi arxaik miflar talqinidan iboratdir
Bundan ming yillar avval xalq baxshilari tomonidan og‘zaki ravishda
yaratilgan hamda bizgacha kuylab kelingan bu doston o‘zbek-qo‘ng‘irot urug‘i boshliqlari aka-uka Boybo‘ri va Boysarilarning farzandsizligi tasviri bilan boshlanadi. Unda Hakimbek va Barchinning ajoyib-g‘aroyib holatlarda tug‘ilishi, Hakimbekning bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, Boysarining Boybo‘ridan arazlab, qalmoq eliga ko‘chishi, qahramonning yorini olib kelish uchun o‘zga mamlakatga safari va qalmoq alpi Qorajon bilan do‘stlashishi, raqiblari – qalmoq alplari bilan yonma-yon turib, Barchinning shartlarini bajarishi va Barchinni olib o‘z eliga qaytishi, qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi marta safar qilganda, etti yil zindonda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib, xotini Barchinning zo‘ravon Ultontoz bilan bo‘layotgan to‘yi ustida o‘z eliga kelishi hamda Ultontozni engib, o‘z hokimiyatini o‘rnatishi voqealari tasvirlanadi. Dostonining bosh qahramoni Hakimbek – Alpomishdir. U xalqning qahramonlik orzularini o‘zida mujassamlashtirgan, el-yurt farovonligi yo‘lida mardliklar ko‘rsata olgan bahodir, xalq dahosi yaratgan quyma obrazdir. Qadimgi davrlar va o‘rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi hisoblangan, chunki o‘sha sharoitda odamlarning ijtimoiy hayoti va tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jismoniy kuch hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shuning uchun ham barcha xalqlarning qahramonlik eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda g‘olib chiqqan bahodirlar, vahimali ajdar va devlarni mahv eta oladigan botirlar, tish- tirnog‘igacha qurollangan lak-lak dushman qo‘shinini yolg‘iz o‘zi yenggan alplar siymolari yaratilgan. Alpomish xudi shunday qahramondir. To‘rt botmonlik sari yoydan otib, Asqar tog‘ining cho‘qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. Yakkama-yakka olishuvda Qultoy va Qorajondan g‘olib chiqadi. Uning kuch-qudrati Barchin shartlarini bajarishda, qalmoq alplari bilan kurashda, ayniqsa, yorqin namoyon bo‘ladi. Doston maishiy hayot detallariga boyligi, real epizodlarni keng qamrab olganligi bilan alohida ajralib turadi. Masalan, baxshi yetti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o‘z yurtiga qaytishida uni qarindoshlari, cho‘ponlar, yilqichilar, karvonlar, turli toifadagi kishilar bilan uchrashtirish orqali mamlakatdagi ahvol bilan tanishtiradi, odamlarning qahramonga va uning raqibi Ultontozga munosabatini yaqqol gavdalantiradi. Bu lavhalar Alpomishni ideal qahramon va oddiy inson sifatida har jihatdan xarakterlab beradi. Yo‘ldagi uchrashuvlarda Ultontozning zo‘rlik bilan Barchinni olish uchun to‘y qilayotganligini bilgan Alpomish Qultoy qiyofasida to‘yxonaga keladi. To‘yxonada Alpomish Ultontoz tomonidan kamsitilgan va o‘g‘li hajrida alam tortayotgan ota-onasiga hamdardlik qiladi, haqoratlangan o‘g‘li YOdgorning boshini silaydi, Ultontozga xushomadgo‘ylik qilgan bakovul va oshpazlarning ta`zirini beradi, o‘zining kuch-qudratini, Barchinga hamda oilasiga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi.
Dostonning Alpomishdan keyingi yetakchi obrazlaridan biri Barchindir. U o‘zbek eposida har tomonlama mukammal ishlangan ayol obrazi hisoblanadi. Dushmanlarning “qirq mingini bir deb sanab qirishga” tayyor turgan jasur Barchin siymosida qahramonlik dostonlariga xos alp qiz haqidagi an’anaviy tushuncha ham o‘z ifodasini topgan. Qizdagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o‘z kuch-qudratiga ishonish uni Toychixon alplari zo‘rlik bilan olib ketmoqchi bo‘lgan holatlar tasvirida yaqqol gavdalanadi. Barchin faqat jasur va dovyurak bo‘lib qolmay, unga uylanmoqchi bo‘lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan uning Alpomish va to‘qson alp oldiga to‘rt shart (yoy tortish, ming qadamdan tanga pulni urish, poyga, kurashda to‘qson alpni engish) qo‘yishi xarakterlidir. Qahramonlik va mardlikni tarannum etuvchi Barchin shartlari dostonda badiiy go‘zal tasvirlangan. Fozil shoir xalqning boy ijodiy tajribasini, turmushdagi eng mayda ikir-chikirlarni ham juda yaxshi biladi, har bir detalni chuqur mushohada qiladi hamda o‘z o‘rnida qo‘llaydi. Bu shartlarning bajarilishida Barchin bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita ishtirok etadi. U kurashda Ko‘kaldoshni yiqitishga qiynalgan Alpomishga ma’naviy madad beradi. Yoki, poygada Ko‘kaldoshning oti Ko‘kdo‘nondan o‘za olmagan Boychibor Barchinning
“qur-hayt” degan ovozini eshitishi bilan marraga birinchi bo‘lib etib keladi.
“Alpomish” dostoni 1922-yildan beri o‘zbek fol’klorshunoslari tomonidan xalq baxshilar og‘zidan yozib olib kelinmoqda. Hozirgacha uning 40 dan ortiq variantlari yozib olingan. Ularni aytib bergan baxshilar ulkan dostonchilardir. Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Berdi baxshi va boshqa baxshilardan alohida-alohida kitoblar tarzida to‘la ravishda yozib olingan. Boshqa baxshilardan esa variantlarning parchalari nashr etilgan. “Alpomish” dostoni “Alpamis”, “Alpamis botir”, “Alip-Manash” nomlarida qoraqalpoq, qozoq, oltoy xalqlarida doston holida, “Alpomsho”, “Alpomsho va Barsin hiluv” nomlarida tatar va boshqird xalqlarida ertaklar shaklida yozib olingan va nashr etilgan. Demak, “Alpomish” dostoni turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan eposdir. Har bir xalq unga o‘zining milliy dostoni sifatida munosabatda bo‘lib, o‘rganib kelmoqda. Olimlarning xulosalariga ko‘ra barcha milliy versiyalar va ularning variantlariga nisbatan ham olganda Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti badiiy yuksak va mukammal dostondir.
“Alpomish” dostoni yigirma sakkiz xalq baxshisidan o‘ttiz uch marta yozib olingan. Unda ayrim urug‘ oqsoqollarining hukmronlikka intilishi, patriarxal-urug‘chilik munosabatlarining emirila borishi va feodalizmning tug‘ilish jarayoni voqealari o‘ziga xos tarzda badiiy aks ettirilgan.
Nazorat savollari:
1. O‘zbek xalqining qahramonlik eposi “Alpomish”mi?
2. Hakimbek qaysi sinovdan keyin Alpomish nomini oladi?
3. Alpomish Oybarchinni izlashga nima sabab bo‘lgan edi?
4. Oybarchinning to‘rt shartini kim bajaradi?
5. Alpomish Ko‘kaldoshdan zo‘r edimi?
6. “ Alpomish”ni dostondagi butun sujetni o‘zida qamrab oladigan obraz sifatida qaraysizmi?
7. Alpomishga Oybarchin qanday yordam bergan?
8.Qorajonning do‘stligi dostonda qaysi o‘rinlarda namoyon bo‘ladi?
9. Qultoy obrazini ijobiy baholaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |