5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet36/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Kitobiy dostonlar. Kitobiy dostonlarning bir guruhi klassik adabiyot namunalarining baxshilar tomonidan qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Bahrom va Gulandom” Alisher Navoiy dostonlari, “Yusuf va Zulayho” shu syujetdagi forsiy va turkiy asarlar, “Rustami Doston”, “Shohnoma”, “Varqa bilan Gulshoh”, “Vomiq bilan Uzro” forschadan ozarbayjonchaga qilingan tarjimalar asosida yaratilgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday namunalar borki, ularning yaratilishida asos bo‘lgan manbani topish qiyin. Ammo asarning temasi, uslubi, tasvir mohiyati kitobiy manbaga asoslanganligi va yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko‘rsatadi. “Sanobar”, “Zevarxon” kabi dostonlar shunday asarlardan hisoblanadi. Xorazm dostonchiligida, shuningdek, “Malikai Dilorom”, “Tohir va Zuhra” kabi bir qancha dostonlarda og‘zaki va yozma adabiyotning juda murakkab formalariga, turli-tuman adabiy shakllarni o‘ziga xos ravishda chatishib ketganligiga duch kelamiz.

So‘z san’atining dastlabki namunalari insoniyat nutqi paydo bo‘lishi bilan yuzaga kela boshladi. Fol’klorshunoslikda buni shartli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi.

Hozirgi kunda o‘zbekfol’klorshunosligida Bulung‘ur, Qo‘rg‘on, Shahrisabz, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari – baxshilik san’atining ajoyib markazlari aniqlangan.

    1. Bulung‘ur dostonchilik maktabi qahramonlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lgan. Sodda, yuksak, o‘ta an’anaviy, nisbatan arxaik bo‘lgan qahramonlik eposi uslubi bu dostonchilarning poetik yo‘li hisoblangan. Bulung‘ur dostonchilik maktabining so‘nggi talantli vakili Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li (1872-1955) hisoblanadiki, undan ”Alpomish”, “Yodgor”, “Yusuf bilan Ahmad”, “Malikai ayyor”, “Mashriqo”, “Zulfizar”, “Balogardon”, “Intizor”, “Nurali”, “Jahongir”,

“Murodxon”, “Rustam”, “Shirin bilan Shakar”, “Ra’no bilan Suxangul”, “Zevarxon” kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.

    1. Epik san’atning ikkinchi bir muhim Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi bo‘lib, uning eng so‘nggi talantli vakillari ergash Jumanbulbul o‘g‘li (1868-1937) va Po‘lkan shoirlar (1874-1941) hisoblanadi. Bu talantli san’atkorlardan “Alpomish”, “Yakka Ahmad”, “Oysuluv”, “Kuntug‘mish”, “Qironxon”, “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi”, “Yunus pari”, “Misqol pari”, “Gulnor pari”, “Xushkeldi”, “Hasanxon”, “Chambil qamali”, “Dalli”, “Ravshan”, “Avazxon”, “Qunduz bilan Yulduz”, “Xoldorxon”, “Hilomon”, “Berdiyor otliq”, «Zamonbek», “Xidirali elbegi” kabi dostonlar yozib olingan.

    2. XIX asrda mavjud bo‘lgan yana bir epik markaz Shahrisabz dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so‘nggi namoyandasi Abdulla Nurali o‘g‘li (1874-1957) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar dostonlarni sho‘x, quvnoq, ko‘tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqimliligi bilan ajralib turadilar.

Atoqli xalq shoiri Islom Nazar o‘g‘li (1874-1953) bir tomondan, Shahrisabz, ikkinchi tomondan, Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi bilan bog‘liq bo‘lgan. Uning ijro usuli va undan yozib olingan “Orzigul”, “Sohibqiron”, “Erali va Sherali”, “Zulfizar bilan Avazxon”, “Gulixiromon”, “Kuntug‘mish” kabi dostonlarga nazar tashlar ekanmiz, ularda har ikki maktab xususiyatlari yaqqol ko‘rinadi.

    1. O‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar Sherobod dostonchilik maktabi bilan bog‘liqdir. XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning mashhur vakili Shernazar Beknazar o‘g‘li bir qancha shogirdlar etishtirgan. Mardonaqul Avliyoqul o‘g‘li, Umir Safar o‘g‘li, Normurod baxshi, Ahmad baxshi, Nurali Boymat o‘g‘li, Mamadrayim baxshi, Bo‘riboy Ahmad o‘g‘li, Yusuf o‘tagan o‘g‘li kabi o‘nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan bir qancha dostonlar yozib olingan.

    2. Janubiy Tojikistonda yashovchi o‘zbek-laqay baxshilari ham ijro yo‘llarining badiiy tasvir vositalari jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Dang‘ara rayonining Jorubqo‘l qishlog‘i bilan bog‘liq. Bu erda XIX asrning II yarmi va XX asr boshlarida Haybat Shomol o‘g‘li, Qunduz soqi degan mashhur dostonchilar o‘tgan. Hozir ham ularning davomchilari bor. o‘zbek-laqay baxshilarining dostonchilikdagi asosini “Go‘ro‘g‘li” dostonlari turkumi tashkil etadi. Bu dostonlar o‘zlarining nihoyatda mo‘jazligi bilan ajralib turadi.

Nazorat savollari:




  1. Xalq dostonlarining mavzu doirasi qanday?

  2. Dostonlarining turlarga bo‘linadi?

  3. Dostonchilik maktablari haqida nimalarni bilasiz?

  4. Dostonning lug‘aviy ma’nosi nima?

  5. Qahramonlik dostonlariga qaysi dostonlar kiradi?

  6. Jangnoma dostonlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  7. Go‘ro‘g‘li turkumiga kiruvchi romanik dostonlar qaysilar?

  8. Kitobiy dostonlar xalq dostonlaridan nimasi bilan farqlanadi?




9-Mavzu: QAHRAMONLIK DOSTONLARI.

ALPOMISH”, “RUSTAMXON”


Reja:


  1. “Alpomish” dostonining tili va badiiy xususiyatlari.

  2. Dostonda o‘zaro qarama-qarshilikda bo‘lgan kuchlar o‘rtasidagi kurash.

  3. “Alpomish” dostonining o‘zbek xalqi ma’naviyatini boyitishdagi o‘rni.

  4. “Alpomish” dostonida milliy ruhning aks etganligi.


Tayanch tushunchalar: Alpomish, milliy ruh, insonparvarlik fazilatlari, Qo‘ng‘rot eli, Boybo‘ri, Hakimbek, Shohimardon pir, Alpinbiy, o‘n to‘rt botmonli yoy, qahramonlik eposi.

Darsning maqsadi. “Alpomish” dostonining tili va badiiy xususiyatlari, o‘zbek xalqi ma’naviyatini boyitishdagi o‘rni to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.

Darsning metodik ta’minoti. Ko‘rgazmali o‘quv qurollari, dostonlardan namunalar.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish