5-Mavzu: Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Reja:
Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari
Ekologik ekspertiza munosabatlari qatnashchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
Ekologik ekspertiza turlari to’g’risida tushuncha
Davlat ekologik ekspertizasi
Jamoat ekologik ekspertizasi
Ekologik audit
Ekologik ekspertizaning huquqiy asoslarining tizimlari
O’zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza bo’yicha ekologik normativhuquqiy aktlari tizimi mohiyatiga ko’ra qonunlar majmui tizimi bo’lib, ular respublikada amalga oshirilayotgan atrof muhit muhofazasi sohasida qabul qilingan va tayyorlanayotgan qonunlarga bog’liq holda doimiy ravishda takomillashtirilib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi barcha qonunlar kabi ekologik ekspertiza sohasida huquqiy normalarning asosiy bosh manbaidir. “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuni (1992 y) ekologik ekspertizaning maqsadi, ob’ektlarini belgilab bergan. (IV qism, 24-27 moddalar). O’zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to’g’risida”(2000 yil) qonunida ekologik ekspertizaning huquqiy asolari to’la bayon qilingan. Bundan tashqari ekologik ekspertiza uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan tabiat komponentlarini muhofaza qilish bo’yicha qator qonunlar qabul qilindi. Bular qatoriga atmosfera, yer, suv, yer osti boyliklari, o’simlik va hayvonat olami, alohida muhofaza qilinadigan hududlar to’g’risidagi qonun xujjatlari kiradi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ekologik ekspertiza bo’yicha qator qonunlarga asoslangan aktlar qabul qilindi. 1996 yilda “Korxonalar, binolar va inshootlar qurishning loyiha-smeta xujjatlarining tarkibi, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma” ishga tushirildi. Unda loyihani tayyorlashga qo’yiladigan talablar belgilandi. Ushbu talablarga muvofiq loyihaga “Atrof muhitga ta’sir ko’rsatish to’g’risida bayonot” (ishchi loyihasi tarkibida) taqdim etilishi kerak.
1997 yilda “Davlat ekologik ekspertizasini tashkil etish va o’tkazish tarkibi to’g’risida”gi rahbariy xujjat ishlab chiqilib, tasdiqlandi. Bu xujjatda davlat ekologik ekspertizasining printsipi va protseduralari, ekspertizaga taqdim etiladigan xujjatlarga qo’yiladigan umumiy talablar, davlat ekologik ekspertizasi xulosasi strukturasi va mazumnga qo’yiladigan talablar, ob’ektlarni ko’rib chiqishda davlat ekologik ekspertizasi orgonlarining o’zaro bog’lanishi (aloqasi) tartibi, ekologik ekspertizani o’tkazishda tomonlarning vazifalari va javobgarligi belgilangan.
1997 yilda “Davlat ekologik eksspertizasi sifatini baholash mezonlarining ro’yxati” ishlab chiqilib tastiqlandi.
2002 yilda O’zbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi “Davlat ekologik ekspertizasi to’g’risida nizom”ni tasdiqladi. Bu xujjat “ ekologik ekspertiza to’g’risida”gi qonunni amalga oshirish maqsadlarida qabul qilingan. Ushbu nizom respublikada davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni tartibga soladi. Unda ekspertiza bilan shug’ullanadigan orgon (Davlat Ekologik ekspertizasi Bosh boshqarmasi va uning viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqolpog’iston Respublikasidagi orgonlar), davlat ekologik ekspertizasining ob’ektlari, ekologik ekspertiza buyurtmachisi, davlat ekologik ekspertiza ekspertining huquqlari va majburiyatlari, davlat ekologik ekspertizasini o’tkazish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va materiallarning ro’yxati, ekspertizani o’tkazish muddatlari belgilangan. Xujjatda davlat ekologik ekspertizasi xulosasini tuzish va uning ob’ektni ro’yobga chiqarish (ijobiy xulosa) yoki ro’yobga chiqarmaslik (salbiy xulosa) to’g’risidagi xulosalariga qo’yiladigan talablar ko’rsatilgan. Nizomda ekologik ekspertiza ob’ektlarini to’rtta kategoriyaga bo’lish (yuqori xavf-xatar, past darajadagi xavf-xatar, maxalliy (lokal) ta’sir ko’rsatadigan) belgilangan.
SHunday qilib ekologik ekspertizaning huquqiy asoslari murakkab tizimga va xilma-xil shakllarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |