Vertikal integratsiya
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya texnologik zanjirda o’z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi.(11-rasm).
Taqsimot
Xom-ashyo
Butlovchi
buyumlar
Sotish
Yiђish
Dastlabki
tayyorlov
11-rasm. Texnologik zanjirning
bosqichlari va vertikal integratsiya yo’nalishlari
Integratsiya to’liq va tor bulishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir qismini sotib olishi va qolganlarini uz kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bula oladi.
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda uzining asosiy dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi. Bunga quyidagilar sabab buladi:
- xarajatlardan tejash;
- integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda bozor qiymatidan chetlanish;
- sifat nazoratini yaxshilash;
- o’z texnologiyasini ximoyalash.
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng muximi quyidagilardir:
- ortiqcha xarajatlar;
- texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar;
- talabning mavxum bulgandagi yuqotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bulib, uz ishlab chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni kupaytirib yuborishi mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yuz berishi mumkin bulib, bu uning shu’ba korxonalarini (etkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin uzgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bulganda yuqoriroq integratsiya darajasi maxsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bulganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin buladi. Bu boshqaruv qiymatining usishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya tula integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bulib chiqishi mumkin.
Shuni xam qayd qilib utish lozimki, tor integratsiya tula integratsiyaga qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum sharoitlarda kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi (12-rasm).
Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi mumkin bulsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi.
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida etkazib beruvchilar yoki iste’molchilar bilan uzoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi. Bu boshqaruv xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga erishishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |