5-мавзу: бозор иқтисодиётининг мазмуни ва белгилари


Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari



Download 134 Kb.
bet4/4
Sana08.02.2022
Hajmi134 Kb.
#434981
1   2   3   4
Bog'liq
Ijtimoiy xo’jalik shakllari. Tovar va pul munosabatlari. Bozor i - копия

Bozor, uning tuzilishi va turlari. Bozor infratuzilvasi va uning unsurlari

Bozor iqtisodiy kategoriya sifatida takror ishlab chiqarishning ayirboshlash bosqichiga xosdir. Bozor tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni, degan mazmunni anglatgan.


Dastlab , bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib bozor joyi, deb e’lon qilingan. Shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida yuz bergan.
Lekin, tovar ayirboshlash rivojlanib, uning ziddiyatlari kuchayib borishi pulning kelib chiqishi natijasida sotish va sotib olish tovar-pul-tovar ko’rinishida bo’la boshlagan, endi tovarni sotish (T-P) va sotib olish (P-T) zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib, puliga boshqa vaqtda, boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin bo’lgan. Pul paydo bo’lishi bilan bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni u tovar-pul muomlasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshlaydi.
Bozor ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchilarning ko’p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-biriga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’gin, jamiyat taraqqiyotida mahsulot almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.
Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayriboshlash, pulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir. Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va haridorlar o’rtasida pul orqali ayriboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi. Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va hizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-niriga bog’laydi, bunda bozor vositachi bo’lib hizmat qiladi. Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi.
Bozorning ichki tuzulishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor sub’ektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar unga asos bo’ladi. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor va rivojlangan bozorga bo’linadi. Bozor hududiy jihatdan mahalliy, milliy bozorlar, hududiy bozorlar, mintaqaviy (regional) va jahon bozorlariga bo’linadi.
Bozor ob’ekti jihatiga ko’ra , yani tovarlar turi bo’yicha ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari, yani oziq-ovqat, kiyim-kechak bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, mehnat yani ishchi kuchi bozori, intelektual bozor va boshqalar ko’rinishida bo’ladi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor ob’ektlari shunchalik ko’p va xilma-xil bo’ladi. Bozor turlari va ularning tuzilishi quyidagi chizmada ko’rsatilgan.



BOZORNING OB’EKTI BO’YICHA TUZILISHI




Ishlab chiqarish vositalari va resurslar bozori





Iste’mol tovarlari bozori



Moliya va qimmatli qog’ozlar bozori



Mehnat bozori




Intellektual bozor



KO’LAMI BO’YICHA BOZORNING TUZILISHI




Mahalliy bozor



Milliy
bozor



Hududiy bozor



Jahon
bozori

Bozor iqtisodiyotni tartiblashda ishtirok etish, regulyatorlik funksiasini bajarishni amalga oshiradi. Buni bozor narxlar vositasida bajaradi. Bozor o’zida talab va taklifni jamlab, ularni muvozanatlashtiradi. Bozor nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi.


Iqtisodiy aloqalar xarakteriga ko’ra bozor erkin raqobatli bozor va monopollashgan, raqobat cheklangan bozorlarga bo’linadi. Erkin bozorda sotuvchilar va xaridorlar ko’pchilik bo’lib, ulardan xech biri bozorda hukmron mavqega ega bo’lmaydi, aksincha, ular doimo raqobatda bo’lishadi. Narx-navoni hech kim nazorat qilmaydi, narx bozorda erkin rivojlanadi.Monopollashgan bozor – bunda ozchilik sotuvchilsr va xaridorlar hukmron bo’lgan, raqobat cheklangan yoki raqobat umuman yo’q bozor. Monopollashgan bozorning o’zi uch xil bo’ladi: monopol raqobatli bozor, oligopolistic bozor, sof monopoliya bozori. Monopol raqobatli bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan firmalar ishtirok etadi, ularning bozordagi xissasi katta bo’lmaydi, ular bozorda har xil, lekin bir-birining o’rnini bosa oladigan tovarlar bilan ishtirok etadilar, ulardan har biri boshqasi bilan raqobatlashadi. Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar va kompaniyalar hukmron bo’ladi, lekin ular ham o’zaro raqobatlashadilar. Raqobat ko’p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi.
Oligopolistik bozorga misol qilib Yaponiya avtomobil bozorini olish mumkin. Bu yerda tovarlarning hammasi (100%) uchta firma – “Toyota”, “Xonda”, “Nissan” firmalari tomonidan ishlab chiqariladi. AQSH avtomobil bozorida esa “Ford”, “Kraysler”, “Djeneral motors” kabi konsernlar egalik qiladilar. Sof monopoliya bozorida sotuvchi sifatida bir firma tanho hukmron bo’ladi, butun bir tarmoq shu firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar ishlab chiqaruvchi bo’lmaydi, uning tovarining o’rnini bosadigan boshqa tovar ham topilmaydi. Bu erda raqobat bo’lmaydi. Shunday bozorga misol qilib O’zbekistonda, paxta terish mashinasi ishlab chiqaruvchi Toshkent traktor zavodini keltirish mumkin.
Bozorning tarkibi, tuzilishi xilma-xil bo’lib, umum qabul qilingan turlari mavjud emas. Bozor munosabatlari bir-biriga bog’liq va bir-birini taqazo etuvchi murakkab ichki tuzilishga egadir-ki, uni izohlaganda har xil mеzonlar asos qilib olinadi. Bunda bozorning yеtuklik darajasi, sotiladigan, xarid qilinadigan tovarlar turi, bozor sub'еktlarining xususiyati, bozor miqyosi, bozorning joylashishi, iqtisodiy aloqalar xususiyati hisobga olinishi zarur.
1. Bozor eng avvalo mulk turlari bo’yicha: davlat, xususiy, aralash mulkka asoslangan bozorga bo’linadi.
2. Tovar ishlab chiqaruvchilar tarkibi bo’yicha bozor: davlat korxonalari, ijara, xususiy, oilaviy, koopеrativ, yakka tartibdagi xo’jaliklardan iborat bo’ladi.
3. Mamlakatda savdo-sotiqni tashkil etish turlari bo’yicha ham bozor turlanadi.
Bozor iqtisodiy ob'еktlari bo’yicha bir nеcha turga bo’linadi.
a) Istе'mol tovarlari va xizmatlar bozori: oziq-ovqat tovarlari bozori, nooziq-ovqat tovarlari bozori, xizmatlar bozori.
b) Ishlab chiqarish omillari bozori: Ishchi kuchi (mеhnat) bozori, ishlab chiqarish vositalari, xomashyo bozori.
v) Ko’chmas mulk bozori: yеr bozori, uy-joy bozori, mol-mulk bozori.
g) Moliya bozori: - pul bozori, invеstitsiya bozori, qimmatli qog’ozlar bozori, valyuta bozori, sug’urta bozori.
d) Axborot bozori – ilmiy-tеxnika ishlanmalar yoki intеllеktual tovarlar bozori.
Bozor tovar va xizmatlar bilan ta'minlash darajasiga qarab: to’yingan, to’yinmagan, taqchil, muvozanatlashgan bozorga bo’linadi.
Raqobat kurashi chеklanishiga qarab bozor quyidagi turlariga bo’linadi:
a) mukkamal, erkin raqobatga asoslangan bozor;
b) chеklangan raqobatli (monopol bozor);
v) oligopolistik bozor;
g) sof monopoliyaga asoslangan bozor.
Ta'sir doirasi – hududiy joylashishiga qarab bozorlar: mahalliy, mintaqaviy (rеgional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi.
Bozor savdoning hajmi, xususiyatiga qarab, ulgurji, mayda ulgurji, chakana savdo bozorlariga, shuningdеk, tarmoqlar bo’yicha, avtomobil, kompyutеr, qishloq xo’jalik mashinalari, dеhqonchilik mahsulotlarini sotadigan dеhqon bozorlariga bo’linadi.
Qonuniy jihatdan tashkil etilishiga qarab bozor:
a) lеgal – qonuniy bozor;
b) noqonuniy, «pinhoniy» bozordan iborat.
Lеgal (rasmiy) qonuniy bozor – qonunchilik asosida tashkil etilgan bo’lib, unda qonuniy ravishda sеrtifikatlangan, sifati kafolatlangan tovar va xizmatlar oldi-sotdisi yuz bеradi;
Noqonuniy yoki «qora», «pinxoniy» bozor qonun bilan taqiqlangan tovar va xizmatlar bilan xizmat qilish yoki faoliyat bilan shug’ullanish, bunga: aholi orasida qurol-aslaha bilan savdo qilish, narkotik moddalar sotish, qimorbozlik, fohishabozlik, valyuta bilan chayqovchilik qilish, «qo’l bola» spirtli ichimliklar tayyorlash, jahonga mashhur turli firmalar yorliqlarini o’z mahsulotiga qo’yib, sifatsiz kiyim-kеchak, oziq-ovqat, poyabzal va boshqa turli xil tovarlar tayyorlash, rеkеt (bosqinchilik qilish, qurollangan o’g’irlik) kontrabanda (chеt ellardan yashirincha davlat nazoratini chеtlab, tovarlar olib kеlib sotish yoki chеtga g’ayri qonuniy yo’llar bilan tovarlar olib chiqish). Bu taqiqlangan bozor. Shuning uchun u doimiy ravishda davlat huquq organlarining nazoratida turadi va uning ishtirokchilari qonun oldida javob bеradilar.
Tovarlarni chеtdan erkin olib kеlish yoki olib chiqishga qarab ochiq va yopiq bozorlar mavjud.
Ochiq bozor odatda chеt el mamlakatlari uchun ochiq bo’lgan milliy va davlatlararo rеgional bozor bo’lib, boj to’lovi bilan himoyalanmaydi va zarur tovarlar chеklanmagan miqdorda mamlakatga kеltiriladi. Jahon bozori o’z talabi bilan ochiq bozor hisoblanadi va unda barcha mamlakatlar o’z tovarlari bilan bеmalol qatnasha oladilar.
Yopiq bozor ichki milliy bozorga xos bo’lib, undagi tovar turlari, avvalo mahalliy ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojlanish darajasiga bog’li q bo’ladi. Milliy, mahalliy bozor bir tovar uchun ochiq bo’lsa, ikkinchisi uchun yopiq bo’lishi mumkin. Bunday vaqtda iqtisodiy protеktsionizm siyosati qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti tovar – pul munosabatlariga asoslanganligi tufayli uning o’z ob'еkti va sub'еktlari mavjud. Bozordagi turli-tuman tovarlar va xizmatlar bozor ob'еktining xilma-xilligi va miqdori ishlab chiqarishning qay darajada rivojlanganligini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor ob'еktlari shunchalik ko’p va xilma-xil bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda bozorga har kuni bir nеcha minglab tovar va xizmatlar taklif etiladi.
Tovar muomalasida ishtirok etuvchilar bozor sub'еktlari bo’lib, ular jismoniy va yuridik shaxslar vakolatini olgan alohida shaxslardan, xo’jalik sub'еktlaridan tortib, to ayrim olingan davlatlargacha ham bo’lishi mumkin.
Iqtisodda “Bozor segmenti” degan tushuncha bor. Segment bozorning bir kichik qismi bo’lib, bu yerda xaridorlar cheklangan guruh bo’lib, ularga ma’lum turdagi tovarlar sotiladi.
Bozorning segmentlarga ajralishiga ikki omil sabab bo’ladi: 1. Mehnat taqsimoti chuqurlashib ko’p xilma-xil tovarlar ishlab chiqarilishi va ularning ma’lum guruh iste’molchilarga mo’ljallanganligi; 2. Iste’molchilarning sotsial-iqtisodiy jihatdan tabaqalanishi, ular talabining o’zaro farqlanishi. Bozorni segmentlarga ajratish mezonlari g’oyat ko’p. Bir segment uchun aholining xarid qobiliyati ustuvor bo’lsa, boshqa segment uchun raqobatning bor yoki yo’qligi muhim belgi bo’ladi. Bozorning sotsial-demografik segmentlarga ajralishi ham bir qator mezonlarga qarab yuz beradi. Ular jumlasiga iste’molchi-xaridorlarning yoshi, jinsi, ularning tarkibida ishlovchilar, o’quvchilar va pensionerlarning hissasi, ularning bilim darajasi, pul daromadining miqdori, kasbi, oila va uning tarkibi kabilar kiradi. Aholining urf-odati, rasm-rusumi, turmush tarzi va tovarlarni afzal ko’rishiga qarab ham ajraladi. Umuman turli-tuman segmentlar yaxlit bozorni tashkil qiladi.
Bozor tarkibida bozor infratuzilmasi muhim o’rin tutadi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishiga xizmat ko’rsatuvchi muassasa, tashkilot tizimidir. Bozor infratuzilmasi, uning unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ish kuchini yollashga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarni amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Bozor infratuzilmasi va uning tarkibiy qismlari chizmada to’liq ko’rsatilgan.



Bozor infratuzilmasi bozor a’loqalarini o’rnatishda ishtirok etuvchi, yani sotuvchilar va xaridorlarga xizmat ko’rsatuvchi institutilardir





Tovar va xizmatlar muomalasiga, ya’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infrastruktura (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklar, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari)



Moliya kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infrastruktura (tijorat banklari, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari.)



Axborot tizimi (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan har xil axborotlar – ma’lumotlar va xabarlar to’plash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari)



Ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infrastruktura (transport, aloqa, ombor xo’jaligi, suv va energetika ta’minoti). Ular bozor iqtisodiyotidan oldin ham mavjud bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ularni tijoratchilik yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi, ya’ni ular yaxshi ishlab, pul topish va o’zini-o’zi moliyalashtirish yo’liga o’tkaziladi.



Aholiga xizmat qiluvchi va social infrastruktura (uy-joy, kommunal transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari). Ularning aksariyati bozor iqtisodiyotidan ham oldin mavjud bo’ladi, lekin ularni isloh etib, bozor sharoitida pulli xizmat ko’rsatish, tijorat yo’liga o’tkazishga to’g’ri keladi.




Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish