Oraliq kechikish rostlanuvchi ob’ektda gidravlik va issiqlik qarshiliklari bilan ajratilgan bir yoki bir necha o‘zaro bog‘langan sig‘imlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Bu qarshiliklar ob’ektda modda yoki energiya harakatiga to‘sqinlik qilib, tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga sabab bo‘ladi. Oraliq kechikishni ob’ektning tarqalish egri chizig‘ida grafik ravishda rostlanuvchi kattaliknnng o‘zgarishi boshlangan paytdan tarqalish egri chiziriga o‘tkazilgan urinmaning abssissa o‘qi bilan kesishgan nuqtasigacha o‘tgan vaqt davri bilan aniqlash mumkin. Oraliq kechikish o‘tish jarayonining, ayniqsa, dastlabki davrida ob’ekt tarqalish egri chizig‘ining transformatsiyasiga olib keladi. Oraliq kechikishning qiymati qancha katta bo‘lsa, g‘alayonlovchi ta’sir natijasida rostlanuvchi kattalikning o‘zgarishi shuncha past bo‘ladi. SHunday qilib, kichik o‘zgarishli o‘tish jarayonlarida oraliq kechikish avtomatik rostlash vazifalarini engillashtiradi.
Oraliq kechikish ob’ektdagi sig‘imlar soni va oraliq qarshiliklar qiymati bilan aniqlanadi. Oraliq karshiliklarning vaqt bo‘yicha o‘zgarishi oraliq kechikish qiymatining ortishiga olib keladi. Rostlanuvchi ob’ektning to‘liq kechikish vaqti sof kechikish vaqti bilan oraliq kechikish vaqti ning yig‘indisidan iborat:
Kechikish rostlash jarayonining sifatiga yomon ta’sir qilib, tizimning turg‘unlik koeffitsientini kamaytiradi. Tuliq kechikish vaqti qancha ko‘p bo‘lsa, ob’ekt ishini rostlash shuncha qiyinlashadi. Ba’zan kechikishning haddan tashqari kattaligi ob’ektda rostlashni qiyinlashtiradi. SHuning uchun, to‘liq kechikish qiymatini iloji boricha kamaytirish maqsadga muvofiqdir.
Texnologik jarayonlar har xil turdagi maxsus xususiyatlarga ega bo‘lib, ulardan chiqish o‘zgaruvchilarining taqsimlanishi, transport kechikishi, ko‘p bog‘liqlik, nostatsionarlik va nochiziqlilikni sanab o‘tish mumkin. SHu sababga ko‘ra texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini yaratishda ushbu xususiyatlarni, jarayonlarni samarali boshqarish tizimini qurish maqsadida inobatga olish ehtiyoji tug‘iladi.
Chiqish o‘zgaruvchilarining taqsimlanganligi. Parametrlar bilan fazoda taqsimlangan tizimlar, masalan, uzunlikka, quvursimon reaktorlar, issiqlik almashgichlar va boshqa holatlarda, ularga tegishli ta’rifi uchun, yuqorida aytib o‘tilgandan ham murakkabroq matematik modellarni qo‘llash kerak. Holat tenglamasiga misol qilib quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
y (t)=f2(x(t)),
bu erda: l – masofa koordinatasi. Bu modellar taqsimlangan kechikishli jarayonlarni tavsiflaydi. Alohida holda chiziqli jarayonlar parabolik, giperbolik va elliptik tenglamalar deb nomlanuvchilar bilan ta’riflanishi mumkin.
Transport kechikishi. Ko‘pchilik texnologik ob’ektlar rostlash kanallaridagi sof kechikish mavjudligi bilan tavsiflanadi. Uzun quvurli o‘tkazgichlar bo‘yicha modda oqimi oqishi natijasida hosil bo‘luvchi kechikish-transport kechikishi deyiladi.
Kechikish rostlash tizimida davriy ishlovchi qurilmalar yoki rostlagichlar ishlatilishi natijasida ham hosil bo‘lishi mumkin. Transport kechikishiga xos texnologik jarayonlarning uzatish funksiyasi quyidagichadir:
bu erda k-kuchaytirish koeffitsienti; T-vaqt doimiysi; -transport kechikish vaqti.
Yuqoridagi uzatish funksiyasini taxlil qilib, g‘alayonlantiruvchi ta’sir uzatish vaqtiga nisbatan bunday ob’ektning reaksiyasi vaqtga kechikishini ko‘rsatish mumkin.
Bu /T kattalik qancha katta bo‘lsa, bu ob’ektni boshqarish shunchalik qiyinlashadi.
Kechikishli ob’ektlarni boshqarishda Smitt yoki Resvik rostlagichi qo‘llaniladi. Bu kabi rostlagichlarda ma’lum me’yorda ob’ektning teskari modellari asosida ishlatiluvchi kechikish kattaligining o‘rnini to‘ldirish (kompensatsiyalash) ishlab chiqiladi.
5.2-rasm. Kechikishli ob’ekt o‘tish jarayonining egri chizig‘i
Do'stlaringiz bilan baham: |