Topshiriqli keys
Keys topshirig‘i: hayvonlar va o‘simliklar bilish jarayoni haqida fikr bildiring. Inson bilish bosqichlari, darajalari va shaklari haqida ma’lumot bering.
Keys topshirig‘ini bajarish uchun ish qog‘ozi:
Vaziyat turi
1.Hayvonlar va o‘simliklar bilish jarayoni haqida fikr bildirish.
2. Inson bilish bosqichlari, darajalari va shaklari haqida ma’lumot bering.
|
Vaziyatning tahlili
Inson olamda yashash jarayonida albatta voqelik bilan ta’sirlashadi va buning natijasida olam haqida ma’lumotga ega bo‘ladi. Hayvonlar va o‘simliklar ham inson kabi tirik mavjudotlar va ular ham olam bilan ta’sirlashadilar, bilishni amalga oshiradilar.
|
Vaziyatdan kelib chiqadigan natija
Boshqa tirik mavjudotlar insondan farqli olamni xissiy va aqliy bilish bosqichlari yordamida bilmaydilar. Hayvon va o‘simliklarda faqat xissiy bilish bosqichi amalga oshadi.Xissiy bilishning sezgi shakli yuzaga keladi, o‘simliklarda tropizm xususiyati, hayvonlarda xid bilish, ko‘rish, eshitish, lekin keyingi shakllari ruhiy idrok va ruhiy tasavvur ko‘rinishida bo‘ladi.
|
O‘qituvchining yechimi. Barcha tirik mavjudotlar tashqi olam bilan u yoki bu holatda ta’sirlashadilar. Insondan farqli boshqa tirik mavjudotlarda olamni bilish jarayoni sezgilar asosida bo‘ladi, ya’ni o‘simliklarda tropizm xususiyati, hayvonlardagi barcha keltirib o‘tilgan holatlar tirik mavjudotlarning instinktiv faoliyatidir.
Instinkt – bu muayyan hayvon turining avloddan avlodga o‘tgan ko‘nikmasi, tajribasi ongsiz faoliyatidir.
Insonda esa, boshqa tirik mavjudotlar farqli olamni xissiy va aqliy bilish bosqichlarini uyg‘unlashgan holati kuzatiladi.
Gnoseologiya – falsafaning ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan shug‘ullanadigan sohasi. Bilish bu voqelikning inson ongidagi aynan in’ikos etish jarayonidir. Hisssiy bilish bu sezgi a’zolariga bevosita ta’sir natijasida olinadagan ma’lumotlar. Uning shakllari: sezgi, idrok, tasavvur. Aqliy bilish yoki tafakkur bu voqelikning abstraklashgan, mavhumlashgan, umumlashgan ifodasi bo‘lib, til bilan chambarchas bog‘liq. Insondagi bilish jarayonining yana bir muhim xususiyati tafakkur qilish qobiliyati, bu esa til orqali o‘zaro muloqotda yuzaga keladi. Inson ichki tuyg‘u intuitsiyalar yordamida ham bilishi mumkin. SHunday ekan inson olamni o‘zining ongli faoliyati tufayli boshqa tirik mavjudotlardan farqli mukammal biladi va olgan ma’lumotlarini bilim sifatida to‘playdi.
Baholash tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |