5. Mavzu : Ishlanayotgan detal yuzasining notekisligi. Reja. Detallarni yig‘ish. Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi



Download 150 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi150 Kb.
#271541

5. Mavzu : Ishlanayotgan detal yuzasining notekisligi.

Reja.

1. Detallarni yig‘ish.

2. Ishlov berilgan sirtning g‘adir-budurligi.

3. Ishlov berish turi.

Detallarni yirik seriyalab va ko‘plab ishlab chiqarishda, ularni qo‘shimcha ravishda to‘g‘rilamasdan buyumlar va ularning qismlarini yig‘ishga imkon yaratish uchun detallar o‘lchamlar va shakli jihatdan bir-biridan farq qilishi kerak. Buning uchun

detal va qismlar tayyorlashda GOST 6449—76 “Yog‘ochdan va yog‘ochli materiallardan yasalgan buyumlar. Qo‘yimlar va o‘tqazishlar”da bayon etilgan normativ qo‘yimlarga qat‘iy rioya qilinadi.

Detallar, buyumlar va ularning tarkibiy qismlarining o‘lchamlari hamda shakli chizmadan aniqlanadi. Detallarni yig‘ish vaqtida bir detal ikkinchi detalga kirsa, u holda tutashtirilgan qismlarning o‘lchamlari tutashuvchi o‘lchamlar deb ataladi.

Masalan, detallarni turum orqali biriktirishda turumning oichami bilan turum kirgiziladigan teshikning o‘lchami tutashuvchi o‘lchamlar bo‘ladi. Detallarning tutashmaydigan o‘lchamlari erkin o‘lcham deb ataladi. Bevosita o‘lchash yo‘li bilan olingan o‘lchamlar haqiqiy o‘lcham deyiladi. Yo‘l qo‘yilgan chegaradagi

ikkita o‘lcham chekli o‘lcham deyiladi; haqiqiy o‘lcham yo‘l qo‘yilgan shu o‘lchamlar oralig‘ida bo‘ladi (haqiqiy o‘lcham chekli o‘lchamga mos kelishi mumkin). Chekli oichamlarga nisbatan aniqlanadigan o‘lcham nominal o‘lcham deb ataladi. Nominal o‘lcham hisobiy chetga chiqishlarning boshlanishi bo‘Iib ham xizmat qiladi. Haqiqiy, chekli o‘lcham va boshqa o‘lchamlar hamda tegishli nominal o‘lcham orasidagi chetga chiqishlar ham aniqlanadi. Qo‘yim — eng katta va eng kichik chekli o‘lcham orasidagi farqdir.

Masalan, detaining nominal yo‘g‘onligi 15 mm va chekli chetga chiqishi ±0,2 mm bo‘lsa, u holda eng katta chekli o‘lchami (eng katta yo‘g‘onligi) 15 -4- 0,2 = 15,2 mm, eng kichik chekli oidchami (eng kichik yo‘g‘onligi) esa 15 — 0,2=14,8 mm bo‘lishi mumkin. Bu misolda qo‘yim 15,2 —14,8 = 0,4 mm. Detallar yig‘ish vaqtida qo‘zg‘aluvchan (tirqish qoldirib o‘tqazish) yoki qo‘zg‘almas qilib (tarang o‘tqazish) biriktiriladi.

Qo‘zg‘aluvchan qilib biriktirilgan detallar bir-biriga nisbatan ma‘lum darajada suriladi. Qo‘yim va o‘tqazishlar tizimida sirtqi (qamraluvchi) unsurlar uchun «val» atamasi, detallarning ichki (qamrovchi) unsurlari uchun esa «teshik» atamasi ishlatiladi. Agar teshikning o‘lchami valning o‘lchamidan katta bo‘lsa, ularning devorlari orasida tirqish paydo bo‘ladi, valning o‘lchami teshikning o‘lchamidan katta bo‘lganida esa ular orasida taranglik hosil bo‘ladi. O‘tqazish deganda, detallarni biriktirish xarakteri tushuniladi, biriktirish joyi hosil bo‘lgan tirqish yoki taranglikning kattaligi bilan belgilanadi. Biriktirilgan teshik va val qo‘yimlarining yig‘indisi o‘tqazish qo‘yimi hisoblanadi.

H am tirqish, ham taranglik hosil boiishi mumkin bo‘lgan o‘tqazish oraliq o‘tqazish deb ataladi (bunda teshik va valning qo‘yimlar maydoni qisman yoki to‘la berkitiladi). Buyumlarni konstruksiyalashda, ularni unifikatsiyalash va ishbopligini oshirish maqsadida, o‘tqazishlar sonini asosli ravishda cheklash kerak. Yog‘och buyumlarni konstruksiyalashda qo‘yimlarni hisoblab topish uchun GOST 6449—76 da to‘qqizta kvalitet ko‘zda tutilgan (10, 11, ... , 18). Tutashtiruvchi o‘lchamlar

kvalitetini o‘tqazishlar hisobi bilan bir vaqtda tanlash kerak; bu hisob o‘tqazish qo‘yimlari (tirqish qoldirib o‘tqazish va tarang o‘tqazish qo‘yimlari)ning talab qilinadigan qiymatlariga asoslanib chiqariladi.

Y og‘ochning eng puxta ishlov berilgan sirtida ham g‘adir budurliklar bo‘ladi. G‘adir-budurliklarning kattaligi va xarakteri yog‘ochning tuzilishiga hamda kesish asbobining ishlov berish sifatiga bog‘liq. Yog‘och sirtining g‘adir-budurligi GOST 7016— 75 ga muvofiq bo‘lishi lozim. G‘adir-budurlik notekisliklarning maksimal balandligi Rzmax (notekislikning cho‘qqisidan botiq joyigacha bo‘lgan masofa) o‘rtacha arifmetik kattalik bilan xarakterlanadi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:


Bunda, NmaxhNmax1, ..., Nmax2/n — maksimal notekisliklar kattaligi; p — o‘lchangan notekisliklar soni. 1-jadvalda Rzmax kattalikning 1 — 12 — klasslarga mos keladigan son qiymatlari berilgan.

Tegishli usullar va ishlov berish rejimlaridan foydalanib, yog‘ochga yaxshi asbobda ishlov berib, quyidagi g‘adir-budurlik qiymatlariga mos keladigan sirtlar hosil qilish mumkin:

Ishlov berish turi RZmax mkm

Yog‘ochni uzunasiga arralash:

oddiy arra bilan ..................................200 ... 800

randalash ............................................60 ... 100

Ko‘ndalangiga arralash:

oddiy arra bilan ..............................200 ... 800

randalash ........................................100 ... 200

Shpon (payraha) kesish ..................100 ... 320

Sirtlarni frezalash .............................32 ... 320

Turum qirqish va teshik o‘yish .......60 ... 320

Jilvirlash ..........................................16 ... 100

Qiymati Rimax=60 mkm gacha bo‘lgan g‘adir-budurliklar ТСП-4 asbobi yordamida. qiymati 60 mkm dan kam bo‘lgan g‘adir-budurliklar esa МИС-11 mikroskopi yordamida olchanadi. lshlab chiqarish sharoitida yog‘och sirtining g‘adir-budurligi, ko‘pincha, ishlov berilgan sirtni namuna etalonlar sirtiga taqqoslab ko‘rib tekshiriladi. Namuna etalonlari qanday tur yog‘ochdan tayyorlangan va sirtiga qanday ishlov berilgan bo‘lsa, detallar ham shunday bo‘lishi lozim. Sirtning to‘lqinsimonligi va sertukligi esa ko‘z bilan chamalab tekshiriladi.


TEKSHIRUV UCHUN SAVOLLAR:
1. Burchakalarni kesish qanday amalga oshiriladi ?

2. Ishlov berishning necha xil turi bor ?



3. Sirtning to‘lqinsimonligi qanday tekshiriladi ?
Download 150 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish