Faoliyat turlari
O`yin-maktabgacha yoshdagi bolalar faoliyatining asosiy turi, unga xorovodlar, syujetli-rolli qo`shiqlar, qiymil o`yinlar kirishi mumkin.
Musiqiy-sensor qobiliyatlarni rivojlantiradigan musiqiy-didaktik o`yinlar o`z oldiga ta`lim berish ko`rsatilgan.
Musiqiy mustaqil faoliyat bolalarning o`z qiziqishi bilan o`yinning borishi bo`lib, ularning hayotini qiziqarli mazmuni bilan to`liqtiradi.
Bayramlar bilan o`yin-zavqlar qatoriga tarbiyachilarning ijodiy initsiativasi bilan bolalarning munosabati sharoitida musiqiy estetik tarbiyaning vazifalarini echadigan badiiy musiqaning ko`pchilik turlari bilan janrlari kiradi.
Musiqani bolaning kundalik hayotiga kiritishda shu vazifalarni echishda xizmat kiladi.
Ertalabki mashq vaqtida, sayrga chiqqanda, mehnat qilganda, ona tili haqida, tabiat bilan tanishtirishda musiqa bilan birga yuradi.
Musiqaviy darslar bolalarni tarbiyalashning, o`qitishning asosiy shakli. U maktab yoshigacha bolalarning yosh xususiyatlariga qarab ishlab chiqilgan dastur talablariga asoslangan.
Yosh tonlar.
1 yoshdagi bolalar uchun. Bunda ishchi dastur bo`yicha dars o`tiladi, ularda bolalarning emotsional qobiliyatligi shaxs bo`lib rivojlanib, ularning musikaviy faoliyatiga bunday keyin qatnashishlari uchun shartlar yaratiladi.
2 yoshdagi bolalar uchun maktab yoshigacha bolalarning quyidagi guruhida musiqiy tarbiya berish dasturiga musiqa tinglash, kattalarga qo`shilib qo`shiq aytiщ, musiqaga mos qimirlashlar qilib , bolaning musiqadan oladigan ta`sirlariga asoslangan eng oddiy talablar kiritilgan.
3-7 yoshdagi. Bu guruhdagi darslarda bolalarni o`qitish rejalari tuzilishi tomonidan bir xil.
1.Musiqiy tarbiyaning vazifalari
2.Musiqiy faoliyatning yakka turlari : musiqa tinlash, qo`shiq aytish, bolalarning musiqiy asboblarida musiqiy qiymil harakatlarni keltirish va o`ynash (tayyorlov guruhlarida va ko`pincha katta guruhlardagi bolalar uchun) haqidagi dasturlar.
3.Musiqiy faoliyatning barcha turlari bo`yicha (1 yoshdagilardan boshqa) repertuar har faslga bo`lingan. Yoshiga qarab bo`lingan va guruhdagi bolalarga musiqiy tarbiya berish vazifalari murakkablashtirib berilgan.
Agar bolalarning yoshiga qarab musiqiy tarbiyaga qo`yiladigan vazifalarni taqqoslaydigan, unda quyidagilarna atab o`tishga bo`ladi.
Bolalarning yoshiga qarab bo`lingan guruhlarda yuritiladigan ishning barchasida bir xil vazifalar echiladi, ular murakkablashib boradi, shu orqali maktab yoshigacha bolalarni musiqiy tarbiyalash bilan takomillashtirishdagi dars ta`minlanadi.
Musiqiy faoliyatning asosiy turlaridan biri musiqa tinglash, qo`shiq aytish, musiqiy navolar qiymil qo`shiq, o`yin ijodiyoti elementlarini bolalarning musiqiy asboblarida o`ynashni joriy qilish hisobidan kengaytiriladi, shunday qilib bolalarga musiqiy ta`lim elementlarini o`rgatishga imkon beradi.
Musiqiy tarbiya bilan ta`lim berish vazifalari o`qish davomida hal qilinadi. Bolalarga musiqa to`g`risida aytib beriladi, asarning shakliga, bir-biridan ajralib turadigan qismlari bilan frazalariga ko`ngil bo`linadi.
Bolalar ayrim tushunchalarni, masalan «musiqiy kirish», boshlama va naqorat «musiqiy fraza» va h. tushunchalarni yodlab oladi.
Asosiy vazifa musiqani, qo`shiqni qimirlashlarni va asboblarni o`ynashni o`zlashtirish sohasidagi harakatlarni o`rganish. Agar bolalar topshiriqning ma`nosini yaxshi tushunsa, uni oson bajaradi. Masalan : ta`sirchan chiqishi uchun Alla qo`shig`ini tovushni qattiq chiqarmasdan oshiqmay aytgan to`g`ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |