Sonlarning otlashishi
Gapda otning so’rog‘iga javob bo’ladigan va ot kabi ko’plik, egalik, kelishik shakllarida kela oladigan son otlashgan son hisoblanadi: Bеshga, uchni, ikkimiz, ikkinchilar. Otlashgan sonlar xuddi otlar kabi ega, ot–kesim, to’ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi va hol vazifalarini bajaradi: Besh –o‘nning yarmi. Beshni uchga qo’shsa, sakkiz bo’ladi. Imtihonlar yibirmanchida bo’ladi.
Sonlarning tuzilish jihatdan turlari
Sonlar tuzilish jihatdan quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Sodda sonlar bir o‘zakdan iborat bo’ladi: bir, uch.
2. Qo’shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning birga yozilishidan tuziladi: o‘n uch, bir yuzo‘n sakkiz.
3. Juft sonlar ikkita turli o‘zakning juftlashishidan tuziladi: bеsh-olti, yеtti-sakkiz, o‘n bеsh-o’n olti.
4. Takroriy sonlar bir o‘zakning takrorlanishidan tuziladi: ikki-ikki, to’rtta-to’rtta,o‘nta-o’nta.
Juft va takroriy sonlar chiziqcha bilan yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |