5-маъруза
Quduqlarni ishlatishda tuz yotqiziqlari hosil bo‘lishi
Tuz yotqiziqlari-qatlamda, quduqda, quvur uzatmalarida va neft tayyorlash uskunasi jihozlarida suv harakatining deyarli butun yo’nalishi davomida hosil bo‘lishi mumkin.
Asosan tuz yotqiziqlari kontur ichra suv bostirishda hamda chuchuk suvlar bilan suv bostirishda kuzatiladi, chunki haydalgan suv qoldiq suvlar bilan tutashganda sulfatlarga to‘yinishi va minerallarning erishi kuzatiladi:
a) turli xil gorizontlardan yoki qatlamchalardan quduqqa kelayotgan suvlarning kimyoviy nomutanosibligi.
b) termodinamik sharoitning o‘zgarishida suv-tuzli tizimning o‘ta to‘yinishi.
Tuz yotqiziqlari neft qazib olish sur’atining pasayishiga, quduq ishida ta’mirlash aro davrlarining qisqarishiga olib keladi. Tuzlarning asosiy komponentlari bo‘lib, gips yoki kalsiy karbonatlari va magniy karbonatlari hisoblanadi. Uning tarkibiga shu bilan birgalikda kremniy dioksidi, temirning oksidli birikmalari, organik jinslar (parafin, asfaltenlar, mumlar) va hokozolar kiradi.
Cho‘kindilar zich yoki bo‘shoq bo‘lishi mumkin, metall bilan tutashmasining mustahkamligi qatlam chuqurligiga qarab ortadi.
Yotqiziqlar tarkibining va tuzilishining har xilligi ularga qarshi kurashda har bir konda xususiy yondoshishni talab etadi.
Tuz yotqiziqlari bilan kurashish
Tuz yotqiziqlari bilan kurashishning hamma usulini ikki guruhga bo‘lish mumkin; tuz cho‘kib qolishini bartaraf etish usuli va utz yotqiziqlarini olib tashlash usuli.
Tuzlarni quduqlarda cho‘kib qolishini bartaraf etishda ko‘proq qabul qilingan usul kimyoviy reagentlarni qo‘llash usulidir. Bu reagentlar qazib oluvchi quduqlarning quvur orti bo‘shlig‘iga va qatlamga bosim ostida davriy haydaladi. Ko‘proq samarali deb polifosfatlar, organik fosfatlar, sulfokislota tuzlari, aril sulfonatlar, natriy tripolifosfati va ammofos samarali reagentlar hisoblanadi. SFM-13, DPF-1, inkredol-1, fosfonol, SNPX-5301 asosidagi ingibatorlarning 20 gr/m3 miqdori tuz yotqiziqlarini to‘liq bartaraf etiladi.
Tuz yotqiziqlari kimyoviy reagentlar yordamida olib tashlanadi yoki burg‘i bilan burg‘ilanadi.
Olib tashlashning kimyoviy usulida, gips cho‘kindisini suvda eruvchi natriy (kaliy) sulfat tuziga yoki karbonat cho‘kindisini kalsiy gidrooksidiga aylantiriladi, bularni xlorid kislotali eritma yordamida eritib suv bilan yuviladi. O‘zgartiruvchi regayegentlar sifatida natriy yoki kaliy karbonati va bikarbonati, shuningdek ishqorli materiallarning gidrooksidi samarali qo‘llaniladi. Reagent yotqiziqlar oralig‘iga kiritiladi va bosim ostida davriy haydaladi yoki uzilmas sirkulasiyasi amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |