Yig‘ma asoslarni montaj qilish texnologiyasi
Ishlarni boshlashdan oldin xonani har hil qurilish qoldiqlardan tozalab, bug‘dan himoyalovchi qatlam to‘shaladi. Agar aro yopma betonli bo‘lsa bug‘dan himoyalovchi qatlam sifatida qalinligi 200 mkm li polietilen plenka, yog‘och asoslarga bitumlangan yoki parafinlangan qog‘oz qo‘llaniladi. Polietilen plyonkani beton asosga yonma-yon solingan qatorlarini 200 mm mingashtirib to‘shaladi. Plyonkaning cheti devor yonida yig‘ma asos ustiga chiqarilib to‘shaladi. Bitumlangan, parafinlangan qog‘ozlarni devor yonidan chiqarmay to‘shaladi.
Santexnika xonalarida polni gidroizolyasiya qilish kerak. Gidroizolyasiya rulonli va qorishma ko‘rinishidagi materiallar bilan bajariladi. So‘ngra xona devorining perimetri bo‘ylab qirra tasmasi o‘rnatiladi. Qirra tasmasi eni 100 mm li yarim qattiq mineral paxtali plitalardan qalinligi 8-10 mm qilib tayyorlanadi. Uning vazifasi to‘sib turuvchi konstruksiya va pol to‘shamasi orasida qat’iy tutashish hosil qilmay zarb shovqinini qo‘shni xonaga o‘tkazmaslik.
Bug‘dan himoyalovchi qatlam ustiga metall profillardan pol to‘sinlar yotqiziladi. Ular nivelir yoki suvli sath o‘lchagich yordamida tekis o‘rnatilib, qorishma bilan qotiriladi. Pol to‘sinlar orasidagi masofa tekislovchi reyka uzunligiga teng bo‘lishi va 2,5 m dan uzun bo‘lmasligi kerak. Kirish tomonining qarama-qarshi tomonidan boshlab, to‘sinlar orasiga sepmani solib, tekislagich reyka yordamida tekislanadi. Sepmaning qalinligi 50 mm dan ko‘p bo‘lganda va to‘sib turuvchi konstruksiyalarga tutashish joylarida sepma zichlashtiriladi. Tovush va issiqlik izolyasiyasi vazifasini bajvruvchi tekislovchi qatlamning maqbul qalinligi 25-40 mm ni tashkil qiladi. Sepma tekislanganidan so‘ng pol to‘sinlar chiqarib olinadi, hosil bo‘lgan egatlar sepma bilan to‘ldiriladi.
Yig‘ma pol asoslari ishlar boshlanishidan bir necha kun oldin keltirilib, qurilish maydoni iqlim sharoitlariga moslashtirilishi kerak (5.2-rasm).
5.2-rasm.
Pol ostiga tekistlovchi qatlam sifatida quruq to‘kma qilinadigan konstruksiya.
Bugungi kunda gipstolali qoplamalardan yig‘ma asoslar terishning ikki usuli qo‘llaniladi. Birinchi usul – sepmaning yuzasini saqlash maqsadida to‘shash eshikli devordan o‘ngdan chapga qarab teriladi.
Ikkinchi usul – to‘shash kirishning qarama-qarshi tomonidan o‘ngdan chapga va o‘ziga qarab amalga oshiriladi. Bu usulda sepmada “orolchalar” ko‘rinishida ishchilar yurishi uchun yo‘laklar qilinadi.
Devorga tegib turuvchi pol elementlarida tutashtirish qirralari kesib tashlanadi. Har bir yangi qator qirqilgan elementni qo‘yishdan boshlanadi, bu bo‘ylama tutashuv choklarini kamida 25 sm siljitib joylashtirish talabini amalga oshirish imkonini beradi. Elementlar zich, bo‘shliq qoldirmasdan to‘shaladi. Birinchi qator reja ip bo‘yicha o‘rnatiladi. Pol elementlarini to‘shash bilan birga qirralarga elim surtib va maxsus burama mixlar yordamida o‘zaro qotirib boriladi (5.3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |