Xatolikning birinchi tashkil etuvchisi o’lchanadigan kattalikning qiymatiga
bog’liq bo’lmaydi va u
additiv xatolik
deyiladi. Ikkinchi tashkil etuvchisi esa
o’lchanadigan kattalikning qiymatiga (o’zgarishiga) bog’liq bo’lib,
multiplikativ
xatolik
deb ataladi.
5.2 O‘lchаsh noaniqligi va uning tiplari
O‘LChASH NATIJALARINING NOANIQLIGI
O‘lchashlar noaniqligi to‘g‘risida tushuncha
XX asrning 60 yillari oxiriga kelib faoliyati o‘lchashlar va ularning
natijalarini interpretasiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan mutaxassislar orasida
o‘lchashlar noaniqligi degan yangi konsepsiya paydo bo‘ladi.
Shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan o‘lchashlar sifatini baholash tizimi
o‘lchanadigan kattalikning “chinakam qiymati” tushunchasiga asoslangan edi.
Ammo metrologiya, fan sifatida, bunday tushunchaga tayanmagan. O‘lchanadigan
kattalikning boshlang‘ich ma’lumoti sifatida uning “xaqiqiy qiymati” ishlatilgan.
Shunday qilib, kattalikni chinakam qiymatini bilmasdan, metrologlarning
ta’kidlashicha, xatolik (kattalikni chinakam qiymatidan og‘ishi yoki chetlashuvi)
qaysi yo‘l bilan - nazariymi yoki eksperimentalmi, undan qatiy nazar, qanday songa
teng bo‘ladi va bu qanchalik xaqiqatga yaqinligi - noaniq!
Etalonlar bilan bog‘lanmagan metrolog-amaliyotchilarda bunga o‘xshash
savol tug‘ilmagan. Ular uchun kattalikning chinakam (yoki haqiqiy) qiymati bo‘lib,
juda yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositasida qayta tiklangan qiymati hisoblanadi.
Shundan so’ng butunlay boshqa ma’nodagi yangi tushuncha “noaniqlik”
paydo bo‘ladi. Bu nima? Qanchalik bu tushuncha kerak va u fan sifatida
metrologiyaning holatlari bilan bog‘langan. Albatta hech qanday tushuncha
“tasodifdan” hosil bo‘lmaydi. Bunday tushunchalarni xosil bo‘lishiga ob’yektiv
sabablar “xatolik o‘zi nima? Agar u haqiqatdan og‘ish (chetlashuv) bo‘lsa, haqiqatni
o‘zi nima?” savollari ustida o‘ylashga majbur etdi. Xaqiqat sifatida o‘lchanadigan
kattalikni chinakam qiymatini, filosoflarcha, keng ma’noda bilishi kerak emas.
O‘lchanadigan kattalikning “chinakam qiymati”ni tasdiqi mavjud
bo‘lmaganligi uchun “o‘lchash xatoligi” tushunchasi kiritilgan. O‘lchash xatoligi
tushunchasi bilan yonma-yon kattalikning “noma’lum” qiymati ishlatilib, u
o‘lchanadigan kattalikning “chinakam qiymati” doirasida (chegarasida) bo‘ladi.
O‘lchash natijalarini ifodalashda uning sifatini miqdoriy baholanishi ham
berilishi kerak, bu bilan uning ishonchliligini ham baholash mumkin bo‘lsin. Busiz
o‘lchash natijalarini bir-biri bilan, me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan me’yorlar bilan
taqqoslash mumkin emas. Shuning uchun ham o‘lchash natijalarining sifat
xarakteristikalarini belgilash, yoki uni “noaniqligini” baholash va ifodalash uchun
oddiy, tushunarli va ko‘pchilik tan oladigan metodika bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: