Faol shamollatiladigan omborlarda kartoshka devorli xirmonlarda 3,5-5 m balandlikda
saqlanadi, ularda har xil navlar uchun turli rejimlar belgilash mumkin. Qatlamlardagi harorat bir
tekis bo‘lishi uchun vaqti-vaqti bilan shamollatib turiladi. Agar ombor yaxshi yopilgan bo‘lsa,
terlash bo‘lmaydi. Kartoshka idishlarda-yashik va kontenerlarda joylanib saqlanadi. Bunda harorat
+1-+2
0
C atrofida bo‘lishi sababli kurtaklarning jonlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va kartoshka
iyunning oxirigacha, ba’zida undan ham uzoq muddatgacha ham saqlash mumkin.
Karam uyumlarda, handaklarda va turli doimiy omborlarda saqlanadi. O‘zbekistonda yaxshi,
sifatli saqlanadigan karam navlari yo‘q, shuning uchun bu yerda yetishtirilgan karam navlarini
saqlash muddati cheklangan. Ertapishar navlar 3-4 hafta, kechki navlar 2-3 oydan ortiq
saqlanmaydi.
Uyum va handaklarga faqat sog‘lom, barcha yashil barglariga ega bo‘lgan karam boshlari
saqlashga joylanadi. Handakning ostiga karamning to‘kilgan barglarini yozish ma’qul. Ularga
karam ildizlari yuqoriga qaratib, shaxmat shaklida joylashtiriladi. Har bir qatorni nam tuproq bilan
to‘ldirib boriladi. Uyum va handaklarning usti 0,3-0,4 metr qalinlikda tuproq bilan ko‘miladi.
Uyum va handaklarning har biridagi haroratni uyum termometri orqali kundalik nazorat qilib
boriladi. Haroratdan nazar har oyda ikki marotaba vaqtinchalik omborlarni 1-2 yeridan ochib,
karam boshlari tekshirib boriladi.
Karamni doimiy omborlarda saqlashda ko‘pincha uni tokchalarga ildizini yuqoriga qaratib
taxlanadi. Qavatlar qanchalik enli va baland bo‘lsa, karamning saqlanishi shunchalik yomon
bo‘ladi. Shuning uchun 1 m eni bo‘lgan tokchalarga bir qator karamni joylab saqlansa u yaxshi
natija beradi. Mahsulot tokchaning yuqori qavatlarida yaxshi saqlanmaydi, chunki u yerda harorat
yuqori bo‘ladi. Agar tokchalar eni keng bo‘lsa, uni butun bo‘ylab balandligi 0,6-0,8 m, ya’ni 3-5
qavat karam boshlari taxlanadi.
Ba’zi karam boshlarni ildizlardan bog‘lab, qoziqlarda saqlanadi. Keyingi paytlarda karamni
saqlashda yashiklar bilan bir qatorda 0,3-0,7 tonnali kontenerlar ham keng qo‘llanilmoqda. Karam
boshlarni saqlash uchun qulay harorat -1-0
0
C, lekin -2 dan kam emas, havoning nisbiy namligi 90-
95 foiz.
Uyumlarda karam urug‘lik maqsadida faqat yaxshi saqlanadigan navlar joylanadi. Karam
boshlarni joylashda ildizlar ichkariga qarab joylanadi. Urug‘lik karam boshlarini saqlanayotganda
harorat 0 dan 1 gacha, havoning nisbiy namligi 90-95 foiz bo‘ladi. Oziq-ovqat maqsadida
saqlanadigan ildiz mevaliklar uchun yaxshi harorat 0,1
0
farqi 0,5 dan oshmasligi kerak. Havoning
nisbiy namligi 95 foiz atrofida. Sabzini saqlashda CO
2
miqdorini ortishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
uning miqdorini 3-5 foiz bo‘lgan ma’qul, namli qum yoki tuproq bilan aralashtirib ko‘milganda
yaxshi saqlanadi.
Sabzi, noziq ildiz mevaliklar-sholg‘om, selderey asosan handaklarda toza nam qum bilan,
dag‘al ildiz mevaliklar-lavlagi, turplar uyum va handaklarda kartoshka singari saqlanadi. Doimiy
omborlarda lavlagi va turpni hech narsa bilan aralashtirmasdan tor, 2 m xirmonlarda saqlanadi.
Xirmon balandligi lavlagi uchun 1,6-2 m, sholg‘om va turpni 0,7-1 m balandlikda, faol
shamollatiladigan doimiy omborlarda ularni qatlam balandligi 2,5-3,5 metrgacha etkazish
mumkin.
Piyoz va sarimsoqni oziq-ovqat maqsadida alohida piyoz saqlash omborlariga tokchalarda,
16-20 kg yashiklarda taxlab yoki 1,5 m balandlikdagi xirmonlarda saqlanadi. Piyoz va sarimsoq
ikki usulda-birinchisi issiq usulda harorat +18-20
0
gacha va sovuq usulda -3-1
0
C gacha saqlanadi,
havoning nisbiy namligi 60-70 foiz.
Tarvuzlarni saqlash uchun harorat +3
0
C atrofida, havoning nisbiy namligi 80-90% tavsiya
etiladi. Ularni yerga qator, quruq don, hashak va kepakka joylab 4 oyga yaqin saqlash mumkin.
Qovunlarni to‘la etilganda bandi bilan teriladi. Ba’zida biroz etilmagan mevalarni terib,
dalada 10-12 kun davomida so‘litib, yerga yondoshib yotgan joyini oftobga qaratib qo‘yiladi.
Saqlash uchun qulay harorat 0-2
0
C havoning nisbiy namligi 90% atrofida. Mevalar tokchalar,
yashiklar, yer, quruq qum va qamish yoki chiptalarga bog‘lab ilib qo‘yib saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: