5-MA’RUZA
Mavzu: Tibbiy jarayonlarning grafik va animasion modellarni yaratish
REJA:
-
3D-grafika va animatsiya
Kalit so’zlar:animatsiya, kompyuter animatsiyasi vektorli grafika, rastrli grafika, fraktal grafika, uch o’lchovli grafika, Macromedia Flash dasturi
3D-grafika va animatsiya
Animatsiya — bu, ob’ektlar, kameralar, yorug’lik manbalarini o’zaro joyini almashtirish yoki ularning ko’rsatkichlarini vaqt bo’yicha o’zgarishidir.
Kompyuter animaatsiyasi — kompyuter yordamida yaratiladigan animatsiya turi bo’lib, xuddi kompyuter grafikasi kabi ob’ektlarni yaratishning bir necha usuliga ega:
-
vektorli grafika
-
rastrli grafika
-
fraktal grafika
-
uch o’lchovli grafika (3d).
Uch o’lchovli animatsiyalar texnologiyasi bo’yicha qo’g’irchoq teatrni eslatadi: ob’ektlarning karkaslarini yaratish, material va ularning qoplamalarini aniqlash, xammasini yaxlit saxnaga biriktirish, yoritish chiroqlari va kamerani o’rnatish, keyin filmda nechta kadr bo’lishi va predmetlarning xarakatini belgilash kerak.
Uch o’lchovli fazoda ob’ektlarning xarakati traektoriyalar, asosiy kadr bo’yicha murakkab konstruktsiyalarning qismlari xarakatini bog’lab turuvchi formulalar yordamida beriladi. Kerakli harakat, yorug’lik va materiallar berilganidan so’ng vizualizatsiya jarayoni ishga tushiriladi. Ma’lum vaqtdan so’ng kompyuter barcha zarur kadrlarni hisoblab chiqadi va tayyor filmni beradi.
Kamchiligi shundan iboratki, ob’ektlarning shakli va sirtqi qismlari xaddan ortiq silliq, ularning harakati esa birmuncha mexanik ko’rinishga ega bo’ladi.
Haqqoniy uch o’lchovli tasvirlarni yaratish uchun turli usullar qo’llaniladi. "Notekis" ob’ektlarni, masalan, soch yoki tutunni yaratish uchun ob’ektni ko’plab zarralardan shakllantirish texnologiyasi qo’llaniladi. Xarakatlarni jonlantirish uchun invers kinematikasi va boshqa texnikalar kiritiladi, video, yozuv va animatsiyali effektlarni bir-biriga yotqizish uchun yangicha uslublar paydo bo’lib, saxnalar va harakatlar haqqoniyroq bo’lishini ta’minlaydi.
Animatsiya berish tamoyili bo’yicha kompyuter animatsiyasining bir necha usuli mavjud:
-
tayanch kadrlar bo’yicha animatsiya berish, ya’ni maxsus dasturlar yordamida oraliq kadrlarni joylashtirish.
-
harakatni yozish, ya’ni maxsus jixozlar yordamida real xarakatlanayotgan ob’ektlardan olingan ma’lumotlar kompyuterga yoziladi. Bunday jixozga Motion capture (xarakatni qamrab olish)n misol qilib keltirish mumkin.
-
muolaja animatsiyasi, ya’ni fizik qattiq jismlarni, suyuqlik, gaz kabi eementlarni xarakatini o’xshatish.
-
animatsiyalar konstruktori, ya’ni animatsiyali tasvirlarni yaratuvchi Adobe Photoshop, Adobe Flash Professional kabi dasturlar.
-
dasturlanuvchi animatsiya. Tarmoqda animatsiyali ob’ektlarni harakatini dasturlovchi ikkita dasturlash tili, ya’ni Java-Script — brauzerli til va Action-Script - Flash ilovasi bilan ishlovchi dasturlash tili keng qo’llaniladi. Dasturlanuvchi animatsiyaning afzalligi joriy faylning xajmini kamaytiradi.
5-ma’ruzaga doir savollar: -
Animatsiya nima?
-
Kompyuter animatsiyalarining turlarini keltiring.
-
Action-Script qaysi ilova ostida ishlaydi?
-
Ikki o’lchovli chizmalarni uch o’lchovchi ob’ektlarga o’tkazishda qanday dasturdan foydalaniladi?
http://www.multimediya.uz/e-kitob/index.php?mavzu=2
Do'stlaringiz bilan baham: |