1-2 – labarotoriya ishi mavzu



Download 2,43 Mb.
bet1/3
Sana20.06.2022
Hajmi2,43 Mb.
#680896
  1   2   3
Bog'liq
1-2-Laboratoriya


1-2 – LABAROTORIYA ISHI
Mavzu: Adobe Flash dasturida rasmlar chizish uchun asboblar panelidan foydalanish. Adobe Flashda harakat animatsiyasi. Laboratoriya ishini tayyorlash va topshirish. Adobe Flashda shakllar animatsiyasi bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Adobe Flashda asboblar paneli xususiyatlar oynasi hamda ranglar oynasi bilan tanishish. Chizish asboblari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Nazariy qism. Flashning asosiy interfeysi uning bosh saxifasida va asosiy elementi ishchi maydonidir. Ishchi maydonidan tashqarisidagi soha ishchi sohasi deyiladi. Bu soha roliklarini ishlatish vaqtida ko‘rinmaydi. Bu sohadan ish vaqtida ayrim elementlarni vaqtinchalik yashirish uchun foydalaniladi. Bulardan tashqari , Flashning menyu qatori mavjud bo‘lib, u Flash sarlavha oynasining past qismida joylashgan. Menyu satrining o‘ng tomonida joylashgan uchburchak u yerda qism menyu joylashganligini bildiradi.
Quyida Flash menyu satrining elementlari vazifasini keltirib utamiz.
• File (fayl) – fayllar bilan ishlash, hosil qilish, ochish va filmlarni saqlash, filmlarni shablon sifatida saqlash, filmlarni oxirgi saqlangan variantiga qaytish, ovozli fayllarni va grafiklarni inport qilish, pechat va tayyorlashlarning parametrlari, pechat va wyeb saxifaga tayyorlash.
• Edit (tahrirlash) – filmlarni tahrirlash, filmlarni ko‘rish va masshtabi bajarilgan ishni bekor qilish va qaytish , belgilarni tahrirlash, izlash va almashtirish, tahrirlashni individual ravishda o‘rnatish.
• View (ko‘rinishi) – tahrirlashning ichki ko‘rinishini boshqarish : filmni kursatish tartibi va masshtabi yo‘naltiruvini ko‘rsatish, tur va koordinatali chizg‘ich ; turga ob’yektlarni bog‘lash, turni ko‘rsatish konturlarini belgilash.
• Insert (qo‘yish) – belgilarni qo‘yish va xosil qilish, qobiq (sloy), kadrlar va ssena, vaqtinchalik chizg‘ich effektlarini qo‘llash.
• Modify (o‘zgartirish) – film parametrlarini boshqarish (ssena xajmi, kadrlar chastotasi, fun rangi va x.k) , qobiq parametrlarini boshqarish, transformatsiya ob’yektlarini tug‘rilash va guruhlash ; ob’yekt tartibini o‘zgartirish; kontur va kadrlarni akslantirish, vaqtinchalik chizg‘ich effektlarini tahrirlash, rastorli tasvirlarni trassirofkalash va rastorli quyiщni hosil kilish, konturda matnlarni hosil qilish, belgilarni bo‘lish.
• Text (matn) matnlar bilan ishlash: belgilarni va abzatslarni shakllantirish, xatolarni tekshirish.
• Commands (buyruqlar) – History oynasidagi saqlangan buyruqlarni bajarish, (pratakol) buyruqlarni uchirish va almashtirish, Flash Exchage buyruqlarini boshqa saytdan olish.
• Control (boshqarish) – namoyish etish, testlash va filmlarni qayta ishlash.
• Windows (oyna) – panellarni ochish, xar xil filmlar bilan bir vaqtning uzida ishlash yoki bitta film bilan xar xil oynalarda ishlash, ekranda oynalarni joylashtirish.
• Help (ma’lumot) – Flashdan foydalanish ma’lumotnomasini chaqirish, Action Script tili buyicha lug‘atni chaqirish, Flash asosi buyicha interaktiv darslarini va masalalarini chaqirish.
Contakt menyusi – bu sichqonchaning o‘ng tugmachasini bosgandan so‘ng xosil bo‘ladi. Undan foydalanish qulay va osondir.
Ekranning asosiy qismini xujjat oynasi egallaydi. Uning ko‘rinishi vaqtinchalik chizg‘ich va ssenali ishchi saxifasidan iborat. Bundan tashqari xujjat oynasida ochilgan fayllarni kursatib turuvchi sarlavha qatori ham mavjud. Oynanning ko‘rinishini boshqaruvchi tugmacha yuqorichap burchakda joylashgan.
Vaqtinchalik chizg‘ich yordamida film davomiyligi, filmni kursatish vaqtida xar bir kadrlarni ko‘rinish vaqti, shuningdek xar xil ob’yektlarning hayot davri aniklanadi. Uning chap tomonida qobiqlar paneli joylashgan bulib, ular yordamida ob’yektlarni xar xil qobiqga joylashtarish va ularni ko‘rinishini va tahrirlash tartibini boshqarish mumkin.
Uskunalar paneli ikkita bo‘lib ular: asosiy va boshqaruvchilarga bo‘linadi. Ularni Window Toolbars menyusi orqali chaqirish mumkin. Asosiy panel ob’yektlar va fayllar ishlashini boshqaradi, boshqaruvchi panel esa filmlarni ko‘rish uchun ko‘llaniladi.
Uskunalar palitrasi orqali konturlar chizish mumkin va ularni tanlash mumkin, birinchi joydan ikkinchi joyga utkazish mumkin va x.k.
Uskunalar palitrasi bir nechta qismlarga ajratilgan: Tools (uskunalar) bu uskuna orqali ob’yektlar xosil qilinadi va taxrirlanadi; View (ko‘rinish) bo‘limida ikkita uskuna joylashgan bo‘lib, ular yordamida rasmlarni ko‘rish kattaligi va rasmlarni kuchirish uchun foydalanish mumkin. Colors (ranglar) uskunasi yordamida konturlarning ranglari yoki ularning ichini boshqa ranga bo‘yash mumkin. Options (parametrlar) – modifikator tugmachalarini xosil kiladi.
Flash grafik taxrirlagichi vektorli grafika bilan ishlaydi. Rastrli grafika rangli kvadratchalardan tashkil topgan. Kompyuter hamma kvadratlarining rangini ma’lum tartibda saqlaydi. Shuning uchun rastrli tasvir xotirada ko‘p joyni egallaydi. Rastrli grafika bilan ishlash ko‘p qiyinchiliklar tug‘diradi.
Vektorli taxrirlagichlarda tasvirlar geometrik figuralarni tashkil etuvchi matematik formulalardan iborat bo‘ladi. Ob’yektlarni proporsional ravishda o‘zgartirishda uning faqat mashtab koyeffitsiyenti o‘zgartirilib, tasvirning ko‘rinishiga ta’sir yetmaydi.
Ob’yektlar va konturlar. Grafik tasvirni xosil qilish protsessi ob’yekt tushunchasini beradi. Ob’yekt bu tasvirlashning kandaydir elementi. Flashda ob’yektlarning uch xil turi mavjud: konturli, matnli blok va import kilingan rastrli tasvir.
Kontur – bu taxrirlanuvchi geometrik figura yoki chiziqdir. Ixtiyoriy kontur bir kancha tayanch nuqtalardan tashkil topgan, ya’ni birlashtirilgan tugri chiziqlar yoki yegri chiziqlardan – sigmentlardan iboratdir.Yangi filmlarni xosil qilishimiz uchun Create New – Flash Document (yangi Flash xujjatini xosil qilish)ni boshlangich saxifadan ochamiz. Agar boshlangich saxifa ajratilgan bulsa, u xolda File New (fayl yangi)ni menyudan bajaramiz.
Flash xujjatlarini standart xajmli 550 * 400 pikselli saxna bilan boshlashimiz mumkin. Agar xujjatning bu parametrlari kanoatlantirmasa uni biz o‘zgartirishimiz mumkin. Buning uchun Modify Document (o‘zgartirish xujjat) buyrugi bilan amalga oshirishimiz mumkin.
Film xosil qilishgach ekranda xujjat oynasi saxna bilan xosil bo‘ladi.
Hujjatdagi rasmlarni yetarlicha aniklikda bajariщ uchun turlardan foydalaniladi. Turni qo‘yish uchun View – Grid – Show Grid (ko‘rinish – tur – turni kursat) buyrugi orqali amalga oshirish mumkin.
Flashda grafiklar bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Boshqa grafiklar bilan ishlovchi taxrirlovchilarda grafiklar uzining butunligini saqlaydi. Flashda yesa bir xil rangdagi tasvirlar birdashtiriladi. Agar figuradan boshqa rangdagi chiziq utkazilsa, bu figuralarni ikkiga ajratib tashlaydi. Animatsiyalarni hosil qilishda ob’yektlar xar xil qobiqlarga joylashtiriladi. Bundan tashqari ovozlarni ham boshqa qobiqga joylashtirgan ma’qul.
Qobiqlar bilan ishlashda qobiqlar panelidan foydalaniladi. Har qanday qobiqni o‘zgarmas qilib qo‘yish boshqa qobiqlardagi tasvirlar bilan ishlashni yengillashtiradi. Buning uchun qobiqlar panelidagi o‘ngdagi nuqta urniga «sichqoncha» kursatgichi orqali qulf rasmini o‘rnatish kifoya.
Flashda bir vaqtning o‘zida bir kancha filmlar bilan ishlash mumkin. Bu vaqtda xar kaysi film uzining oynasida joylashgan bo‘ladi. Filmlar bilan ishlash faol oynada amalga oshiriladi. Ishlash qulay bo‘lishi uchun oynalarni ixtiyoriy tartibda joylashtirish mumkin. Bu amalni Windows (oyna) menyusidagi guruxlar orqali amalga oshiramiz :
• Cascade (ustma ust) oynalar ustma ust joylashgan bo‘ladi.
• Tile (plitka) – oynalar birbirining yonida joylashadi.
Vektorli grafikada chiziqlarni chizishda bezы yegri chiziqlaridan foydalaniladi. Tugri chiziqni chizishda boshlangich va oxirgi nuqtalar kursatiladi va dastur chiziqni uzi chizadi. Bez yegri chiziqlarini ham chizishda urinma yo‘nalishi va yegri chiziqning radiusi beriladi.
Oddiy geometrik figuralarni chizish uchun Flashda maxsus uskunalardan foydalaniladi: Line (tugri chiziq), Rectangle (tugri turtburchak) va Oval (yellips). Konturlarni tahrirlash uchun Flashda qulay usul yaratilgan, uning uchun yaratilgan konturga «sichqoncha» klavishi orqali amalga oshirish mumkin. Konturning tayanch nuqtalarini ko‘rish mumkin. Bu tayanch nuqtalarini siljitish orqali kontur shaklini o‘zgartirish mumkin. Ajratilgan tayanch nuqtalarini Subselect uskunasi orqali amalga oshirish mumkin. Tayanch nuqtalarini joyidan kuchirganda boshqa tayanch nuqtalari paydo bo‘lishi mumkin.Kontur shaklini o‘zgartirish o‘nga yangi tayanch nuqtalarini kushish yoki ularni uchirib tashlash orqali ham amalga oshiriladi. Flashda kupincha ko‘plab tayanch nuqtalarini paydo bo‘lishi shaklni o‘zgartirish uchun xalakit beradi. Bunday xollarda tayanch nuqtalarini kushish yoki uchirib tashlash juda kul keladi.

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish