Temir yo‘l transporti texnika jihozlari asosiy elementlariga yo‘l qurilmalari
poezd harakatini tartibga solish va uni ekspluatatsiya qilish ishlarini boshqaruvchi
xavfsizligi talablariga qat’iy rioya qilish shartdir. Harakat xavfsizligi talablariga
binoan, temir yo‘llardagi ko‘prik va tunnellarni, yuk va passajir platformalarini
qurishda ularning temir yo‘l izlariga yaqinlashish oraliqlariga alohida talab
quyiladi.
SHu talabga ko‘ra asosiy temir yo‘llardagi qurilmalar balandligi 6400 mm va eni
4900 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
DSt talabiga binoan, transport vositalarning gabarit balandligi (ortilgan
yuklarni ham hisobga olganda) 4280-5300 mm va eni 3150-3600 mm etib
belgilangan. Bunday belgilash harakat xavfsizligini ta’minlashni ko‘zda tutadi.
Bekat (poezdlarni qabul qiluvchi va ularni o‘tkazuvchi joylar) temir yo‘llarni
ayrim peregon (ikki qo‘shni bekat yoki raz’ezd orasidagi masofa)larga ajratib
turadi. Bekatlar ayni vaqtda temir yo‘l transportdagi asosiy ishlab chiqarish
korxonalaridan biri bo‘lib, ko‘p hollarda bajarilgan ishlar sifati va hajmini
ifodalaydi.
Temir yo‘l transporti bekatlari - oraliq bekat, uchastka bekati, poezd va
vagonlarni saralash bekati, passajirlar bekat va yuk bekatiga bo‘linadi.
Oraliq bekat temir yo‘l transportidagi eng kichik bekat bo‘lib, unda asosiy
yo‘ldan tashqari 2…3 bekat izlar, kichikroq passajirlar binosi, ish hajmi va
xarakteriga ko‘ra yuk xo‘jaligi (yuk ortish-tushirish va saqlash joylari), aloqa va
signalizawiya qurilmalari bo‘ladi.
Uchastka bekatlari har 100…150 km oraliqda qurilgan bo‘lib, unda 10 dan
20 tagacha izlar, lokomotiv deposi, yonilg‘i va moylash materiallari, suv, qum va
hokazolar, shuningdek, oraliq bekatiga nisbatan xiyla rivojlangan passajirlar
binosi, yuk ortish-tushirish xo‘jaligi hamda qabul qilish va jo‘natish omborlari,
murakkab aloqa va signalizatsiya qurilmalari bo‘ladi.
Poezd
va
vagonlarni
saralash bekatlari asosan yirik shahar va sanoat markazlarida, daryo portlari
yaqinida, katta yuk oqimlari qo‘shilish va ajralish joylarida tashkil etiladi. Saralash
bekatlari asosan mazkur bekatdan o‘tuvchi ko‘pchilik poezdlarni yo‘nalishlariga
ko‘ra qaytadan tuzish bilan shug‘ullaniladi.
Passajir bekatlari yirik shaharlarda va sanoat markazlarida qurilib, asosan
yoki tamoman passajirlarga xizmat qiladi. Ularning passajirlar va ular bagajlarini
tashishga mo‘ljallangan jihozlari va inshootlari bo‘ladi.
YUk bekatlari asosan katta hajmdagi yuk ortish va tushirish ishlarini
bajaruvchi bekatlardir.
YUk bekatlari o‘z navbatida quyidagicha bo‘lishi mumkin:
yuk qabul qilishga mo‘ljallangan bekatlar - yuk ortish-tushirishga mo‘l-
jallangan bekatlar - bunday bekatlar ko‘pincha yuk o‘tkaziluvchi joylarda yoki
davlatlararo chegara joylarda tashkil qilinadi va bunday joylarda yuklar bir
transportdan ikkinchisiga o‘tkaziladi;
yuk jo‘natish va qabul qilishga mo‘ljallangan bekatlar - bunday bekatlardagi
jo‘natiluvchi va qabul qilinuvchi yuklar miqdori taxminan teng bo‘ladi.
Yirik temir yo‘l uzellaridagi yuk bekatlari alohida yuk turlarini: tosh
(shag‘al) ko‘mir, yog‘och, don, qurilish materiallari, taralangan yuklar,
konteynerlar va hokazolarnigina qabul qilish va jo‘natishga ixtisoslashtirilgan
bo‘ladi.
YUqorida sanab o‘tilgan bekatlardan tashqari ayrim texnika xizmatlarini
amalga oshirish uchun raz’ezdlar tashkil etiladi. Raz’ezdlar asosan bir izli yo‘llarda
qarama-qarshi yo‘nalishlarda harakatlanuvchi va tez qatnovchi poezdlarni o‘tkazib
yuborish uchun tashkil qilinadi.
Temir yo‘l transportidagi transport vositalariga lokomotivlar, vagonlar va
o‘zi yurar motor-vagonlar kiradi.
Lokomotivlar temir yo‘l transportning asosiy
faol birligi bo‘lib, vagonlarni harakatlantirish uchun xizmat qiladi. Lokomotivlar
ish bajarish bo‘yicha passajir yoki yuk tashishga ixtisoslashgan bo‘ladi. YUk
tashishga ixtisoslashgan lokomotivlar katta ortish dinamikasiga va passajir
poezdlarini tortuvchi lokomotivlar esa katta harakat tezligiga ega bo‘lishi kerak.
Motorli vagonlar asosan elektrichka-vagonlar bo‘lib, qisqa masofalarda
passajirlar tashishda ishlatiladi.
YUk tashishda yopiq vagonlar, yarim yopiq vagonlar, platforma yoki past
bortli vagonlar, sisternalar va izotermik vagonlardan foydalaniladi.
Passajirlar tashuvchi vagonlar saroyiga yumshoq vagonlar, kupe vagonlar,
o‘tirib ketishga mo‘ljallangan vagonlar hamda restoran, pochta va bagaj vagonlari
kiradi. Bulardan tashqari vagon saroylarida maxsus vagonlar ham bor.
Kupeyli vagon
Kupeysiz vagon
Vagon-restoran
Yirik temir yo‘l bekati
Temir yo‘l transporti asosiy texnika jihozlariga elektr ta’minoti xo‘jaliklari,
kontakt simli tarmoqlar va elektr ta’minoti podstansiyalari ham kiradi.
Temir yo‘l transporti harakatini tartibga solish va ekspluatatsiya ishlarini
boshqarishni tashkil etishga mo‘ljalangan kompleks avtomatika, telemexanika,
elektronika va aloqa qurilmalari ham transport texnika jihozlari jumlasiga kiradi.
Bunday texnika jihozlari yordamida yo‘ldagi blokirovka jihozlari, temir yo‘l va
avtomobil yo‘llari kesishgan joylardagi shlagbaumlar va svetoforlar tegishli
signalizatsiya bo‘yicha ishlaydilar. Bundan tashqari bekatlardagi strelka va boshqa
signalizatsiyalar markazdan turib avtomatika yordamida ishlatiladi va bu markaziy
dispetcherlik tizimi (MDT) deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: