3. Temir yo‘l transportini rivojlantirish muammolari
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini yanada rivojlantirish
muammolariga quyidagilar kiradi:
a) mavjud yo‘llarning o‘tkazuvchanlik va ko‘taruvganlik qobiliyatini
oshirish. Bu masalani hal etishda asosiy magistral temir yo‘llarni elektr tortish
kuchiga o‘tkazish alohida ahamiyat kasb etadi. YAqin 10 yil ichida temir
yo‘llarning ma’lum qismini elektr quvvati tortish kuchiga o‘tkazish katta
miqdorda dizel yonilg‘isini tejab qolish bilan birga mavjud temir yo‘llar
o‘tkazuvchanlik va ko‘taruvchanlik qobiliyatini ancha oshirish imkonini ham
beradi. Temir yo‘llar o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirishda ikkinchi temir yo‘l
izlari qurish g‘oyat muhim ahamiyatga egadir. CHunki ikki paralel bir izli temir
yo‘llarga nisbatan bitta ikki izli temir yo‘llardagi inshootlar asosiy fondlarining har
bir so‘miga to‘g‘ri keladigan tashish 2...4 marta ortiq bo‘ladi. Texnika jihatdan
rivojlangan ikki izli magistral temir yo‘llarda qatnovchi transport vositalari ish
ko‘rsatgichlari ham ancha yuqori. Masalan, ikki izli magistrallarda
harakatlanuvchi transport vositalarining uchastka tezligi bir izli temir yo‘llardagiga
nisbatan, taxminan 1,5 marta ortiq, poezd sostavlarining qobiliyati 3...4 marta
yuqori bo‘lib, bu tashish tannarxini 1,5...2,0 marta arzonlashtiradi.
Bekatlar ichi izlar poezdlar vaznini va ko‘taruvchanlik qobiliyatini
oshirishning samarali usullaridan biridir. Bunday usullarning joriy etilishi
investitsiyalar sarfini kam talab etadi va kelajakda tashish tannarxini kamaytirishni
ta’minlaydi. Bunda shuni qayd qilish lozimki, juda katta quvvat va tortish kuchiga
ega bo‘lgan lokomotivlar va katta yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega bo‘lgan
vagonlarni kelajakda xarid etishga e’tibor berilishi lozim;
b) yuk va passajir poezdlarining harakat tezligini oshirish. Harakat tezligini
oshirish hozirgi zamon transport rivojining eng muhim muammolaridan boridir.
YUk tashishda harakat tezligini oshirish poezdlar maksimal tezligini oshirishgina
bo‘lmay, balki yuklarni jo‘natuvchilar omboridan iste’molchilar omborigacha
etkazishni ham tezlashtirishdan iboratdir. SHu bilan birga yuk vagonlari oboroti
(aylanishi)ni tezlashtirish ham zarur. Bu esa mavjud yuk vagonlari bilan
qo‘shimcha yuk tashish imkonini beradi.
Og‘ir vaznli yuk poezdlari va passajir poezdlari harakat tezligini oshirish bir
qancha ilmiy-texnik muammolarni hal etishni taqozo qiladi. Katta quvvatli
lokomotivlar va tormozlash, yo‘llarni loyihalash, qurish va saqlashning yangi
me’yorlarini ishlab chiqish, harakatni boshqaruvchi rivojlangan yangi avtomatik
tizimlar vujudga keltirish shu muammolar jumlasiga kiradi.
v) murakkab va sermehnat jarayonlarni avtomatlashtirish. Avtomatik tormoz
qurilmalari, avtoblokirovka tizimi, vagonlarni avtomatik usulda ulash,
lokomotivlar avtomatik signalizatsiyasi va aloqa tizimlari, avtomatik to‘xtash
(avtostop) va boshqalar temir yo‘l transporti ish jarayonlarini avtomatlashtirish
sohalariga kiradi. Bunday uskuna va qurilmalar bir qancha ishlarni
avtomatlashtirib,
kishilarni
og‘ir qo‘l mehnatidan va ish davomida
yanglishishlardan xalos qiladi.
Muhokama va xulosalarni shakllantirish uchun savollar:
1. Temir yo‘l transporti asosiy texnika jihozlariga nimalar kiradi?
2. MDH davlatlarida temir yo‘l izlari orasidagi masofa qancha?
3. Vagonlar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Uchastka bekatlari orasidagi masofa qancha?
5. Oraliq bekatlar orasidagi masofa qancha?
6. Raz’ezdlar nima maqsadda tashkil etiladi?