Dezmolni – 0,5 % eritmasi 50-60 oS haroratli suvda tayyorlanib ishlatiladi.
YUvuvchi dezinfeksiyalovchi DPM-2 moddasi 10oS haroratli suvda eritilib foydalaniladi.
Dezinfeksiyalovchi moddalar turli idish va apparatlar yuvilgandan so‘ng ishlatiladi. Ular idishlardagi mikroblarni bartaraf etadi. Odatda dizenfeksiyalovchi moddalar sifatida gipoxlorid natriy, gipoxlorid kalsiy, xlorli ohaklardan foydalaniladi.
Jihozlarni yuvish vositalari
Jihozlarga sanitariya ishlovi berishning birinchi bosqichi yuvish hisoblanadi. Sut fermalari va sutni qayta ishlash sexlarida jihozlarni yuvish va dezinfeksiyalash 4 bosqichdan iborat.
Idish va jihozlarni sovuq yoki iliq (350Sdan yuqori bo‘lmagan) suv bilan yuvib, ularning yuzasidan sut qoldiqlari va iflosliklaridan holi qilish.
Yuvish vositalari eritmasi haroratini 50-700S qilib cho‘tka bilan iflosliklar yo‘q qilinguncha ishqalab yuvish.
Yuvish vositasi qoldiqlaridan holi bo‘lish uchun 60-700S issiq suvda chayish.
Har xil usulda dezinfeksiya qilish (idish, jihoz xili va ifloslik darajasiga qarab): quruq par, qaynoq suv, kimyoviy moddalar eritmasi (xlorli ohak, kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit, xloramin) bu vositalar harorati eritmaga mos bo‘lishi kerak.
Xlorli eritmalar bilan dezinfeksiya qilingandan keyin idish va jihozlar xlorning xidi yo‘qolmaguncha sovuq suv bilan yaxshi yuviladi. Dezinfeksiya yuvishdan keyin qolgan bakteriyalarni parchalash bilan kelgusida idish va jihozlar bakteriyalar manbai bo‘lmasligi uchun o‘tkaziladi.
Sut quvurlari va yopiq jihozlarni ichidan oqizib yuvishdan tashqari, vaqti-vaqti bilan iloji bor jihoz va qismlarni qo‘l bilan yuvish kerak (nasoslar, klapanlar, plastinkalar, trubalar va hokazo). Jihozlarni yuvish, yuvish va dezinfeksiyalovchi eritmalar tayyorlash uchun albatta vodoprovod suvidan foydalanish lozim va u davlat andozalariga javob berish kerak.
YUvish vositasi sifatida quyidagi ishqorli yuvish vositalari va ular qo‘lda hamda mexanizatsiyalashgan holda yuvish uchun konsentratsiyasi:
TMS MD – 1 – 0,7-0,8 % og‘irligi bo‘yicha
TMS «Rom – ATS – 1» - 0,6 – 0,8 % og‘irligi bo‘yicha
TMS «MSTA» - 2,0 – 3 % og‘irligi bo‘yicha
TMS «MS – 37» - 0,7 – 0,9 % og‘irligi bo‘yicha
TMS «Vityaz ALM» - 0,9 – 1,0 % og‘irligi bo‘yicha
TMS «Katril 4» - 0,9 – 1,0 % hajmi bo‘yicha
Kalsiyli soda – 2,0 – 4,0 % og‘irli bo‘yicha
Faqat mexanizatsiyalash yuvish uchun ishlatiladigan ishqorli vositalar va ularning konsentratsiyasi:
Kaustik soda (100 % li modda o‘tkazilib) – 0,8 – 1,0 %.
TMS «Steklomoy» - 0,5-0,6 % og‘irligi bo‘yicha.
TMS «Katril D» - 0,7-0,9 % hajmi bo‘yicha
TMS «Nika 2» - 1,0–1,2 % hajmi bo‘yicha
TMS «ES Promol Super» - 0,8-1,2 % hajmi bo‘yicha
TMS «PZ MIPSIP» - 0,5-0,6 % hajmi bo‘yicha
TMS «PZ MIP SENTRA» - 0,5-0,6 % hajmi bo‘yicha
Tavsiya etiladigan dezinfeksiyalovchi vositalar
- gipoxlorit natriy A, B – 150 – 200 mg aktivlikdagi Sl, S quyultirilgan suyuqlik (0,1-0,11%) 150-170 g 1 litrga);
- neytral anolit «ANK» - 130-160 mg aktiv Clda 1 lda bo‘lib «Stel – 60-03» qurilmasida olingan;
- xloramin B (kukun), (0,1-0,11 %) og‘irligi bo‘yicha – 1 l da 150-200 mg aktiv Cl bor;
- «SeptAbik» (kukun) – 0,25-0,05% og‘irligi bo‘yicha;
- «Sanefekt - 128», - 0,1-0,2% og‘irligi bo‘yicha;
- «PZ – Oksaniya Aktiv», - 1,0 – 2,0% hajmi bo‘yicha.
YUvuvchi vositalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: Ular sut oqsili va erimaydigan kalsiyli tuzlarni yuvib ketishi, yog‘ni suyultirishi va zaharli bo‘lmasligi hamda idishlarning korroziya qilmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |