5-ma’ruza. Loyihalash jarayoni va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar.
Turar - joy binolarining asosiy elementlari.
Loyiha tashkilotlari loyiha tuzishni topshiradigan buyurtmachi tashkilotdan
topshiriq olib, bino loyihalarini tayyorlaydi. Loyiha ikki bosqichda bajariladi: 1)
topshiriq loyihasi; 2) ish chizmasi. Ayrim hollarda texnik loyiha ham chiziladi.
Topshiriq loyihasiga (bunda loyiha eskiz ko‘rinishda chiziladi) quyidagi
materiallar kiradi:
sxema tarzida ko‘rsatilgan bino qavatlari;
binoning sxema tarzida ko‘rsatilgan kesimi;
binoning old tomondan ko‘rinishi (fasadi);
uchastka bosh rejasi (genplani);
tushuntirish xati.
Ish chizmasi tarkibiga imoratning har bir qavati tarxi, kesimi, tashqi ko‘rinishi,
poydevor chizmalari, hamma murakkab tugun chizmalari, qavatlararo yopmalar
tarxi, ichki va tashqi pardozlar, zavodlarda tayyorlangan detailar spetsifikatsiyasi
va tushuntirish xati kiradi.
Qadimdan odamlar bunyodkorlik ya’ni, o‘ziga boshpana, uy-joy qurish bilan
mashg‘ul bo‘lishgan. Asrlar, ming yillar o‘tishi bilan er kurrasida odamlar
tomonidan turli tuman binolar, inshootlar, yo‘llar, ko‘priklar suv havzalari bog‘
rog‘lar va boshqalar qurilgan, bunyod etilgan. Ma’lumki, har qanday bino va
inshootlarni qurish uchun dastlab uning loyihasi chiziladi. Bino va inshootlar
arxitekturasi fani, bino va inshootlar ularning komplekslari va yashash massivlarini
loyihalashni umumiy texnik, badiiy memoriy uslublari qoidalarini o‘rgatadi. Bino
odamlar tomonidan ma’lum maqsadda quriladigan inshootlarning bir turi bo‘lib,
unda turli ijtimoiy ma’muriy xo‘jalik va ishlab chiqarish jarayonlarini amalga
oshirish uchun muhit yaratiladi. Binolar va inshootlar asosan uch turga bo‘linadi.
1.
Fuqaro binolari.
2.
Sanoat binolari.
3.
Qishloq xo‘jalik bino va inshootlari.
Fuqaro binolari o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi.
1.
Jamoat binolari.
2.
Yashash, turar-joy binolari.
Yashash, turar-joy binolari odamlarning doimiy yoki vaqtinchalik yashashlari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga yashash uylari, yotoqxonalar, mehmonxonalar
kiradi.
Jamoat binolari deb, odamlarni turli ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan
jamoatchilik ehtiyojlarini qondirish maqsadida qurilgan binolarga aytiladi. Bularga
ma’muriy, maishiy, madaniy oqartuv, ta’lim muassasalari va boshqalar kiradi.
Sanoat binolari deb, ishlab chiqarish qurollari joylashtirilgan va texnologik
jarayon natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi binolarga aytiladi.
Bularga asosan zavodlar, fabrikalar, turli sexlar, ularga yordamchi binolar, ya’ni
energetika, transport, omborxonalar, korxona hududida joylashgan ishchilarga
madaniy maishiy, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatadigan yordamchi binolar
kiradi.
Qishloq xo‘jalik binolari qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lib ular qishloq
xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1.
Chorvachilik binolari;
2.
Parrandachilik binolari;
3.
Yilqichilik xo‘jaliklari;
4.
Cho‘chqachilik binolari;
5.
Xo‘jalik texnikalari saqlash va ta’mirlash binolari;
6.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash binolari;
7.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash binolari;
8.
Issiqxonalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |