3-bоs
qich.
Yakun-lоvchi
(10 min)
|
Mаvzu bo’yichа yakunlоvchi хulоsаlаr qilаdi. Mаvzu bo’yichа оlingаn bilimlаrni qаеrdа ishlаtish mumkinligi mа’lum qilаdi.
|
Sаvоllаr bеrаdilаr
|
Mаvzu mаqsаdigа еrishishdаgi tinglоvchilаr fаоliyati tаhlil qilinаdi vа bаhоlаnаdi.
|
|
Mаvzu bo’yichа mustаqil o’rgаnish uchun tоpshiriqlаr bеrаdi.
|
Mustаqil o’rgаnish uchun tоpshiriqlаrni yozib оlаdilаr
|
Nazariy qism.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini izchil rivojlantirish, uning me’yoriy- huquqiy bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimi sifati va samaradorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2013-yil 27- iyundagi “O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot – kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo’lib kelmoqda.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, akademik litseylar va hattoki maktabgacha ta’lim muassasalarining kompyuter , multimediya va boshqa zamonaviy elektron vositalar bilan ta’minlanishi yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Maktablarda kompyuter, videoproyektor, elektron doska, televizor, DVD, audiomagnitafon, lingafon kabi zamonaviy jihozlardan foydalanilgan holda interaktiv usulda o’tilayotgan dars mashg’ulotlari o’quvchilarning qiziqishini kuchaytirib, fanlarni yanada chuqurroq o’zlashtirishiga yordam bermoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarorida zamonaviy pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishning ilg’or usullarini joriy etish yo’li bilan o’sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o’qitish, shu tillarda erkin so’zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish hamda buning negizida, ularning jahon taraqqiyoti yutuqlari hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko’lamda foydalanishlari, xalqaro hamkorlik va muloqotni rivojlantirishlari uchun shart-sharoit va imkoniyat yaratishlari va buning uchun bir qator muhim vazifalarni amalga oshirish zarurligi ko’rsatilgan. Ta’lim sifatini va samaradorligini oshirish, darsni maqsadli tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya vositalarining roli juda katta. Ularni qo’llash imkoniyatlari kundan – kunga kengayib, texnika vositalari o’quv jarayonining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Yoshlarga ingliz tilini lingafon orqali o’rgatish uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi kompyuter va lingafon texnologiyalaridan professional darajada foydalana oladigan bo’lishi kerak. Bu darajadagi foydalanishga nafaqat kompyuterning mavjud imkoniyatlaridan to’liq foydalana olish , balki u asosida yangi o’quv dasturlarini tashkil eta olish ham kiradi. Bunday o’qituvchi bo’lish uchun har bir chet tili o’qituvchisi zamonaviy texnologiyalar sohasi bo’yicha o’z ustida ko’p ishlashi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |