Videoadapter
Videoadapter deb – ekranga tekislik va grafikli axborotni chiqaruvchi qurilmalarga aytiladi.
Ovoz platasi
Audioaxborotni eshittirish uchun shaxsiy kompyuter ovoz platasi deb nomlanuvchi kengaytirish platasi. Bu plata sistema platasida yoki kengaytirish platasida joylanishi mumkin. Kompyuterga ovoz va musiqa eshitirish uchun qo’yiladi.
Kompyuterda musiqa eshitishingiz uchun ovoz platasi, kallonkalar va maxsus dastur o’rnatilish lozim.
Axborot saqlovchi qurilmalar
Diskovod
Barcha shaxsiy kompyuterlarda: asosiy vinchester va diskovodlar bo’ladi. Shaxsiy kompyuter o’chirilganda axborotlar o’chib ketmasligi uchun, ular disklarda saqlanadi. Disklarni hujjatlar saqlanadigan jovonlarga o’xshatish mumkin. Disklarni vinchesterlarga nisbatan bitta yaxshi tomoni shuki, ularni shaxsiy kompyuter yig’gichidan chiqarib olib yonda olib yurish mumkin. Hozirgi vaqtda asosan 3,5 dyuymli yumshoq disklar ko’proq qo’llanadi. Diskda maxsus o’tkich o’rnatilgan bo’lib, diskga yozishda ruxsat berish va ma’n etish uchun qo’llanadi.
Vinchester
Qattiq disklar (vinchester) esa asosan shahsiy komp`yuter qutisi ichida joylashgan va mustahkamlangan bo’ladi. Vinchesterlarni disklarga nisbatan ikkita o’ta zarur imkoniyatlari mavjud; ular ancha katta hajmga hamda ancha tezroq ahborotlarni o’qish va yozish hususiyatlariga ega.
Kompyuterning qo’shimcha qurilmalariga: printеr (bosmaga chiqarish qurilmasi), skanеr (tasvirlarni kompyuter xotirasiga ko’chirish qurilmasi), modеm (tеlеfon tarmog’i orqali global kompyuter tarmog’iga ulanish qurilmasi) va boshqalar kiradi. Sistеmali blok kompyuterning asosiy qurilmasi hisoblanadi va butun tizimning ishini nazorat qiladi.
XULOSA
Mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish yurtimizda muhim masala hisoblanadi. Davlatimizning jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy, siyosiy , madaniy va ma’rifiy aloqalari kuchayib borayotgan bir paytda yoshlarimizning xorijiy mamlakatlar hayoti, madaniyati, urf- odatlari , tiliga bo’lgan qiziqishlari ortib bormoqda . Mamlakatimizda kuchli bilim , yuksak iqtidor egalarini tarbiyalash,voyaga yetkazish va zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni uyg’un kamol toptirishdan ko’zlangan maqsad- mamlakatimizning kelajakda yanada yuksalishiga hissa qo’sha oladigan, uning jahon hamjamiyatida muhim o’rin egallashida o’zining bor kuch- imkoniyatlarini safarbar eta oladigan kadrlarni tayyorlashdan iborat. Bu aloqalarning rivojida xorijiy tillar , ayniqsa, ingliz tilining o’rni beqiyosdir. Bu tillarni samarali o’rganishda texnik vositalaridan, jumladan lingafon kabinetlaridan unumli foydalanish asosiy o’rin tutadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, hozirgi kunda biz axborot texnalogiyalarining jadallik bilan rivojlangan va rivojlanayotgan davrida yashayapmiz. Biz bu soha borasida ham bilim va ko’nikmaga ega bo’lishimiz lozim. Chunki bugungi kun talabi shu! Asl maqsadimiz yurtimizni boshqa o’lkalardan kam qilmay, rivojlangan davlatlar qatoriga qo’shish ekan, bu buyuk maqsadni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |