Teshik sistemasida turli chekli o‘lchamlarga ega teshiklar soni val sistemasiga nisbatan kam bo‘ladi, demak bu teshiklarni ishlash uchun zarur kesish asboblari soni ham kam bo‘ladi.
SHu sababli teshik sistemasi kengrok tarqalgan va afzal deb hisoblanadi.
Ammo ba’zi hollarda konstruksion sabablarga ko‘ra val sistemasini qo‘llash zaruriyati paydo bo‘ladi, masalan bir valga bir nominal diametrli turli o‘tkazishlar bilan biriktiriladigan ketma-ket joylashgan teshiklar kiygizilganda (rasm). Tortqi, o‘qlar, vallar kabi detallar yuqori aniqlikdagi sovuk kirgizilgan chiviqlardan mexanikaviy ishlovsiz tayyorlanganda ham val sistemasidan foydalangan afzal.
Dopusklar tizimini qurish uchun dopusk birligi tushunchasi kiritilgan. Dopusk birligi aniqlik o‘lchovi bo‘lib, dopuskni nominal o‘lcham bilan bog‘lanishini ifodalaydi. O‘lchamlari
1 mm.dan 500 mm.gacha bo‘lgan metall detallarning ishlov berish xatoligi bir xil texnologik sharoitlarda quyidagi konun bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan:
ESDP SEV da umumiy o‘lchamlar qatori 3 diapazonga bo‘lingan:
|
|
|
1mm dan 500 mm gacha;
500 mm dan katta 3150 mm gacha;
3150 mmdan katta 10000 mm gacha.
1 mmdan kichik o‘lchamlar uchunham aloxida dopusklar kiritilgan (ST SEV 144-75). Dopusklar qatorlarini qurish uchun xar bir o‘lchamlar diapazoni o‘z navbatida bir necha intervallarga bo‘lingan. Intervalga kiruvchi barcha o‘lchamlar uchun dopusk qiymati bir xil bo‘ladi. Detallar va maxsulotlar talab qilingan aniqlik darajasi kvalitetlar yordamida meyorlanadi. Kvalitet deganda o‘lchamlar diapazonining barcha nominal o‘lchamlari uchun bir xil nisbiy aniqlik bilan tavsiflanadigan dopusklar to‘plami tushuniladi.
Bir kvalitet doirasida aniqlik faqat nominal o‘lchamga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Unda ixtiyoriy kvalitet dopuski T = ai deb ifodalanishi mumkin. Bu erda dopusk birliklari soniga teng bo‘lgan a koeffitsenti nisbiy aniqlik darajasini bildiradi, uning qiymati kvalitet nomeriga bog‘liq. Dopusklar va o‘tkazishlar tizimi tuzilganda kvalitetlar soni ishlab chiqarishning turli sohalari talablariga, maxsulotlar aniqligini oshish istiqbollariga, erishib bo‘ladigan aniqlik chegarasiga, funksional va texnologik faktorlarga va qabul qilingan geometrik progressiyani ᵠ maxrajiga binoan qabul qilinadi. Bir kvalitetdan ikkinchi kvalitetga o‘tganda dopusklar geometrik progressiya ᵠ maxrajiga o‘zgaradi. Keltirilgan dopusk birligi formulalari 5 - 17 kvalitetlar dopusklarini aniqlash uchun ishlatiladi.
SHunga e’tibor qilish kerakki, xar bir o‘lchamlar intervalining chegaraviy qiymatlari bo‘yichahisoblangan dopusk qiymati shu intervalni o‘rta qiymati bo‘yicha hisoblangan dopuskdan 58% dan ko‘p farq qilmaydi. O‘lchamlar intervallarga shu talabga binoan taqsimlangan. Bundan tashkari standartlarda keltirilgan dopusklar va og‘ishlar o‘lchami normal temperaturada aniqlangan detallarga tegishli.Bu temperatura barcha davlatlarda 200S deb qabul qilingan.
Nazorat savollari.
1.O‘lchamlarni kanday turlari bor?
2. Dopusk (joizlik, quyim) degani nima?
3.Og‘ishlarni qaysi turlari bor?
4.O‘tkazish dopuski degan nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |