5-MA’RUZA: ERGASHGAN QO’SHMA GAP, UNING TURLARI: BOSH GAPDAGI MA’LUM BO’LAKNI IZOHLOVCHI ERGASH SHAPLAR.
Reja
1. Ergashgan qo’shma gap haqida ma’lumot.
2. Ergash gap bilan bosh gapning birikish usullari.
3. Ergash gapning turlari.
1. Ergashgan qoshma gap.
Ergashgan qo’shma gap sostavidagi soda gaplarning biri ikkinchisiga mazmunan va gramatik jihatdan tobe bo’lib, uni aniqlash, to’ldirish kabi vazifalarni bajaradi.
Masalan: Nargiz olislardagi yorining yo’liga ko’z tikib kuylarkan, uning kuyi boshqa barcha sevuvchilar quyidagi nafisroq, so’limroq, yoqimliroq yangraydi. (Sh.R.)
Bu qo’shma gap ikki soda gapning birikuvidan hosil bo’ladi.
Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi soda gaplar ikki xil bo’ladi. Biri boshqasiga bo’ysunib, tobe holatda keladi. Bu gap ergash gap deb ataladi. Ikkinchisiga esa ergash gapni o’ziga qaratib, bo’ysundirib keladi. Bunday gap bosh gap deb aytiladi.
Masalan: Tong yorishgach, paxta dalalarini terimchilar qopladi. Ergashgan qo’shma gap tarkibidagi soda gaplar o’zaro ergashtiruvchi bog’lovchi yoki bog’lovchi vazifasidagi vositalar, turli morfologik ko’rsatkichlar yordamida birikadi. Bular, asosan, quyidagilar:
-Ergashtiruvchi bog’lovchilar yordamida: Karimovning nomi butun yurt fuqarolari uchun aziz va qadrlidir, chunki u insonlarni ozodlik yo’liga chorlaydi.
- Ko’makchilar yordamida: Ota-onasi yonida bo’lgani uchun, kichkina Tojiev va Tojievalar osma ko’prikdan qarshiliksiz o’ta oldilar.
- Yuklamalar yordamida: Bahor quyoshining tig’ida Komiljonning ko’zi qamashdimi, g’uborsiz ko’m-ko’k osmon unga dastlab kumushsumon yarqirab, so’ngra zarga o’xshab tovlanib ko’rindi.
-Nisbiy so’zlar yordamida: Tog’asi qancha asabiylashsa, oyqiz o’zini shuncha og’irlikka solardi.
- Sifatdosh formasi va kelishik affiksi yordamida: Bu uy ilgari bedanaxona bo’lganidan, darchasi ham yo’q edi. Oyqiz har safar biron maslahatni ko’pchilik o’rtasiga tashlaganda, kolxozchilar hamma vaqt uning fikrini maqull edi.
- Fe’lning ravishdosh formasi yordamida:
Shu vaqt cabinet eshigi ochilib, undan Qalandarovning yuzi ko’rindi.
-Shart mayli formasi yordamida: Qalovini topsang, qor yonar:
Ergash gaplar bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin.
Masalan: Paxta qor yog’sa, yurakka tosh yoqqandan battar bo’ladi.
Ba’zi hollarda ergash gap bosh gap ichida ham kelishi mumkin.
Masalan: Biz, ob-havo sharoiti yomon bo’lsa ham. Ekskursiyamizni davom ettirdik.
Ergash gap bosh gapdan yozuv vergul bilan ajratiladi. Bunda vergul quyidagicha qo’yiladi:
1. Ergash gap bosh gapga chunki, shuning uchun, go’yo kabi yordamchilar bilan birikkan bo’lsa, vergul shu yordamchilardan oldin qo’yiladi.
Masalan: Ona uni anchadan beri kormagan edi, shuning uchun birinchi qarashdayoq ko’ziga tashlangan narsa qizginaning g’ayri tabiy to’laligi bo’ldi.
Ba’zan gap tugallangan ohang bilan aytilib, vergul o’rniga nuqta qo’yiladi va ergash gap bosh harf bilan boshlanadi.
Masalan: Sayramov iljayib qo’ydi. Chunki u raisning bu odatini oldindan bilardi.
2. Bosh gap kesimiga – ki bog’lovchisi qo’shilib kelganda, vergul shu bog’lovchidan keyin qo’yiladi.
Masalan: Biz istaymizki, mustaqilligimiz abadiy bo’lsin.
3. Ergash gap bosh gapga fe’lning ravishdosh formasi, shart mayli formasi, sifatdosh formasi va kelishik affiksi yordami bilan birikkanda, vergul bu vositadan keyin qo’yiladi.
Masalan: Gulnor bu yot kishining ellikboshi ekanligini bilgach, g’azabi shiddatlandi.
Xalq g’ayrat qilsa, umidi tush bo’lib qolmaydi. Yulduzxon osh yuziga solish uchun ariq bo’yidagi rayxon barglaridan terayotganida, G’ulomjon ishdan qaytdi. Aziza hech qachon Iqbollarnikiga bormagan bo’lsa ham, qaerda turishlarini bir kuni Ra’no unga ko’rsatgan edi.
4. Ergash gap bosh gapni ichida kelsa, har ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Masalan: O’rta bo’yli, soddagina kiyingan Jo’raboev, sochlari oqarib ketgan bo’lsa ham, yoshlar singari chaqqon, g’ayratli edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |