5-Ma’ruza. BOSHQARISH USULLARI
Reja:
Menejment tizimlari.
Boshqarish usullari to‘g‘risida tushuncha.
Boshqaruv ob’yektini o‘rganish jarayonida qo‘llaniladigan usullar.
Menejment tizimlari
Ma’ruzaning oldingi mavzularida aytilgandek, boshkarish asoosan to‘rt tizimdan tashkil topgan bo‘ladi:
1. Boshqaruvchi tizim, ya’ni boshqarish sub’yekti (boshqa ruvchituzilmalar,rahbarlar); 2.Boshqariluvchi tizim, ya’ni boshqarish ob’yekti (ishlab chiqarish jamoalari, ishchilar);
3. Boshqarish mexanizmlari;
4. Boshqaruvning ashyoviy elementlari.
Boshqarish su’yektlari boshqariluvchi ob’yektga quyidagi boshqaruv mexanizmlarining elementlari orqali ta’sir etadi:
1.Boshqaruvning uslubiy asoslari (tamoyillar. funksiyalar va usullar);
2.Boshqarish jarayonlari (qarorlarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini tashkil etish);
3.Boshqaruvning tashkiliy tuzulmasi;
4.Boshqaruv ta’minoti (moliyaviy, moddiy, texnik va axborotlar bilan);
5.Boshqaruv mexanizmlarni rivojlantirish tizimlari.
Boshqarishning tamoyillari deganda, boshqaruv sub’yekt-larini boshqaruv ob’yektlariga ta’sir etishda amal qilishi kerak bo‘lgan qoida, tartib va talablar majmui tushuniladi. Ularga binoan boshqarish tashkil etiladi, faoliyat yurgizadi va rivojlanadi.
Boshqarishning tamoyillari haqida juda ko‘p olimlar va amaliyotchilar (A. Fayol, F. Teylor, A Temur, Adam Smit va boshqalar) o‘zlarining kitoblarida turli tamoyillarni keltirganlar.
Boshqarish tamoyillari xodisalarning rivojlanishi uchun qo‘yiladigan asosiy talablar bo‘lib, ulardan eng ahamiyatlisi quyidagilardir:
I. Ijtimoiy - siyosiy tamoyillar: tizimlilik, demokratik markazlashtirish, uzluksizlilik; egiluvchanlik, adolat-lik; tejamkorlik, samaradorlik, siyosat va xo‘jalikka rahbarlikning yagonaligi, yakkaboshchilik va jamoat bo‘lib rahbarlik, ilmiylik, samaradorlik va oqilonalik, mas’uli-yatlilik, ma’rifiy va ma’naviy rag‘batlantirish, xo‘jalik yechimlarini izchilligi;
II. Tashkiliy - iqtisodiy tamoyillar: xodimlarni to‘g‘ri tanlab olish va joylashtirish, rejalilik, tarmoq va hududiy boshqarishni muvofiqlashtirish, asosiy yetaklovchi, hal qiluvchi bo‘g‘inlarni aniqlash; boshqaruv nazorati, holisonalik va aniqlik, boshqarish uslub va vazifalarini doimiy mukammallashtirish.
Boshqaruvda yakkaboshchilik tamoyilining mohiyati boshqaruvning har bir bo‘g‘iniga bittadan boshliq belgilanib, ularga o‘zlarining majburiyatlarini bajarishlari uchun ma’lum bir huquqlar berilgan bo‘ladi. Yakkaboshchilik, boshqaruv apparatidagi har bir ishlovchining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklarini aniq bir doirasi o‘rnatilganligini nazarda tutadi. Ishlab chiqarish jarayoni davomida, jamoa oldida turgan masalalarni yechishga yordam beradi va uning ko‘rsatmalarini bajaradi. Shunday qilib, yakkaboshchilik tamoyili mehnatkashlarning faolligi bilan boshqaruvchining ko‘rsatmalarini bajarishi muvofiqligini nazarda tutadi.
Boshqaruvning rejaliylik tamoyili xo‘jalik rivojlanishining uzoq muddatga mo‘ljallangan yo‘nalish tenglamasini (proprosiyasini) va sur’atini o‘rnatilishini nazarda tutadi. Bu tamoyil ishlab chiqarishning operativ boshqaruvi istiqbolli reja masalalarini yechishga qaratilganini bildiradi.
Boshqarishda tejamkorlik tamoyiliga ko‘ra ishlab chiqa-rishning har bir bosqichidagi xarajatlarni qisqartirish boshqaruv apparatining har kunlik vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |