5 Ma’ruza: Axborot va kutubxona boshqaruvining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. Kutubxona ishining iqtisodiy samaradorlik omillari. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash formulalari Reja



Download 18,35 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi18,35 Kb.
#727273
  1   2   3   4
Bog'liq
5 Maъруза матни АКМ (5)


5 Ma’ruza: Axborot va kutubxona boshqaruvining iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari. Kutubxona ishining iqtisodiy samaradorlik omillari. Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash formulalari
Reja:

  1. Samaradorlik haqida ummumiy tushuncha.

  2. Axborot kutubxona muassasalarini boshqaruv tiimini samaradorligini oshirish.

  3. Samaradorlikka salbiy va ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi sabablar.

Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati koʻp qirrali boʻlib, uning turli sohalaridagi samarali rahbarlik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Psixolog olim T.Yu. Bazarov taʼrifi boʻyicha “Tashkilotdagi barcha inson resurslari yigʻindisi – personaldir. Bunga tashkilot xodimlari, biron loyihani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot oʻtkazish uchun, strategiya ishlab chiqish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga taklif etilgan ekspertlar ham kiradi”.


Tashkilotdagi inson resursi - boshqaruvga oid fanlarning diqqat markazida turuvchi mavzu boʻlib, tashkilotning asosiy maqsadiga qay tarzda erishish aynan personalni malakali boshqarish bilan bogʻliqdir. Zamonaviy yondoshuvlardan biri - inson resurslarini rivojlantirish konsepsiyasi boʻlib, bunda axborot kutubxona muassasalari manfaati yoʻlida xodimning oʻz tashabbusi boʻyicha samarali mehnat kilishi uchun yaratiladigan sharoitlar markaziy masala deb qaraladi. Axborot kutubxona muassasalari personalini rivojlantirish omili sifatida xodimlarning ehtiyojini aniqlash va qondirish, ularning kasbiy va shaxsiy kamolotga erishishi uchun shart-sharoit yaratish gʻoyasi yotadi. Aniqlangan ehtiyojlar majmuasiga har tomonlama taʼsir etish natijasida xodimning mehnatga ijobiy yondoshuvi va samarali mehnati taʼminlanadi. Tashkilot personaliga taʼsir etish uslublarini uch guruhga boʻlamiz: maʼmuriy, moddiy va maʼnaviy shakllarda taʼsir etish.
Muvaffaqiyatli rahbarlikka oid shaxs xislatlarini talqin etarkanmiz, shu mavzu yuzasidan chet el olimlari tomonidan oʻtkazilgan baʼzi bir tadqiqot natijalariga murojaat etamiz. Amerika va Yaponiyalik 1500 menejerlarni oʻrganish asosida samarali rahbarlikka oid quyidagi xislatlar ajratib koʻrsatiladi.

  • strategik rejalashtirishga moyillikning kuchliligi;

  • ishchilarni, mehnat resurslarini taqsimlash boʻyicha maqbul va oʻz vaqtida qaror qabul qilish;

  • faoliyat doirasini kengaytirish yoki yuksak tartibda mehnat qilish evaziga oʻz masʼuliyatini oshirishga intilish;

  • xavfli sharoitda ijodiy va ratsional qaror qabul qila olish

oʻz kuchiga cheksiz ishonch;

  • oʻz huquqlarini anglash va masʼuliyatni his qilish;

  • kezi kelganda qurbon berishga ham tayyor turish;

  • muloqot malakalarini mukammallashtirishga intilish;

  • murakkab va inqirozli vaziyatdagi jarayonlarni tahlil etish va intuitiv tarzda bashorat qila olish;

  • mehnatga yuksak qadriyat sifatida qarash va unga butun kuchgʻayratni safarbar etish;

  • aybdorni izlash emas, balki muammoni hal etishga intilish,

  • tavakkaldan qoʻrqmaydigan va mustaqil fikrdagi xodimlar bilan ishlash xohishi;

  • amalga oshirilayotgan gʻoya va natijalarni ishlab chiqarishga, joriy etishga xuddi shaxsiy mulkdek qarash.

Yaponiyalik va Amerikalik menejerlarni qiyosiy oʻrganish natijasida olingan xulosalar shundan iborat boʻldiki, yapon menejerlari oʻz boshqaruv faoliyatida ijtimoiy psixologik jihatlarga koʻproq eʼtibor berishar ekan va jamoa faoliyatini tashkil etish qobiliyati yetakchi oʻrinda turar ekan. Amerikalik menejerlar esa xodimlarda yakka tartibdagi tashabbusni koʻproq ragʻbatlantirishar ekan.
Boshqaruv faoliyatini samarali bajarish uchun rahbarga zarur fazilatlardan yana biri - muvaffaqiyatga intilishdir. Rahbar oʻz oldiga maqsad qoʻya olishi va uni bajarishga urinishi lozim. Umuman olganda, insonga xos intilishni ikki toifaga boʻlish mumkin:
1) muvaffaqiyatga intilish;
2) magʻlubiyatdan qochish.
Boshqaruvni samarali olib boruvchi rahbar aynan birinchi toifaga mansub boʻlgani sababli, u muammolarni tez hal etadi va yanada oʻz maqsadi sari oldinga intiladi. Bunday toifa kishisi odatda tavakkalchilikka xam borishi mumkin. Samarali boshqaruv uchun yana bir zaruriy xislat – masʼullik va vazifani hal etishga qaratilgan ishonch. Iqtisodiy va ijtimoiy qalqish paytida oʻz hamkorida ishonch uygʻotish, navbatdagi ishga kafolat berish va uni uddalash zamonaviy rahbar uchun muhim fazilatdir. Shunday qilib, rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlari bilan tanishib oʻtdik. Sir emaski, hech bir inson ushbu roʻyxatdagi xislatlar bilan birga tugʻilmaydi. Bularning hammasi insonga ato etilgan layoqat, shuningdek, ijtimoiy-tarixiy yashash sharoitlarining mahsulidir. Bunday xislatlarning rahbar faoliyatida namoyon boʻlishi, shaxsdan muntazam tartib va oʻz ustida ishlashni, doimo oʻz idrokida namuna yaratish va unga taqlid etishni talab qiladi.

Download 18,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish