Ish bo’yicha hisobotda
:
Ishning maqsadi, berilgan jarayonning sharoitlari (topshiriq);ishning bajarish tartibi
bo’yicha hisob-kitoblar va aniqlangan ma’lumotlar yoziladi hamda olingan natijalarga
ko’ra
xulosa yoziladi
5.2. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tozalik darajasini aniqlash.
Meva, sabzavotlar va turli ekin mahsulotlari pishib
yetilganidan so’ng ularni qayta ishlash korxonalariga olib kelinadi. Olib kelingan
mahsulotdan turli xil qayta ishlangan mahsulot tayyorlashda bajariladigan
texnologik jarayonlardan biri bu
yuvish
hisoblanadi. Bundan maqsad meva va
sabzavotni yetishtirishda, tashishda uning sirtiga yopishib qolgan tuproq, chang
zarralari, kimyoviy moddalar va har xil mikroorganizmlardan tozalashdir.
Yuvishning sifati suv sarfi va uning harorati, bosimi, yuvish vaqti, xomashyo
yuzasini silliqligi va o’zaro bir-biri bilan ishqalanish darajasiga bog’liq.
Meva va sabzavotlarni yuvishda o’ta ehtiyotlik bilan uch xil holatda:
yumshoq, muloyim aktiv va tezlashtirilgan tartiblarda olib boriladi. Eti yumshoq
va kam ifloslangan xomashyo birinchi tartibda suvga botirib va chayib olinadi. Eti
qattiq va ko’p ifloslangan xomashyo muloyim foal tartibda yuviladi–suvga botirib,
xomashyo sirtiga muloyim ishchi organ orqali mexanik ta‘sir ko’rsatiladi. Bunga
ventilyatorli, cho’tkali yuvish mashinalari misol bo’ladi. Eti qattiq, ildizmevali
sabzavotlar tezlashtirilgan tartibda - suvga botirib, xomashyoni, idishdagi suvni
163
aylanma yoki tebranma harakatga keltiriladi. Natijada
yuvilayotgan xomashyoni
yuzasi o’zaro bir-biri bilan ishqalanib yuviladi.
Yuvish jarayonini ikki xil usulda ishlaydigan mashinalar: gidravlikva
gidromexanik ta‘sirlari yordamida amalga oshiriladi. Gidravlik usulda ishlaydigan
mashinalarda mahsulot suv oqimida yuviladi. Gidromexanik usulda ishlaydigan
mashinalarda esa mahsulot suv oqimida va mashinaning ishchi organi orqali
mexanik kuch ta‘sirida yuvib, tozalanadi.
Meva va sabzavotlarni yuvishda 1 kilogramm mahsulotga 1 kg suv sarf
bo’ladi. Yuvish uchun toza oqar suvlar va aholi iste‘mol qiladigan suvlar ishlatiladi.
Yuvish mashinalariga quyidagi talablar qo’yilgan:
•
zanglashga chidamli materialdan tayyorlangan bo’lishi;
•
suvni belgilangan me‘yordan ortiq sarflamasligi;
•
yuvilayotgan xomashyoni va uning sirtqi qobig’ini shikastlan-tirmasligi;
•
ixcham bo’lishi va kam joy egallashi;
•
mashinaga texnik servis ko’rsatish oson bo’lishi;
•
elektr energiyasi sarfiga tejamkor bo’lishi.
Yuvish mashinalari konstruktiv tuzilishiga ko’ra, quyidagilarga bo’linadi:
ventilyatorli, elevatorli, rolikli, barabanli, lopatkali, cho’tkali, tebranuvchi va
shnekli.
Do'stlaringiz bilan baham: