Sovuq kovshar haroratsi o‘zgarishini kompensatsiyalash Haroratni o„lchashda sovuq kovshar haroratsi o„zgarmasligi kerak, chunki uning o„zgarishi, ishchi kovshar haroratsiga qaramasdan, TEYUK ni o„zgarishiga sabab bo„ladi. Sovuq kovshar haroratsini graduirovka qiymatidan (t0) oshishi, TEYUKni kamayishiga sabab bo„ladi.
Haroratni aniq o„lchash uchun sovuq kovsharni graduirovka haroratsida ushlab turish kerak.
Sovuq kovshar haroratsi o„zgarishining ta‟sirini yo„qotishning bir necha usullari mavjud.
Birinchisi, sovuq kovsharlar termostatlanadi, ya‟ni, sovuq kovshar haroratsi o„zgarmas haroratda (graduirovka tempperaturasida) ushlab turiladi. Buning uchun sovuq kovshar, termopara materialiga termoelektrik o„xshash bo„lgan termoelektrod simlar (kompensatsion simlar) yordamida uzaytirilib, sovuq kovshar haroratsi o„zgarmas qiymatda t0 ushlab turiladi.
SHuningdek, kompensatsion korobka KT-54 yordamida, sovuq kovshar haroratsi o„zgarishiga avtomatik ravishda tuzatish kiritish usuli ham mavjud.
Kompensatsion korobkaning 1 (4-rasm) olti qisqichiga termopara 2, manbaa 4 va elektr o„lchov asbobi 3 ulangan. Ushbu qurilma muvozanatlangan o„lchash ko„prigi sxemasi ko„rinishida yig„ilgan. R1-R3 -o„zgarmas manganin qarshiliklar, Rn – nikeldan yasalgan elektr qarshiligi harorat koeffitsienti katta bo„lgan rezistor. Termopara va elektr o„lchov asbobi ko„prik sxemasining cd dioganaliga ketma ket ulangan, manbaa esa, boshqa dioganalga ulangan.
Rasm.23.
Harorat t0=200S bo„lganda, ko„prik muvozanat xolatida bo„ladi, va bunda “c” va “d” nuqtalardagi potensiallar teng. t0 , 200S dan chetlashsa, Rn nikelli rezistor qarshiligi o„zgarishi natijasida, ko„prik muvozanatdan chiqadi. Bunda «c» va «d» dioganalda hosil bo„lgan potensiallar farqi kattaligi termoparadagi TEYUKni sovuq kovshar haroratsining o„zgarishi natijasidagi o„zgarishiga teng va unga teskari ishorada bo„ladi. Natijada, o„lchov asbobi ko„rsatishi faqat issiq kovshar haroratsiga bog„liq o„zgaradi.
Termoparalar bilan birgalikda elektr o„lchov asboblari sifatida pirometrik millivoltmetrlar va potensiometrlar ishlatiladi.
Xisobot mazmuni
Ishning nomi, tartib soni va ishni bajarishdan maqsad.
Qisqacha nazariy ma‟lumot.
Xulosa
Nazorat savollar:
Termoelektrik termometrlarining ishlash prinsipini aytib bering.
Termoelektrik termometri materialiga quyilgan talablar qanday?
Termoelektrik termometrlarni qanday turlarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |