3 – rasm
Odatda tarmopara graduirovkasi sovuq kovshar haroratsi 00S i 200S da amalga oshiriladi. Ammo, o„lchashda sovuq kovshar haroratsi t0, graduirovka qiymatidan farqli bo„lishi mumkin. Bunda agar,
t10 t0 bo„lsa, unda EAB(ttI0) EAB(tt0); agar, t10 t0 unda EAB(ttI0) EAB(tt0);
Ularning farqini sovuq kovshar haroratsining o„zgarishiga tuzatish deb qabul qilish mumkin, ya‟ni, EAB(tt0)EAB(ttI0); (- tuzatish).
Termoelektrod materiallar va termoparalar
Xar qanday o„tkazgichlar juftligidan termopara yasash mumkin, ammo ularning hammasini amaliyotda ishlatish mumkin emas. Termoelektrod materiallariga quyidagi talablar qo„yiladi:
Vaqt bo„yicha TEYUK o„zgarmasligi;
Iloji boricha katta TEYUK;
TEYUKni haroratdan bir xil bog„liqligi;
Kichik elektr qarshiligi harorat koeffitsientiga ega bo„lishi;
Katta elektr o„tkazuvchanlikga ega bo„lishi;
YUqori harorat ta‟siriga chidamliligi;
Termoparalarning o„zaro almashinuvchanligini ta‟minlash uchun termoelektrik xususiyatlarining takrorlanishi.
Termoelektrod materiallar sifatida quyidagi materiallar ishlatiladi: platina, platinorodiy (10% rodiy); xromel, alyumel, kapel, temir, mis, konstantan, nikelkobolt qotishmasi, maxsus alyumel.
Bu materiallardan tayyorlanadigan standart va nostandart termoparalar mavjud.
Davlat standartiga kiritilgan standart termoparalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Platinorodiy - platinali termopara - TPP (-200S dan 1300 -16000S gacha);
Platinorodiy - platinorodiyli termopara - TPR ( + 3000S dan 1600 -18000S gacha);
Xromel - alyumelli termopara – TXA (-500S dan 1000 -13000S gacha);
NK-SA qotishmasidan tayyorlangan termopara TNS (+3000S dan 10000S gacha);
Xromel - kopelli termopara – TXK (-500S dan 600-8000S gacha).
SHuningdek nostandart termoparalar ham mavjud:
Temir - kopel 00S dan 600 - 8000S gacha;
Temir - konstantan 2000S dan 600 - 8000S gacha;
Mis - kopel 00S dan 400 - 6000S gacha;
Mis - konstantan -2000S dan 300 - 4000S gacha; Volfram – molibdenli termopara 23000S gacha.
Termoparalar ob‟ektga ximoya armaturasi yordamida o„rnatiladi.
4-rasm. 1- termoparning issiq kovshari; 2- farforli nakonechnik; 3- ximoya trubkasi; 4- farforli busiklar; 5- termoparani o„rnatish uchun qo„zg„aluvchi flyanets; 6- ulash qutisining korpusi; 7- farforli kolodka; 8- kolodkani qotirish vintlari; 9- qisqichlar; 10- termoelektrod qisqichlaridagi qotirish vintlari; 11simlarni qotirish vintlari; 12- qopqoq; 13- prokladka; 14- chiqish shtutseri; 15asbestli shnur; 16-vint .
Do'stlaringiz bilan baham: |