5. Kondensatorlar va ularning sig’imi



Download 153,5 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi153,5 Kb.
#517655
Bog'liq
5. Kondensatorlar va ularning sig’imi


5.Kondensatorlar va ularning sig’imi
Elektr sig‘imining ifodasi quyidagidan iborat bo‘lgani uchun
, (5.1)
sig‘im asosan, o‘tkazgichning shakli va o‘lchamlariga hamda muhitning dielektrik singdiruv-chanligiga proportsionaldir.
Amalda, nisbatan kichik o‘lchamlariga qaramay, yetarlicha zaryadlarni o‘zida yig‘a oladigan qurilmalar kondensatorlar deb ataladi.
Kondensator ikkita parallel o‘tkazgich qatlamidan iborat bo‘lib, ularda qarama-qarshi ishorali zaryadlar to‘planadi. Qoplamalar orasida dielektrik modda bo‘ladi.


6.Har xil geometrik shaklli kondensatorlar elektr sig’imi
Kondensator qoplamalari ikkita yassi plastinkadan, ikkita koaksial tsilindrdan yoki ikkita kontsentrik sferadan iborat bo‘lishi mumkin va ular shakliga binoan yassi, silindrikyokisferik kondensatorlar deb ataladi.
Odatda kondensatordagi elektr maydoni kuch chiziqlari bir qoplamada boshlanib, ikkin-chisida tugaydi.

5 - rasm. Yassi kondensator
Kondensator sig‘imi qoplamalardagi zaryad miqdoriga to‘g‘ri proportsional va qoplamalar orasidagi potentsiallar farqiga teskari proportsionaldir.
, (6.1)
5-rasmdayassi kondensator tasvirlangan.S – yuzali ikkita yassi metall plastinkalar orasi-dagi masofani d ga teng deb hisoblaymiz, qoplamalarda esa - q va + q sirt zaryadlari induktsiya-langan bo‘ladi.
Qoplamalar orasida dielekrik singdiruvchanlikka ega bo‘lgan modda bo‘lsa, potentsiallar farqi quyidagiga teng bo‘ladi:
, (6.2)
bu yerda q =  · S, - sirt zaryadi zichligi, S – qoplamalar yuzasi. Natijada, yassi kondensator sig‘imi quyidagiga teng bo‘ladi.
, (6.3)


Sferik kondensator
Qoplamalarining radiuslari r1 va r2 bo‘lgan sferik kondensator 6 - rasmda tasvirlangan.

6-rasm. Sferik kondensator
Kondensator qoplamalarida q zaryad induktsiyalangan bo‘lganda, ular orasidagi potentsiallar farqi quyidagicha ifodalanadi :
, (6.4)
bu yerda r1 va r2 ichki va tashqi sferik qoplamalar radiuslaridir. Shuning uchun sig‘im quyidagicha ifodalanadi:
, (6.5)
Agarda r2 tashqi radius va r1 ichki radiusdan juda katta bo‘lsa,(6.5) – ifoda soddalashadi:
, (6.6)
Bu natija tashqi qoplama sferik bo‘lmaganda ham o‘rinli bo‘lgani uchun, (6.6) – ifodani yakkalangan shar sig‘imi deb hisoblaymiz.
Agarda r1 - r2 = d – qoplamalar orasidagi masofa qoplamalarning o‘rtacha radiusidan juda kichik bo‘lsa, sferik kondensatorning sig‘imi quyidagicha ifodalanadi:

bu yerda S=4r2 – qoplamalar sirtlarining yuzasidir.
Silindrik kondensator
Bu holda kondensatorni radiuslari r1 (ichki) va r2 (tashqi) ikkita koaksial tsilindr ko‘rinishdagi qoplamalardan iborat bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Tsilindrlarning uzunligi ular orasidagi masofadan juda katta deb hisoblanadi. Qoplamalar orasidagi potentsiallar farqi quyidagidan iborat bo‘ladi:
,
bu yerda q - tsilindr uzunligidagi zaryad, - birlik uzunlikdagi zaryad va - silindr uzunligidir.
Birlik uzunlikka to‘g‘ri keluvchi tsilindrik kondensator sig‘imi quyidagiga tengdir:
, (6.7)
Boshqa tarafdan, (6.7) – ifoda metall sim izolyator qatlami bilan o‘ralgan kabel sig‘imini eslatadi.
Qoplamalar orasidagi masofa d, tsilindrlar radiuslariga nisbatan juda kichik bo‘lsa, bu holda tsilindrik kondensator sig‘imi quyidagidan iborat bo‘ladi:

Joul-Lens qonuni va uning differentsial ko’rinishi.

Agar tok harakatsiz metall o’tkazgichdan o’tayotgan bo’lsa, tokning barcha ishi uni qizdirishga ketadi. Unda energiyaning saqlanish qonuniga muvofiq   va   ga asosan quyidagicha yozamiz:



Bu ifoda Joul-Lents qonunini ifodalaydi. Uni tajribalar asosida mustaqil ravishda J. Joul va E. Lentslar aniqlashgan. O’tkazgichdan tok o’tganda issiqlik ajralishiga sabab erkin elektronlarning harakati davomida kristall panjara tugunlaridagi ionlarga urilib o’z energiyalarini berishlaridir. Buning natijasida ionlarning tebranma harakati ortadi, ya’ni o’tkazgich qiziydi. Shuning uchun ham ajralib chiqadigan issiqlik miqdori qarshilikka to’g’ri proportsional.


Endi uning differentsial ko’rinishini keltirib chiqaraylik. Agar, tok kuchi   vaqt bo’yicha o’zgarsa, u holda   vaqt ichida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori quyidagicha hisoblanadi:



Elementar hajmda   hajmda ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori quyidagicha hisoblanadi:








bu yerdan birlik hajmdan birlik vaqt ichida ajralib chiqayotgan issiqlik miqdorini topamiz:








Bu (21.12) ifoda Joul – Lents qonunining differentsial ko’rinishidir. Shularga asoslanib, t vaqtda butun o’tkazgichdan ajralib chiqqan issiqlikni toppish uchun   ni t vaqtning ma’lum paytidagi hajm bo’yicha integrallash, undan so’ng hosil bo’lgan ifodani esa t vaqt bo’yicha integrallash kerak:



Download 153,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish