Adaptatsiya nima?
(lot. adaptatio – mos-lashuv) – 1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi; 2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas, ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’sir kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. A. hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir. Taktil, harorat, hid va ko‘rish sezgilarida A. kuchli, eshitish va og‘riq sezgilarida ku-cheizdir. Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan A. hosil bo‘lmaydi. A. organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning o‘zgarishiga (qarang Iqlimga moslashish), balandlikka (qarang Balandlik kasalligi), ko‘pgina infeksion agentlarga (qarang Im-munitet) moslanishini ta’minlaydi. A. reaksiyasi moddalar almashinuvi intensivligining uzluksiz o‘zgarib turishiga asoslangan. Odam organizmining mos-lashuv reaksiyasi (A. reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin (nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun o‘ziga xos) reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Mas, og‘ritadigan omil ta’si-riga javoban oyoq-qo‘lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong‘ida ko‘z yorug‘lik sezish layoqatining zo‘rayishi – bularning hammasi tug‘ma tez A. reaksiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sha-roitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va boshqalarga bog‘liq.
Ko`r dog’ nima?
Ko`z soqqasining oldingi qismida mugoʻz parda — dioptrik (yorugʻlikni singdiradigan) apparat, koʻz gavhari, suvsimon suyuqlik va shishasimon tana, shuningdek, akkomodatsiya uchun xizmat qiladigan kipriksimon tana va rangdor parda bor (bu parda tasvirni yorugʻ sezgir toʻr parda — retinaga oʻtkazadi). Ko`z soqqasining devori bir-biriga zich takalib turgan 3 ta pardadan iborat. Ko`zning tashqi — fibroz pardasi ikkiga boʻlinadi: orqada sklera yoki oqsil parda — eng qalin parda, u ta-yanch va himoya vazifasini oʻtaydi; oldinda mugoʻz parda — yaltiroq, gumbazcha shaklidagi parda oqsil parda doirasiga soat shishasidek joylashgan. Oq fibroz parda tagida qon tomirlarga boy tomirli parda joylashadi. U 3 qismdan iborat: rangdor parda — doira shaklida boʻlib, turli odamlarda koʻk, yashil, zangori, sariq, toʻq sariq va hatto qora rangda boʻladi, bu rangdor parda toʻqimasida joylashgan boʻyovchi modda (melanin)ga bogʻliq. Rangdor parda koʻzga jilo beradi. Agar melanin pigmenti boʻlmasa, Ko`z qizgʻish rangli boʻladi. Rangdor parda markazida dumaloq tyoshik bor, uni koʻz qorachigʻi deyiladi. Rangdor parda tarkibida qon tomirlar, nozik muskul tolalari boʻlib, ularning qisqaribyozilishi tufayli qorachiq kengayibtorayadi. U yorugʻda torayib, qorongʻida kengayib, koʻzga tushadigan nurlarni chegaralaydi.
Yorugʻ sezgir ichki parda — toʻr parda Ko`zning sezuvchi (retseptor) apparati boʻlib, 10 qanatdan tuzilgan; boʻlardan eng muhimi koʻrish hujayralari — tayoqcha va kolbacha hujayralar qanati yorugʻni sezishdan tashqari, rangni ham ajratadi. Toʻr parda markazidagi sariq dogʻ narsalarni miridan sirigacha ajratib, aniq koʻrishga imkon beradi. Sariq dogʻ yaqinidagi koʻr dogʻ — toʻr pardaning sezmaydigan qismidir. Toʻr pardadan nerv tolalari shu yerga (koʻr dogʻga) yigʻilib keladi va koʻrish nervini hosil qiladi. Bu nerv sklera orqali oʻtib, kalla boʻshligʻiga kiradi va ikkinchi koʻzning koʻrish nervi bilan kesishib, koʻrish yoʻlini hosil qiladi, bu yoʻl bosh miyaning ensa boʻlagigacha davom etadi. Bosh miyaning har bir yarim sharida ikkala Ko`zning koʻrish markazi bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |