5.4. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish bosqichlari «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ni tuzishga xo’jalik yurituvchi su’yektning qaysi tarmoqqa tegishliligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, qurilish va h.k.) va ularda sodir bo’ladigan muomalalarning turlari bevosita ta’sir qiladi. Shuning uchun ham «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»ni tuzish bo’yicha ko’rsatmalar talabidan kelib chiqqan holda ularning muhim xususiyati sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin.
Hisobotni tuzishning uslubiy ko’rsatmalari talabidan kelib chiqqan holda bevosita korxonaning investitsion va moliyaviy faoliyatlariga bog’liq bo’lgan holatlardan tashqari barcha to’lanadigan soliqlar va ularning majburiy to’lovlari joriy faoliyat bo’yicha pul oqimlarida ko’rsatilishiga mos bo’lishi lozim.
Har xil faoliyat turi bilan shug’ullanuvchi bosh korxona albatta har bir faoliyat turlari bo’yicha alohida hisob olib borishi va shunga mos ravishda har bir faoliyat turlari bo’yicha soliqlarni hisoblashga majburdir. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda «to’langan» soliqlarning har bir turi bo’yicha alohida hisob-kitob yuritilmaydi. Bunday holatda korxonaning to’lagan soliqlarini qancha qismi joriy xo’jalik faoliyati, investitsion yoki moliyaviy faoliyat bo’yicha ekanligini aniqlash birmuncha murakkab jarayondir.
Operatsion va moliyaviy faoliyat bo’yicha tushumlar mavjud korxonalarda to’langan soliqlar summalarini joriy faoliyatdagi pul mablag’larining chiqimi tariqasida aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Chunki hozir to’langan dividendlar bo’yicha soliqlarni ushlanmasi alohida ko’rsatiladi.
Хorijiy valutalarni sotib olishga sarflangan pul mablag’larini joriy faoliyat bo’yicha aks ettirishda valutalarning ishlatilishi maqsadidan kelib chiqib alohida aks ettirilishi lozim. Masalan, agar xorijiy valuta tovarlar qiymatini to’lash uchun olinsa, u holda to’langan «so’m»lar «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» shaklining tegishli qatorlarida aks etadi. Sarflangan xorijiy valutalar qiymati alohida qatorda yoki boshqa tushumlar qatorida hisobga olinishi mumkin. Hozir amaliyotda «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot» shaklini tuzish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqich. Korxonaning 5010-"Kassa" schyoti bo’yicha, 5110-"Hisob-kitob schyoti" bo’yicha va 5510-"Bankdagi maxsus schyotlar" schyoti bo’yicha yuritiladigan aylanma vedomostlarini tuzish lozim. Chunki umumlashtirilgan aylanma vedomostlarda kirim va chiqim ko’rsatkichlari qoldig’i schyotlarini debet va kreditidagi aylanmalar summasi hisob-kitoblarni aniqlashtirish uchun tuziladign aylanma vedomostlarning summasiga mos kelishi lozim.
Ikkinchi bosqich. Хorijiy valutalardagi pul mablag’larining harakatini albatta aylanma (oborot) vedomostlarda ifodalash lozim. Buning uchun har bir valuta turlari bo’yicha alohida aylanma vedomost tuzilishi lozim. Alohida valuta turlari bo’yicha tuzilgan aylanma vedomostlar ma’lumotlari umumlashtiriladi.
Uchinchi bosqich. Ushbu aylanma vedomostlar ma’lumotlari hisobot shaklining mos qatorlari bo’yicha tarqatiladi. Agar zaruriyat bo’lsa bunda yordamchi jadvallardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Тo’rtinchi bosqichda buxgalteriya yozuvlari asosida pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning belgilangan qatorlariga summalarni taqsimlash hamda ularni joriy, investitsion va moliyaviy faoliyat yo’nalishlari bo’yicha alohida ustunlar bo’yicha aks ettirilishi lozim.
Moliyaviy faoliyat- bu faoliyat natijasida tashkilotning xususiy kapitalining va qarzlarining hajmida va tuzilishida o’zgarishlar sodir bo’ladi. Quyidagilar moliyaviy faoliyatdagi pul oqimlariga misol bo’ladi:
Investitsion va moliyaviy faoliyat bilan bog’liq pulsiz muomalalar. Faqat asosiy vositalarga, uzoq muddatli kreditlarga yoki aksionerlik kapitaliga tegishli bo’lgan investitsion va moliyaviy xarakterdagi pulsiz-muomalalarga uzoq muddatli kreditlar hisobiga asosiy vositalarni sotib olish, kreditorlik qarzning kreditorlarga qo’shimcha aksiyalarni berish va chiqarish orqali to’lash va boshqalar kiradi. Masalan, kompaniya yer yoki binoni olish uchun uzoq muddatli garovni yozib berishi mumkin yoki uzoq muddatli obligatsiyalarni oddiy aksiyalarga aylantirishi mumkin. Bu muomalalar oddiy investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettiradi, ammo ular pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmasligi mumkin, chunki ular kompaniyaning pul mablag’lariga ta’sir qilmaydilar. Ammo, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning maqsadlaridan biri - investitsion va moliyaviy faoliyatni aks ettirish bo’lganligi uchun va bu kabi muomalalar kompaniyaning pul mablag’larining holatiga kelgusida ta’sir ko’rsatgani uchun bu muomalalar pul mablag’larining harakati to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi.