5-bob. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot


Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda korxona faoliyati turlarining aks ettirilishi



Download 114 Kb.
bet3/9
Sana02.12.2022
Hajmi114 Kb.
#876775
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
POTH-Kurs ishi

5.3. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda korxona faoliyati turlarining aks ettirilishi
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot xo’jalik yurituvchi su’yektning operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyatining o’z pul mablag’lariga ma’lum hisobot davri ichida ta’sirini shu davr ichida pul mablag’larining o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlarni beradi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ma’lumotlarini qo’llash quyidagilarni aniqlashga yordam beradi:-korxonaning pul mablag’larini va ularning ekvivalentlarini topa olish qobiliyatini va tashkilotning shu kabi pul oqimlarini ishlatishga ehtiyojini aniqlash;
-korxonaning sof aktivlaridagi o’zgarishlar, uning moliyaviy tuzilishini (uning likvidliligini va to’lov qobiliyati bilan birga) va uning o’zgarib turgan sharoit va imkoniyatlarga moslashish uchun o’z vaqtida pul miqdoriga va pul oqimlariga ta’sir etish qobiliyatini aniqlash;
-korxonalarning har xil operatsion faoliyatlarini taqqoslash, chunki bu ayni operatsion va xo’jalik faoliyatining hodisalari uchun har xil hisoblash usullarini qo’llanishni inkor etadi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda hisobot davri davomidagi pul oqimlari aks ettiriladi va ular quyidagi shakllarga tavsiflanadi:
-operatsion faoliyati;
-investitsion faoliyati;
-moliyaviy faoliyat.
Operatsion faoliyat pul oqimlarining hajmi korxonaning ssudalarni to’lash uchun yetarli pul mablag’larini yig’ish, ishlab chiqarish darajasini saqlash, dividendlarni to’lash va tashqi moliyalashtirish manbalarni jalb qilmay yangi kapital qo’yilmalarni amalga oshirish ishlarini qila olishining asosiy ko’rsatkichi hisoblanadi. Operatsion faoliyatining pul oqimlari birinchi navbatda, asosiy faoliyatdan daromad olishning natijasini ko’rsatadi.
5.3.1 –jadval.
Operatsion faoliyatda pul mablag’larining harakatiga quyidagilar misol bo’la oladi

Pul mablag’larining kirimi

Pul mablag’larining chiqimi

Mahsulot, tovar va xizmatni sotishdan tushum

Тovar va xizmatlar uchun mol yetkazib beruvchilarga to’lovlar

Royaltilardan (patentni, mualliflik huquqi qo’llanilganligi va boshqalar uchun), har-xil xarakterdagi mukofotlardan, foiz daromadi, komission yig’imlar va boshqa daromadlardan tushum.

Korxona xodimlariga pul to’lovlari, operatsion xarajatlar

Тovar moddiy zaxiralarning qisqarishi

Тovar moddiy zaxiralarni ko’payishi

Savdo va vositachilik maqsadlarida tuziladigan bitimlar bo’yicha pullarning kelib tushishi

Тo’langan foizlar

Joriy majburiyatlarining ko’payishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromad solig’i bo’yicha.

Joriy ajburiyatlarning kamayishi, jumladan investitsion va moliyaviy faoliyatga kirmaydigan daromad solig’i bo’yicha xarajatlar

Pulsiz xarajatlar:a) asosiy mablag’larning va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, tabiiy resurslarning kamayishi;
b) qarz qimmatli qog’ozlari bo’yicha chegirmalarning amortizatsiyasi

Pulsiz muomalalar:
qarz qimmatli qog’ozlar bo’yicha ustamaning amortizatsiyasi

Investitsion faoliyat- pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, to’lanadigan kreditlarning berilishi va olinishi. Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining harakatlariga quyidagilar misol bo’lishi mumkin:5.3.2-jadval
Investitsion faoliyat natijasida sodir bo’ladigan pul mablag’larining harakatlari

Pul mablag’larining kirimi

Pul mablag’larining chiqimi

Yer, binolar, jihozlarning nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushumlar

Yerni, binolarni, jihozlarni, nomoddiy aktivlarni va boshqa uzoq muddatli aktivlarni sotib olish to’lovlari, tajriba konstruktorlik ishlari hamda yer bilan bog’liq kapital xarajatlarga to’lovlar, pudratchilarni jalb qilmasdan korxona tomonidan yaratilgan bino va jihozlar

Boshqa tashkilotlarning aksiyalarini yoki boshqa qarz majburiyatlarini chiqib ketishidan/sotilishidan kirimlar (pul mablag’larining ekvivalentlari deb hisoblangan yoki sotuv uchun saqlangan majburiyatlar uchun bo’ladigan to’lovlardan tashqari)

Boshqa korxonalarning aksiyalariga yoki qarz majburiyatlariga qo’yilmalar. Kapitalda ishtirok etish ulushiga badallar (pul mablag’larining ekvivalentlari hisoblanadigan yoki sotish uchun saqlanayotgan to’lov hujjatlari bo’yicha to’lovlardan tashqari)

Boshqa korxonalarga berilgan bo’naklarning qaytarilishi va qarzlarning to’lanishidan kirimlar (operatsion faoliyat bo’lgan, foiz daromadidan boshqa)

Boshqa korxonalarga berilgan bo’nak to’lovlari va qarzlar


Download 114 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish