5.3. Davlat boshqaruv organlari operatsiyalarining tavsiflanishi
Ushbu bo’limda DBO operatsiyalarini tasniflashning nazariy asoslari statistik tizimning asosiy kategoriyalari bo’yicha yoritilgan: daromadlar, olingan transfertlar, xarajatlar, sof kreditlash, minus qarzlar to’lovi va moliyalashtirish.
a) Asosiy chegaralanishlar
To’lov va bir yoqli operatsiyalar. To’lov operatsiyalari o’z ichiga tovar, xizmatlar to’lovi, mulkdan foydalanish yoki unga nisbatan egalik huquqning qo’lga kiritish, shuningdek, amaliy xizmatlar to’lovini oladi. Bir yoqli operatsiyalar – masalan, soliq daromadi u yoki bu shakldagi bevosita to’lovsiz tushumlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |