5-amaliy mashg’ulot texnologik o’lchamlarni hisoblash



Download 61,8 Kb.
Sana24.11.2022
Hajmi61,8 Kb.
#871828
Bog'liq
5-amalyot


5-AMALIY MASHG’ULOT

Texnologik o’lchamlarni hisoblash
Texnologik o’lchamlar zanjiri ishlov berish yoki yig’ish amallarini bajarishda, jihozlarni sozlashda yoki amallararo o’lchamlarni va qo’shimlarni hisoblashda yuzalar, chiziqlar, detallar yoki buyumlar nuqtalari oralig’idagi masofani aniqlash imkonini beradi.
Bu yerda eng muhim yechim o’lchamlar zanjirlarining berkituvchi zvenolarini aniqlash hisoblanadi. Berkituvchi zveno texnologik qo’yim sifatida ham berilishi mumkin, u konstruktor belgilagan qo’yim bilan taqqoslanadi. Taqqoslash natijasida tayyorlangan detallar yoki yig’ilgan mashinalar sifati to’g’risida aniq bir fikr aytish mumkin bo’ladi. Texnologik qo’yim kichik bo’lishi kerak,xech bo’lmaganda konstruktornikiga teng. Agar bu shartlarga rioya qilinmayotgan bo’lsa, detallarni tayyorlash texnologik jarayonini o’zgartirish zarur.
O’lchamlar zanjirlari yordami bilan hisoblashlarda ba’zi-bir qoidalarni qo’llash zarur. O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattaytirish natijasida berkituvchi zveno kattalashsa, kattalashtiruvchi zveno deb ataladi va bilan belgilanadi. O’lchamlar zanjirini tashkil etuvchi zvenosini kattaytirish bilan berkituvchi zveno kichiklashsa, kichiklashtiruvchi zveno deb yuritiladi va bilan belgilanadi. Tayyorlanuvchi detal yoki yig’iluvchi mashina uchun kattalashtiruvchi yoki kichiklashtiruvchi zvenolar ko’rinishidagi bo’laklarni tasvirlovchi tegishli zanjirli sxemalar tuziladi (5.1- rasm). Bu rasmda keltirilgan zanjirda A4 kattalashtiruvchi zveno, A1,A2 va A3 lar kichiklashtiruvchi zvenolar hisoblanadi.
O’lchamlar zanjirlari yordamida, qoida bo’yicha ikkita masala yechiladi. Birinchidan, berkituvchi zvenoning berilgan parametrlari bo’yicha tashkil etuvchi zvenolarning parametrlari aniqlanadi (to’g’ri masala echiladi). Ikkinchidan, tashkil etuvchi zvenolarning berilgan parametrlari bo’yicha berkituvchi zvenoning parametrlari aniqlanadi (teskari masala yechiladi), ya’ni “Maksimum-minimum” usulida tekshiruv hisobi bajariladi.


Zvenolar o’lchamlarining og’ishlari ikki usul bilan hisoblanadi:
Birinchisi“Maksimum-minimum”usulideb ataladi. Bunda, hisoblashlarda og’ishlarning maksimal yoki minimal qiymatlari hisobga olinadi, ular doimo ishchi chizmalarda yoki texnik talablarda ko’rsatilgan bo’ladi. Bu usul hisoblashlarni sezilarli soddalashtiradi, biroq uning aniqligi bu holda nisbatan past bo’lishi mumkin, chunki nominal miqdordan faktik og’ishlar emas, balki chegaraviylari hisobga olinadi.
Ikkinchiusulehtimollikdeb ataladi. Uchegaraviylarni emas, balki o’lchamlarni taqsimlanish qonunlari asosida ko’proq ehtimol og’ishlarni hisobga oladi. Bu usul ancha sermehnat bo’lishiga qaramay, ko’proq aniq usul hisoblanadi.
O’lchamlar zanjirlari nazariyasining asosiy tenglamasi quyidagicha:

Кattalashtiruvchi va kichiklashtiruvchi zvenolarni hisobga olib formulani quyidagicha ifodalaymiz:
,
bunda,n- kattalashtiruvchi zvenolar soni; m - zanjir zvenolarining umumiy soni, berkituvchi zveno bilan birgalikda.
Berkituvchi zvenoning eng katta va eng kichik chegaraviy o’lchamlari quyidagilardan topiladi:
;
.
U holda berkituvchi zveno qo’yimi:
yoki
Berkituvchi zvenoning quyi va yuqori chegaraviy o’lchamlari quyidagi formulalardan topiladi:
.
.
Qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasini aniqlaymiz.
i-nchi zveno qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasi deb, uning nominal qiymatidan shu zveno o’lchami qo’yim maydoni o’rtasida turuvchi masofaga aytiladi (5.2-rasm).
,
chegaraviy og’ishlar:
; (11.7) ;
shu kabi
; (11.9)
Berkituvchi zveno o’lchami qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasini quyidagi formula bo’yicha topamiz:


5.3-rasm. Qo’yim maydoni o’rtasini koordinatasini aniqlash sxemasi



-berkituvchi zveno nominal o’lchamini, uning qo’yimini, , chegaraviy og’ishlarini va qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasini aniqlash uchun “Maksimum-minimum” usulidan foydalanamiz.
Masala. O’lchamlar zanjiri 5.4 – rasmda ko’rsatilgan. Tashkil etuvchi zvenolarning qiymatlari,mm da: A1 = 35+0,16; A2 = 60-0,3; A3 = 20+0,13; A4 = 40+0,16
Yechimi: Nominal o’lchamni (11.2) formula bo’yicha aniqlaymiz Ao = (60+20) - (35+40) = 5 mm.
Berkituvchizvenoqo’yiminiifodagabinoantopamiz, (IT)Ao = 0,16 +0,3 + 0,13 + 0,16 = 0,75 mmgateng
Berilgan sharoit uchun tashkil etuvchi o’lchamlarning chegaraviy og’ishlari mm.da quyidagi qiymatlarga ega bo’ladi:
ES35=+0,16; ES60=0; ES20=+0,13; ES40=+0,16,
EI35=0; EI60=-0,3; EI20=0; EI40=0.
(11.4) va (11.5) formulalar bo’yicha quyidagilarni olamiz:
ESAo=(ES60+ES20)-(EI35+EI40)=(0+0,13)-(0+0)= +0,13 mm;
EIAo=(EI60+EI20)-(ES35+ES40)=(-0,3+0)-(0,16+0,16)=-0,62 mm.

5.4 -Rasm. a-detaleskizivab-uningo’lchamlarzanjirisxemasi



Shunday qilib, berkituvchi zveno o’lchami:
mm,
11.9 formula bo’yicha hisoblangan, qo’yim maydoni o’rtasining koordinatasi esa
mm. boladi
Amaliy maqsadlar uchun berkituvchi zveno o’lchamini qo’yim qiymati bo’yicha tashkil etuvchi zvenolar qo’yimlarini hisoblash juda ham muhim. Bunday hisoblashlarni ko’pincha sinash maqsadida bajariladi.
Download 61,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish