5-amaliy mashg’ulot mavzusi



Download 19,11 Kb.
bet3/3
Sana28.01.2022
Hajmi19,11 Kb.
#414628
1   2   3
Bog'liq
5-amaliy

Ko‘ngilni xobi g‘aflatdin dame be dor qil, yo rab,
Oqorg‘on ko‘zlarimni mahrami diydor qil, yo rab.

Inson hayoti hamisha qarama- qarshiliklar iskanjasida kechadi. Ko‘ngil xohishlari, maqsadlari turlicha bo‘lgan kishilarning dunyoqarashi o‘zaro to‘qnashadi. Nodira she’riyatida ham beparvo, takabbur zamondoshlari zarbalaridan zaxmdor dil nolalari eshitiladi. Shoira loqayd, oshiqlikning fayzosor mujdalaridan bebahra, beparvo kimsalar mavjudligidan taassuflar chekadi. Bundaylar bilan hamqadam bo‘lish tuyg‘ularni o‘ldirishi, ruhni qashshoq etishidan kuyinadi:
Bevafolar mehrini tark ayla, ey shaydo ko‘ngul,
Yo‘qsa bu yo‘lda alingda har na vor aldin ketar.

Nodira ana shunday zamondoshlari ko‘ngliga dunyo, hayotning mohiyati borasidagi o‘zi anglab yetgan haqiqatlarni singdirishga ehtiyoj sezadi. Ularni hayot ne’matlarini g‘animat bilishga, undan bahramand bo‘lishga da’vat etadi. Olam va odamning mazmuni, bir-biriga munosabati xususidagi falsafiy xulosalarni oshkor etadi. Natijada, asarlari teran mazmunli irfoniy maktab darajasiga ko‘tariladi.
Qadim-qadimdan namozga o‘zlikni va ko‘ngilni poklovchi muqaddas vosita sifatida ehtirom bilan qaralgan. Nodira bir g‘azalida namoz tufayli muqaddas martabaga erishishni orzulagan edi:
Nodira, jomi muhabbatni labo-lab ichibon,
Mastliq birla qilay ishq namozini ado.

“Jomi muhabbatni ichish va mastlik bilan ishq namozini ado etish…” Bu o‘z vujudini, o‘zligini butkul unutib, bexudlik va sarxushlik ila Olloh bilan suhbat qurish martabasini orzulashdir.
Tasavvuf – bu insonning o‘zini tanishi orqali Ollohni tanish va sevish ilmidir. U “Insonning ichki olami, ya’ni botinini tadqiq etuvchi ilmdir”*. Inson umri tadriji ikki qarama-qarshi qutb – ezgulik va yovuzlikning kurashidan iborat. Tasavvuf ta’limotining mohiyati odamzodga o‘z vujudida mavjud nafsoniy intilishlarni fosh etish, ularni yengish yo‘llarini ko‘rsatish, ruhidagi ilohiy fazilatlarni uyg‘otish, taraqqiy toptirishdan iboratdir. Chunki insonning yashashdan bosh maqsadi ilohiylashish, asl mohiyatga yetishdir. Buning yo‘li esa bitta – o‘zini yengish, o‘zidan o‘tish va o‘ziga yetish.
Bu borada “Nasoyim ul-muhabbat”da keltirilgan Boyazid Bistomiyning xulosasi ibratlidir: “…Boyazid dediki, Olloh taoloni tush ko‘rdum, so‘rdumki, bor xudoyo, yo‘l sanga ne nav’dur? Dedikim, o‘zungdin o‘ttung, yetting”**.
Nodiraning ham visolga yetish yo‘li borasidagi qarashlari ana shunday ulug‘ allomalar nuqtai nazariga mutanosib:
Vaslin topmog‘i o‘zluk bila ne mumkindur,
Yetmagay anga, agar kimsa o‘zin gum qilmasa.
Nodira she’riyatidan ko‘rinadiki, shoiraning falsafiy dunyoqarashi va e’tiqodi asarlaridagi irfoniy, ma’rifiy xulosalariga, tasavvufiy g‘oyalarning ravnaqiga asos bo‘lgan. Shoira merosidagi axloqiy-falsafiy xulosalarning ma’rifiy ahamiyatini ta’minlagan. Uning donishmand, orif bir siymo darajasiga ko‘tarilishiga hayotiy zamin yaratgan.
Nodira she’riyati mazmun jihatdan ham, badiiylik jihatidan ham barkamol asarlardir. U qarashlarini o‘ziga xos yangicha topilmalar, qiyoslar bilan ifodalaydi. Kuzatishlariga ayollarga xos noziklik va sinchkovlik bilan muqoyasalar topa oladi. Natijada, tazod, tajohul ul-orif, talmeh, husni ta’lil, tashbeh kabi badiiy san’atlar bilan muzayyan yangicha talqinlar, yangicha obrazlar, yangicha ifodalar yaratishga erishadi.
Ko‘rinadiki, Nodira lirik qahramoni islom sofligi va tasavvuf ravnaqi yo‘lida jonfidolik ko‘rsatgan. Millat, vatan taqdiri, kelajagi uchun qayg‘urgan. Shuning uchun uning samimiy tuyg‘ular tasviridan iborat asarlari bugungi kunimiz uchun ham ardoqli va muhimdir.
Download 19,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish