5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Terminlarning yasalishi. Reja: Sohaviy terminlarning morfologik usul bilan yasalishi



Download 116,07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana19.04.2022
Hajmi116,07 Kb.
#562294
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5210821487929332820

lotincha:
abbreviatsiya, 
abstrakt 
ot, 
agglyutinatsiya, 
adverbializatsiya, 
adyektivatsiya, akkomodatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, 
alternatsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi. 
b) 
yunoncha:
allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, 
analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm 
singari. 
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz 
bergan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan, uning 
terminologik rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
«Davlat tili haqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning 
turli yo‘nalishlari bo‘yicha atamashunoslik sohasida islohotlar o‘tkazish, 
ularni «o‘zbekchalashtirish»ga imkoniyat yaratildi. 
Hatto 
dastlab 
shunday 
bir 
vaziyat 
yuzaga 
keldiki, 
atamalarni «milliylashtirish»ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda 
ko‘paydi. Jo‘yali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bo‘lishi qiyin bo‘lgan takliflar ham 
o‘rtaga 
tashlandi. Bu 
gapning 
tasdig‘i 
sifatida 
ayrim 
misollarni 



keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakultet-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-
mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, o‘quv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-
pargar, sellofan-suvqog‘oz, seyf-zarf, attestatsiya-ko‘rik, samolyot-aeroplan, 
tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-da’vatxona, titul list-
sarvaraq va hokazo. 
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin – «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul 
qilingach, o‘rtaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar 
jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, 
mustamlakachilik paytlaridayoq o‘rtaga tashlanganligi tarixdan ma’lum. 
Ulug‘ 
ma’rifatparvar Fitrat 
1921-yildagi 
til, 
imlo 
qurultoyida 
kontrrevolyutsion «Chig‘atoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, o‘zbek 
tilidan yot so‘zlar (arabcha, forscha, ruscha)ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz 
bo‘lgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi. 
Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar mualliflar)... ko‘plab qadimiy so‘zlarni 
tiriltirishni, o‘zbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha 
zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub
so‘zlari o‘rniga 
emgak, el, 
o‘qish, o‘gut, boshliq, ochun, bitik, yozoq 
so‘zlarini, forscha 
shahar, guvoh, 
tajriba
so‘zlari o‘rniga 
baliq, taniq, sipok
so‘zlarini, ruscha 
parovoz, poyezd, 
revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, 
astronomiya, morfologiya, sintaksis 
kabi so‘zlar o‘rniga 
o‘txona, otash arava, 
o‘zgarish, yo‘qsil, o‘zi qaynar, choparxona, ekin bilg‘ich, simchiroq, yer biligi, 
o‘simlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv
kabi so‘z va iboralarni ishlatishni ko‘tarib 
chiqdilar. 
Bu qarashlar shu ma’noda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet 
el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til me’yori sifatida 
belgilash g‘oyasi yotadi. Masalaning qo‘yilishi ana shu tarzda tushuniladigan 
bo‘lsa, yuqoridagi 
riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, 
tayyora, tayyoragoh, naslnoma, da’vatxona
kabi so‘zlar bu g‘oyaga mos kelmaydi. 
O‘z-o‘zidan savol paydo bo‘ladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan so‘zlar 
umumturkiy bo‘lmagach, qanday farqi bor – ruscha-baynalmilal bo‘ldi nima-yu,



arabcha yoki forscha-tojikcha bo‘ldi nima? 
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy 
tilimizga 
leksik 
me’yor 
sifatida 
qabul 
qilinmadi. 
Nega? 
Shuning 
uchunki, birinchidan, tildagi o‘zgarishlar jarayoniga o‘sha davrdagi ijtimoiy-
siyosiy ziddiyatlarning ta’siri bo‘ldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan 
bir davrda, tilimizga bo‘lgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qo‘llab-
quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va 
tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan so‘zlar shaklida qo‘llash hali 
me’yorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi. 
Tilimizda qo‘llanilib kelinayotgan 

Download 116,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish