avtor, arxitektor, gumanizm, doklad,
ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komandirovochnaya,
leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor,
revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma
singari
so‘zlar o‘rnini
muallif, me’mor, insonparvarlik, ma’ruza, mafkura, nozir, ziyoli,
nazorat, safar, safarnoma, та’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo,
tuman, bildirishnoma/ xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot ma’lumotnoma,
talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, an’ana, shakl
kabi tavsiya etilgan so‘zlar
osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-ko‘pmi
oldindan ham qo‘llanilib kelinayotgan edi.
Ko‘pgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turg‘unligi murakkab masala
ekanligini ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida,
rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga ta’siri kuchli bo‘lgan paytlarda biz
hech bir ikkilanmasdan
respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda,
ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student,
sekretar, ministr
kabi so‘zlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul
qilingan bo‘lishidan qat’i nazar) muqobil variantlari bo‘lsa-da, ishlataverar edik.
Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu
so‘zlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi.
Jumhuriyat, viloyat, tuman,
muallif tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma,
ma’lumotnoma, talaba, kotib(a), vazir
kabi muqobil variantlari ham 90-yillar
6
boshlaridan ular bilan bab-baravar qo‘llanila boshlandi va bu parallellik tilimizda
me’yor sifatida ma’lum muddat saqlanib turdi.
Endi oradan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, butunlay boshqa manzara
kuzatiladi. Bu o‘tgan vaqt orasida birinchi guruh so‘zlar asosan ikkinchi guruh
so‘zlariga o‘z o‘rnini bo‘shatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb
aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu
so‘zlarning har biri vaqt g‘alviridan o‘tdi. Ayrimlari hozir ham parallellik
xususiyatini saqlab qoldi:
respublika - jumhuriyat, universitet - dorilfunun
kabi.
Ularning semantik-uslubiy ma’nolari aynan bir xil bo‘lmagani uchun ham shunday
bo‘ldi. Bunday parallel qo‘llanishning boshqa sabablari ham bor. Biz
tilshunosligimizda
epitet – sifatlash,
derivatsiya – so‘z
yasalishi,
affiks –
qo‘shimcha, abbreviatura – qisqartma so‘z, anafora – misra boshidagi tovush
takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar – joy nomlari, atribut –
aniqlovchi,
affrikatlar – qorishiq
undoshlar,
stil – uslub, stilistika –
uslubshunoslik
kabi o‘nlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib
kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha
tillarda qo‘llanilib kelinayotganligidadir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan
so‘zlarning ma’qul kelishi va me’yorlashishi ularni tilda avval qo‘llanilib
kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bog‘liq. Boshqacha aytganda, ularni
ko‘rish va eshitishga odatlanish me’yorlashishiga ko‘maklashadi.
Psixologiya faniga oid ko‘plab atamalar shu soha mutaxassislarining
tavsiyasiga binoan o‘z o‘rnini sharq ilmida qo‘llanib kelingan atamalarga bo‘shatib
berdi.
Psixologiya – ruhshunoslik, psixika – ruhiyat, psixik protsess – ruhiy
Do'stlaringiz bilan baham: |