5 amaliy mashg’ulot Kuch transformatorlarini tanlash va parametrlarini tadqiq qilish Nazariy ma’lumot



Download 44,34 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi44,34 Kb.
#251205
  1   2
Bog'liq
5-Amaliy mashq.


5 amaliy mashg’ulot
Kuch transformatorlarini tanlash va parametrlarini tadqiq qilish


  1. Nazariy ma’lumot

Ko’chma telekommunikatsiya apparaturalarini elektr energiyasi bilan ta’minlashda birlamchi elektr energiyasi sifatida kichik kuchlanishli o’zgarmas tok manbalari (gal’vanik elementlar, akkumulyatorlar, termogeneratorlar, quyosh va atom batereyalari) ishlatiladi. Turli xildagi telekommunikatsiya apparaturalarining elektr ta’minoti uchun esa turli nominaldagi o’zgarmas va o’zgaruvchan kuchlanishlar zarur bo’ladi. Shuning uchun bir nominaldagi o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishni ikkinchi nominaldagi o’zgaruvchan yoki o’zgarmas kuchlanishga o’zgartirish talab qilinadi. Bu vazifani o’zgartirgichlar bajaradi. O’zgartirgichlar elektr ta’minot manbai kuchlanishini apparaturalar alohida qismlarini elektr ta’minoti uchun talab qilingan turdagi va nominaldagi kuchlanishlarga o’zgartirib berish uchun xizmat qiladi.

Agar o’zgartirgich chiqishida o’zgarmas kuchlanish olinishi talab qilinsa, u holda invertordan keyin to’g’rilagich va filtr qo’yiladi. konvertorlashdan iborat bo’ladi.

T

Тр
Б

Б У1




ranzistorli o’z-o’zidan qo’zg’atishli o’zgartirgichlar (avtogeneratorlar) o’zgarmas kuchlanishni o’zgartirish jarayonini 6.1-rasmda keltirilgan sxemadan foydalangan holda tushuntirish mumkin. O’zgarmas tok manbai akkumulyator batareyasi B hisoblanib, undan uncha katta bo’lmagan Ukir kuchlanish Tr transformatorga beriladi. Tr transformator o’zgaruvchan kuchlanishning shakllanishi va uning qiymatini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Akkumulyator kuchlanishi o’zgarmas bo’lganligi uchun akkumulyator va transformator orasiga o’zgarmas tok zanjirini davriy ravishda uzish va ulash maqsadida 350...400 Gtsli tok uzgichi qo’yish zarur. O’zgarmas tok uzgichi sifatida tranzistorli generator G xizmat qiladi.



Г






Т






Ф





-




+




-




+




6.1-rasm. Avtogeneratorning printsipial sxemasi

Transformator birlamchi cho’lg’amidagi tokning uzilishi magnit o’tkazgichda vaqt bo’yicha o’zgaruvchan F(t) magnit oqimini vujudga keltiradi. Natijada cho’lg’amlarda magnit oqimi o’zgarish tezligiga va cho’lg’am o’ramlar soniga proportsional bo’lgan EYuK induktsiyalanadi. Shunday qilib, o’zgarmas kuchlanishdan to’g’ri burchakli impulslar shaklidagi o’zgaruvchan kuchlanish olinadi, ya’ni invertorlash amalga oshiriladi. To’g’ri burchakli impulslar transformator yordamida amplituda bo’yicha o’zgartiriladi va keyin F silliqlovchi fil’trli T to’g’rilagichga beriladi. To’g’rilagich chiqishidan o’zgarmas kuchlanish olinadi. Bunday o’zgartirgich konvertor deyiladi. Uning chiqishidan kirish kuchlanishidan talab qilingan qiymatga farqlanuvchi o’zgarmas kuchlanish olinadi.

O’z-o’zidan qo’zg’atishli tranzistorli bir taktli o’zgartirgich (6.2-rasm) printsipial sxemasi Ukir o’zgarmas kuchlanish manbai avtogenerator sxemasi bo’yicha kalit rejimda ishlovchi VT tranzistorda yig’ilgan tok uzgichi, magnit o’tkazgichi to’g’ri burchakli gizterezis halqali impuls transformator T1, bir yarim davrli to’g’rilagich va yuklamadan tashkil topgan.

O ’zgartirgichning ishlash printsipi impuls transformatori birlamchi cho’lg’amida kalit ravishda ishlovchi VT tranzistor yordamida o’zgarmas tokni uzishga asoslangan.

6.2-rasm. Avtogeneratorning printsipial sxemasi


Kollektor zanjiriga Ukir o’zgarmas kuchlanish qo’yilganda transformatorning Wk birlamchi cho’lg’amidan tok oqib o’ta boshlaydi. Ulanish momentidan boshlab tok oniy ravishda emas, ma’lum qonun bo’yicha ortadi. Shuning uchun tok impuls transformatori magnit o’tkazgichida o’suvchi magnit oqimini vujudga keltiradi. Bu o’zgaruvchan magnit oqimi Wb teskari aloqa cho’lg’amida o’zinduktsion EYuKni vujudga keltiradi. Wb teskari aloqa cho’lg’amining uchlari baza-emitter oraliqqa shunday ulanganki, kollektor toki ortganda bazaga og’uvchi potentsial keladi. Tranzistor ochila borib, bundan keyingi kollektor tokining ortishiga imkoniyat yaratadi, ya’ni sxemada musbat teskari aloqa amalga oshiriladi. Kollektor va baza toklarining bunday ko’chkisimon ravishda tez ortishi magnit oqimi to’yinguncha davom etadi. Keyin bu toklarning ortishi to’xtaydi va o’zgarmas tokda transformator cho’lg’amlarida EYuK induktsiyalanmaydi. Natijada tranzistor bazasiga ochuvchi potentsial kelmaydi va u yopila boshlaydi.

Tranzistor yopilishidagi kollektor tokining kamayishi qarama-qarshi yo’nalishdagi EYuKni hosil qiladi va bazaga tranzistorni yopuvchi kuchlanish beriladi. Birlamchi cho’lg’am toki uziladi. Shunday qilib, tranzistor, impuls transformatori va ta’minot manbai kuchlanish bo’yicha transformatorli teskari aloqali relaktsion generatorni tashkil qiladi. U o’zgarmas tokning uzilishini ta’minlaydi. Transformatorning ikkinchi cho’lg’amidan o’sha chastota va qutbdagi, lekin amplitudasi ortgan shakldagi impulslar olinadi. Bu impulslar VD diodda yig’ilgan to’g’rilagichga beriladi. To’g’rilagichdan keyin RYu yuklamada talab qilingan qiymatdagi o’zgarmas kuchlanish shakllanadi.

Bir taktli o’zgartirgichning afzalligi uning sxemasining soddaligi va ishonchliligidir. Kamchiligi esa magnit o’tkazgichning doimiy magnitlanish natijasida kollektor cho’lg’amidan tok faqat bir yo’nalishda oqib o’tadi.

Eng sodda tuzilgan ikki taktli o’zgartirgich sxemasida T1 kuch transformatorining ikki birlamchi cho’lg’ami VT1 va VT2 tranzistorlari bazalari bilan ulangan, birlamchi ta’minot manbai UKIR esa tranzistorlar emitterlari va T2 transformator birlamchi yarim cho’lg’amlari o’rta nuqtasi orasiga qo’yilgan (6.3-rasm).



6.3-rasm. Mustaqil qo’zg’atishli o’zgartirgichning printsipial sxemasi

Kuch tranzistorlari navbatma-navbat to’yinadi. Buning uchun T1 qo’zg’atuvchi transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidan ularning bazalariga mos uzunlikdagi impulslar beriladi. T2 transformatorning ikkilamchi cho’lg’amidan olinadigan chiqish kuchlanishi impulslarining uzunligi ochuvchi impulslar uzunligidan tranzistorlar bazalaridagi asosiy bo’lmagan tashuvchilarning zaryad so’rish vaqti tr ga katta. Agar ochuvchi impulslar uzunligi T/2-tr ga teng deb olinsa, chiqishda meandr shakldagi o’zgaruvchan kuchlanish olinadi. Bunday shakldagi kuchlanish to’g’rilagichda filtrsiz o’zgarmas kuchlanishga aylantiriladi. Agar kuch tranzistorlarini nolli uzilishsiz to’g’ri burchakli kuchlanish impulslari bilan qo’zg’atilsa (6.4d-rasm), u holda bazadagi asosiy bo’lmagan tashuvchilarning zaryad so’rish vaqtiga teng bo’lgan vaqtda har ikkala tranzistor ochiq bo’ladi, bu esa kuch transformatori birlamchi cho’lg’amining qisqa vaqtli tutashuviga tengdir. Bunday har bir yarim davr oxiridagi qisqa vaqtli tutashuvlarning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish uchun invertor sxemasiga qo’shimcha elementlar kiritish lozim bo’ladi.


г) t

т


п

т




6.4-rasm. Mustaqil qo’zg’atishli o’zgartirgichning vaqt diagrammalari


Invertor aktiv-induktiv xarakteridagi yuklamada ishlaganida yuklama toki qutblarining o’zgarishi momentlari chiqish kuchlanish qutblari o’zgarishi momentlariga, shuningdek, kuch tranzistorlarini qayta ulanish momentlariga nisbatan kechga qoladi. Bu har bir yarim davrning boshlang’ich qismida kuch tranzistori orqali teskari yo’nalishda tok o’tishiga, ya’ni teskari tokni vujudga kelishiga olib keladi.

Tranzistor orqali oqib o’tadigan teskari tok impulsi o’z yo’nalishini o’zgartirmagan yuklama toki transformatorning boshqa birlamchi cho’lg’amiga va kuch tranzistoriga transformatsiyalanadi. Invers rejimda ishlayotgan tranzistorning tok bo’yicha kuchaytirish koeffitsenti kichik bo’ladi. Bunday kollektor tokida tranzistor to’yinish rejimidan chiqib ketishi mumkin, bu kuch zanjiridagi qo’shimcha quvvat isroflariga va tranzistorning kuyishiga olib kelishi mumkin.

Kuch tranzistori orqali oqib o’tadigan teskari tokni kamaytirish uchun invertor sxemasida kuch tranzistorlariga parallel ravishda shuntlovchi VD1 va VD2 diodlar ulanadi. Bunday diodlar agar invertor salt ishlaganida ishlay olsa ham, yuklama ravishda qo’yilishi mumkin. Bunda induktiv tok hisoblangan VT1 transformatorning magnitlash toki yarim davrining bir qismi davomida teskari yo’nalishda oqib o’tadi. Ba’zida shuntlovchi diodlarning yo’qligida bunday magnitlovchi tok kuch tranzistorlarini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin.



  1. Download 44,34 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish