5-AMALIY MASHG’ULOT:
Gazga berilgan issiqlik miqdori.
Gazning ishi va ichki energiyasi orasidagi bog'lanish.
Molekula ilgarilanma harakatining o'rtacha kinetik energiyasi:
Molekulaning o'rtacha kvadratik tezligi:
,
Molekulalarning issiqlik harakat energiyasi (gazning ichki energiyasi)
bunda - molekulaning erkinlik darajasi.
C molekulyar va c solishtirma issiqlik sig‘imlari quyidagicha o'zaro bog’langandir:
O'zgarmas hajmdagi gazning molekulyar issiqlik sig’imi
o’zgarmas bosimdagi
Bundan ko'rinadiki, molekulyar issiqlik sig’imi gaz molekulalari erkinlik darajasining soni bilan to'liq aniqlanadi. Bir atomli gazlar uchun = 3 bo'lib;
Cv=12,5∙103 j/kmol∙ grad 3 kal/mol∙grad,
Cp= 20,8∙103 j/kmol∙grad 5 kal/mol∙grad
Ikki atomli gazlar uchun = 5 bo'lib,
Cv = 20,8∙103 j/kmol∙grad 5 kal/mol∙grad
Cp=29,1∙103 j/kmol∙grad 7 kal/mol∙grad
Ko'p atomli gazlar uchun = 6 bo'lib,
Cv=24,9 ∙103j/kmol ∙grad 6 kal/mol∙ grad,
Cp= 33,2∙103j/kmol ∙grad 8 kal/mol∙ grad,
5.159. 3.105 N/m2 bosimda bo’lgan 100C haroratli 10g kislorodni o’zgarmas bosimda isitish natijasida u kengayib, 10 l hajmni egallaydi. 1) gazning olgan issiqlik miqdori 2) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 3) gaz kengayishida bajarilgan ish topilsin.
5.160. Harorati 27 0C bo’lgan 6,5 g vodorod p=const bosimda tashqaridan berilayotgan issiqlik hisobiga ikki marta kengaygan. 1) gazning kegayish ishi 2) gazning ichki energiyasining o’zgarish 3) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.161. Yopiq idishda 20 g azot va 32 g kislorod bor. Bu gaz aralashmasini 280 ga sovutilganda uning ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
5.162. 2 kilomol karbonat angidrid gazi o’zgarmas bosimda 500ga isitilgan. 1) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 2) kengayganda bajarilgan ish 3) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.163. Ikki atomli gazga 500 kal issiqlik berilganda u o’zgarmas bosimda kengaygan. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
5.164. 2 atomli gaz izobarik ravishda kengayganda 16 kGm ish bajarilgan. Gazga qancha issiqlik miqdori berilgan?
5.165. 2·105 N/m2 bosim ostida berilgan 17 0C haroratli 5 l hajmni egallagan gaz isitilganda izobarik ravishda kengaygan. Bunda gazning kengayish ishi 20 kGm ga teng bo’lgan. Gaz necha gradusda isitilgan?
5.166. 7 g karbonat angidrid gazi erkin kengaya olish sharoitida 100da isitilgan gazning kengayishida bajargan ishi va ichki energiyasining o’zgarishi topilsin.
5.167. Ko’p atomli 1 kilomol gaz erkin kengaya olish sharoitda 1000ga isitilgan. 1) gazga berilgan issiqlik miqdori 2) gaz ichki energiyasining o’zgarishi 3) kengayishda bajarilgan ish topilsin.
5.168. Idishdagi porshen ostida 1 g azot bor. 1) Azotni 100 ga isitish uchun qancha issiqlik miqdori sarf qilish kerak? 2) bunda porshen qancha ko’tarilgan? Porshenning og’irligi 1 kG, uning ko’ndalang kesim yuzi 10sm2. Porshen ustidagi bosim 1 atm ga teng.
5.169. Idishdagi porshen ostida qaldiroq gaz bor. Qaldiroq gaz portlaganda uning ishki energiyasi 80,2 kal ga o’zgarganligi va porshenning 20 sm ko’tarilganligi ma’lum bo’lsa, bunda qancha issiqlik miqdori ajratilganligi topilsin. Porshenning og’irligi 2 kG, uning ko’ndalang kesim yuzasi 10 sm2. Porshen ustida normal sharoitda havo bor?
5.170. 10,5g azot -230 C haroratda izotermik p1=2,5 atm bosimdan p2=1 atm bosimgacha kengayadi. Gazning kengayishda bajargan ishi topilsin.
5.171. 170C haroratli 10 g azot izotermik kengayganda 860 J ga teng ish bajargan. Azot kengayganda bosim necha marta o’zgargan?
5.172. Biror 10g gaz izotermik V1 hajmdan V2=2V1 hajmgacha kengayganda 575 J ga teng ish bajargan. Bu haroratdagi gaz molekulasining o’ratacha kvadratik tezligi topilsin.
5.173. Normal sharoitda 1 l geliy tashqaridan olgan issiqlik hisobiga izotermik 2 l hajmgacha kengaygan. 1) Kengayishga gazning bajargan ishi, 2) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin.
5.174. 2 m3 gaz izotermik kengayganda uning bosimi p1=5at dan p2=4 at gacha o’zgargan. Bunda bajarilgan ish topilsin.
«Qanday» organayzerini to’ldiring
Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi.
Siyraklashtirilgan gazlarning qanday amaliy ahamyati bor
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Savollar
Past bosimli gazlarda issiqlik o’tkazuvchanlik nima?
Vakuumda diffuziya haqida so`zlab bering?
Vakuumni qanday hosil qilish mumkin?
Issiqlik o`tkazuvchanlik nima?
Gazlarni qanday qilib siyraklashtirish mumkin?
Qanday gazga bug` deyiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |