X. Lirik chekinish.
XI.MUSTAHKAMLASH: O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Savol-javob.
Baholash:_______________________________________________________
XII. Darsning yakuni:
Uygavazifa: _____________________________________________________
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. Dunyoviy va siyosiy yangiliklarni so’rash.
II.Darsning mavzusi: JUFT SO’ZLAR IMLOSI
III.Takrorlash.O’tilgan mavzuni so’rab, baholash
IV.Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad -juft so’zlar inilosi bo’yicha olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash;
b) tarbiyaviy maqsad - tarixga, ma'naviy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
d)rivojlantiruvchi maqsad-o’quvchilar yozma savodxonligini o’stirish.
V.Darsning jihozi: juft so’zlar imlosini aks ettiruvchi plakat.
VI.Dars turi:__________________________________________
VII.Dars usuli:________________________________________
VIII.Darsning borishi:
IX.Darsning rejasi:
1.Juft so’zlar haqida ma'lumot.
2.Juft so’zlar imlosi.
3.Tabiat tasviri tushirilgan surat.
O’quvchilar yozma savodxonligini ta'minlashda juft so’zlarni to’g'ri yozishni o’zlashtirish ham muhimdir. Juft so’zlar ikki mustaqil so’zdan iboratligi, qo’shib yozilmasligi sababli o’quvchilar ular orasida chiziqcha qo’yishni unutadilaryoki bilmaydilar.
Takrorlash savollari muhokama qilingach, sinf taxtasiga juft so’zlar yozilgan plakat ilinadi va ularning yozilishiga o’quvchilar diqqati tortiladi. So’ngdarslikdagi mashqlarbirin-ketin bajariladi. Savodxonlik bilan bog'liq bo’lgani uchun deyarli barcha mashqlar yozma bajariladi. Mashqlar soni ham ko’p emas - uchta.
48-mashqni bajarish davomida Amir Temur haqidagi fikrlarga to’xtalib, darsning tarbiyaviy maqsadi ko’rsatilgan vazifani ado etish kerak. Mashqni yozib bo’lgach, o’quvchilardan uning ma'nosini ifodalovchi juft so’zlar ishtirok etgan gap tuzishni so’rash mumkin. Masalan: Amir Temur kuch-qudrat adolat timsoli. Ota-bobolarimiz bilan faxrlanamiz.
«Xatosini toping» o’yiniga da'vat qilingan 49-mashq bajarib bo’lingach, oldin o’tilgan darslarga bog'lash maqsadida so’zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko’ra turini aniqlash mumkin. Masalan: kuch-qudrat (ma'nodosh so’z), yaxshi-yomon (zid ma'noli so’z), ko’cha-ko’y (ikkinchi qismi ma'no anglatmaydigan so’z) kabi.
Qo’shimcha material sifatida o’qituvchi olib kirgan rasm asosida matn tuzish orqali mavzuni mustahkamlash bilan birga o’quvchilarning og'zaki nutqini o’stirish ham nazarda tutiladi. O’qituvchi rahbarligida barcha o’quvchilar matn tuzishda ishtirok etadilar. Imkon boricha har bir gapda juft so’zlar qo’llanishiga erishish kerak. Baholashda ham bu e'tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |