6-dars ishlanmasi
Darsning mavzusi: "Otchoparda poyga" mavzusida Haykal ishlash (jamoa ish).
Darsning vazifalari. O`quvchilarning Haykal ishlash (loy bilan ishlash) malakalarini, shaklni His qilish qobiliyatlari va ijodkorligini o`stirish.
Darsning jiHozlanishi. “Poyga” mavzusida ishlangan tasviriy san`at (rangtasvir, Haykaltaroshlik, grafika) asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, suratlar.
Darsning mazmuni. Dastlab o`qituvchi otchopar va u erda bo`ladigan musobaqalar Haqida suHbat o`tkazadi. SuHbatda otchoparda ot bilan o`tkaziladigan o`yinlarga poyga, qizquvish, uloq kabilar kirishi va u erda xalq sayllari, milliy bayramlar, ommaviy sport musobaqalari tez-tez o`tkazilib turilishi aytiladi. Bu o`yinlar yirik sport va ommaviy maydonlarda o`tkaziladi. Ularda o`nlab zotli, sinalgan chopqir otlar, tanilgan chavandozlar va ming-minglab tomoshabinlar ishtirok etadilar.
Bu mavzuda A.Deyneka, Q.Basharov, D.Tugarinov va boshqa rassomlar va Haykaltaroshlar sermazmun asarlar yaratganlar. 54-rasm.
O`qituvchi bu asar reproduksiyalaridan bir yoki ikkitasini namoyish etib, ularning mazmuni, kompozitsiyasi, ifodalilik vositalari va boshqalar Haqida fikr yuritadi. So`ngra ot va odam rasmlari orqali ularning tuzilishi, bo`laklari, o`lchovlari va o`lchov nisbatlari, shakllari, xarakatdagi Holatlari tushuntiriladi.
Bunday Haykalni yaratish uchun bolalar avval ot, so`ngra odam tasvirini aloHida-aloHida ishlab olib, so`ngra ularni bir umumiy kompozitsiyaga birlashtiradilar. Ko`rgazmali materiallardan foydalanib, otning Harakati, uning shakli va o`lchovlari aniqlashtiriladi, odam Haykali ot Haykali ustiga o`rnatilib, ular poygada chopayotgan Holatga keltiriladi.
CHavandoz Haykalini ishlayotgan bolalar quydagilarga e`tibor beradilar:
-Haykalning umumiy eni 15 sm.dan, balandligi 12 sm.dan oshmasligiga;
-poygada chopayotgan ot Holatining aniq tasvirlanishiga;
-chavandozning ot ustida va poyga Holatida to`g`ri tasvirlanishiga;
-chavandoz kiyimlarining milliy bo`lishligiga;
-chavandoz bilan ot o`lchovlarini bir-biriga mos tasvirlanishi va b.
Haykallar tayyor bo`lgach, 3-4 o`quvchi birgalikda "Otchoparda poyga" mavzusida kompozitsiya yaratadilar. Dars yakunida Har galgidek ko`rgazma tashkil etiladi.
Uyga "Otchoparda" mavzusida jurnal va kitoblardagi rasmlarni o`rganish va shu asosda yangi kompozitsiya ishlash topshiriladi.
Xulosa
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich sinflardan boshlab, tasviriy san`at mashg`ulotlarini ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart. O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk rassomlar tasviriy san`atning ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar. Bularni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Mеn o`zimning kurs ishimda tasviriy san`at haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim Shu bilan birga tasviriy san`atga doir bir nеchta misollarni ko` Metodika ta`lim-tarbiya jarayonida o`qituvchining o`quvchilar bilan ishlash usullarining mazniun xususiyatlarini qarab chiqadi. Ma`lumki, o`qitish jarayonida xilma-xil metodlar qo`llaniladi. Bu yerda ta`lim usuli, o`quv materiallarini joylashishi (o`quv reja, dastur), ta`lim prinsiplari va o`quv tarbiyaviy ishlarning umumiy maqsad va vazifalari eng muhim ahamiyatga egadir. Metodika so`zi, avvalo, ta`lim va tarbiyaning samarali usullarini majmui ma`nosiga aytiladi.
«Metod» grekcha so`z bo`lib, «tadqiqot yo`li», «bilish usuli» ma`nosini anglatadi. Pedagogikada o`qitish metodlari deganda, umumiy o`rta maktab, o`rta maxsus kasb-hunar kolleji o`quvchilarining bilim, malaka va ko`nikmalarni egallashda, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda va dunyoqarashini tarkib toptirishda o`qituvchilarning qo`llagan ish usullari tushuniladi.
Amaliy metodika esa ta`lim va tarbiyaning rivojlanish jarayonini o`rganadi. Pedagogik mahorat, ko`nikmalarni o`rganish va uni egallashga qaratilgan ma`lum iste`dod, qobiliyatlar va ishtiyoqlar (moyilliklar) mavjud bo`lishini talab etadi, chunki tasviriy san`at pedagogikaning mashaqqatli va murakkab hamda mas`uliyatli sohasidir.
O`qitish san`ati amaliy mashg`ulotlar mobaynida, uzoq ijodiy mehnat orqali egallanadi.
Demak, tasviriy san`at o`qitish metodikasi pedagogika ilmining ta`lim va tarbiyaning maqsad va vazifalariga tayangan holda samarali o`quv jarayonini tashkil etuvchi, shakl va yo`llarini tadqiq etuvchi sohasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |