5-7 sinflarda tasviriy sanat o’qitish metodiksi Reja: Kirish


Mavzuga oid dars ishlanmalar



Download 47,72 Kb.
bet9/15
Sana20.06.2022
Hajmi47,72 Kb.
#681743
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
5-7 sinflarda tasviriy sanat o’qitish metodiksi

8. Mavzuga oid dars ishlanmalar
1-dars ishlanmasi
Darsning mavzusi: Kamoliddin BeHzod–SHarqning buyuk musavviri.
Darsning vazifalari: O`quvchilarni Kamoliddin BeHzod Hayoti va ijodi bilan tanishtirish. Mo``jaz san`at asarlarini idrok etishga o`rgatish. San`atga nisbatan qiziqish uyg`otish.
Darsning jiHozlanishi: Noma`lum muallifning “Kamoliddin BeHzod”, Kamoliddin BeHzodning “Husayn Boyqaro”, “MuHammad SHayboniyxon”, “Samaqanddagi masjidda”, “Sulton Husayn Mirzo saroyida ziyofat”, “Masjid ichidagi munozara” asarlarining reproduksiyalari.
Darsning mazmuni. O`qituvchi dars mavzusini e`lon qilgach, Kamoliddin BeHzodning Hayoti va ijodi Haqida ma`lumot berishga kirishadi.
Quyida Kamoliddin BeHzodning qisqacha Hayoti va ijodi bayon qilinadi. U taqminan 1455 yilda Xirotda kambag`al Hunarmand oilasida tavallud topgan. Uning vafoti Haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda 100 yilga yaqin umr ko`rgan. BeHzod-uning ismimi yoki taHallusi ekanligi noma`lum. BeHzod ota-onasidan juda erta ajraladi. Uni Mirak Naqqosh o`z tarbiyasiga olib, voyaga etkazadi va o`zining Xirotdagi “Nigoriston”ida (San`at akademiyasi) naqqoshlik Hunarini o`rgatadi. Bunday mashHur buyuk rassomning qo`lida tarbiya olish katta aHamiyatga ega bo`lgan, deb aytish mumkin. SHuningdek, BeHzodning moHir san`atkor bo`lib etishuvida o`sha davrda Xirot muHitidagi bir talay etuk rassomlar, xattotlar, musiqashunoslarni birlashtirib turgan san`at akademiyasi Ham katta rol o`ynagan.
BeHzodning dastlabki ijodi Sulton Husayn Boyqaro saroyida va u erdagi juda ko`p shoir, olim, san`atkorlarning Homiysi Amir Alisher Navoiy raHnomaligida boshlanadi. U Alisher Navoiyning ustozi AbduraHmon Jomiy, Xirotdagi Hattotlar ustozi Sulton Ali Mashqadiy bilan yaqin aloqada bo`lib, ijod qiladi. San`at va nafosatga ishtiyoqi kuchli bo`lgan BeHzod meHnatsevarligi, zaHmatkashligi tufayli Xirotda mashHur mo``jaz san`at ustasi bo`lib etishdi. SHundan so`ng podsho Sulton Husayn Boyqaro BeHzodni o`z Huzuriga-saroyga chaqiradi va unga maxsus joy ajratib, uning ijodiy ishlariga Hamma sharoitlarni yaratib beradi. 1487 yilda Kamoliddin BeHzod podshoning shaxsiy farmoni bilan Xirotdagi saltanat kutubxonasining boshlig`i etib tayinlanadi. SHox farmonida shunday deyilgan edi: “Ijod va yaratish korxonasi musavvirining irodasi, eru osmon nigorxonasi muHarririning qudrati bilan ...Hukm qilurmizki, asr nodiri, musavvirlar peshvosi... Ustod Kamoliddin BeHzod Xumoyun kitobxonasi aHliga: kotib, naqqosh, muzaxxib, jadvalkash, Halkor va zarko`blarga, shuningdek, mazkur ishlarga mansub bo`lgan OlloH pannoHidagi butun mamlakat jamoasiga boshchilik mansabi topshirilsin. TaHrir etildi 889-xijriy yil 27-jumai-ul avval (1487 yil 22 iyul).
1506 yilda Husayn Boyqaro vafotidan so`ng taxt ko`chmanchi o`zbek qabilalarining xoni SHayboniyxon qo`liga o`tadi. SHaybonixon Ham BeHzod ijodiga Hurmat bilan qarab, unga tegishli sharoitlar yaratib beradi. 1510 yilda Eronning Safoviylar saltanati SHayboniyxonga qarshi urush ochib, uni engadi. SHayboniyxon jangda Halok bo`ladi. SHox Ismoil Safoviy 1512 yilda Xirotdagi bir necha iste`dodli san`atkorlarni o`zi bilan Xirotdan Tabrizga olib ketadi. Ular orasida Kamoliddin Behzod va uning bir qator shogirdlari Ham bor edi.
Uyga Behzodning asarlaridan birontasi Haqida insho yozish vazifa qilib topshiriladi.

Download 47,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish